Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 20:27

Qurultoy: Rus tiliga qarshi emas, o‘zbek tili uchun kurashish payti keldi!


Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Toshkent safari arafasida 30 aprel kuni kremlparast nashrda o‘zbek faollari nomidan chop qilingan rus tiliga rasmiy til maqomini berish taklifiga munosabat bildirmagan o‘zbekistonlik deyarli qolmadi.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ 5 may kuni hukumat yig‘ilishi o‘tkazgan Bosh vazir Abdulla Aripov ham bu taklifni keskin tanqid qilgan.

Рус тилига расмий мақом бериш таклифи Бош вазир танқидига учради
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:33:49 0:00

Ayni majlisda qatnashgan “Nuroniy” jamg‘armasi rais o‘rinbosari¸ taniqli publitsist Sharof Ubaydullaevning aytishicha¸ majlisda so‘zga chiqqan 6 nafar voiz rus tiliga rasmiy maqom bermoqchi bo‘lgan guruh intilishini qoralagan:

- Bosh vazir Abdulla Aripov bu mavzu kuni tartibida yo‘qligini urg‘ulab¸ shaxs sifatida fikr bildirdi. Aripov «Men hamma narsaga chidayman, ​ boshimga tosh bilan ursin, meni haqorat qilsin ko‘taraman, ​ ammo, ona tilimga til tekkizsa¸ hech qachon chiday olmayman»¸ deya ta’kidladi¸ dedi bu bayonotga bevosita guvoh bo‘lgan Ubaydullaev.

Bundan oldin O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ¸ O‘zbekiston Madaniyat vaziri o‘rinbosari¸ Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov bu tashabbusni qoralab chiqdi.

Taniqli rassom Vyacheslav Oxunov¸ O‘zbekiston Xalq artisti Sherali Jo‘raev¸ Rossiyada yashab ijod qiladigan atoqli o‘zbek adibi Temur Po‘latov va uzoq yillar prezident matbuot kotibi bo‘lgan Murod Muhammad Do‘st kabi o‘zbek ziyolilari ham rus tiliga rasmiy maqom berishni tanqid ostiga oldi.

Ijtimoiy fikr posangisi o‘zbek tili tarafiga og‘gani ortidan rus tiliga rasmiy maqom berish taklifi ostida imzosi bo‘lgan uch nafar arbob ijtimoiy tarmoq va mahalliy matbuot orqali o‘z imzosini qaytib olganini e’lon qildi.

Bu shov-shuvli bahs ortidan o‘zbekistonlik noshir Sanjar Nazar jamiyatda qizg‘in muhokama etilayotgan til masalasida urg‘uni to‘g‘ri berishni taklif bilan chiqdi. Uning fikricha, "rus tiliga qarshi emas, o‘zbek tili uchun kurashish payti keldi".

Ozodlikning "Qurultoy" eshitirishida ishtirok etgan taniqli jurnalist Sharof Ubaydullaev “Hukumat o‘zbek tilini rivojlantirishning moddiy texnikaviy bazasini yaratishi” lozim deya ta’kidladi.

"Qurultoy" dasturida jurnalist Sardor Salim¸ Sharof Ubaydullaev¸ rassom Vyacheslav Oxunov va taniqli teatr rejissëri Bahodir Yo‘ldoshevlar fikr bildirdi.

XS
SM
MD
LG