Линклар

Шошилинч хабар
02 ноябр 2024, Тошкент вақти: 09:38

Xorazmda jurnalist uyi tintuv qilindi, Muhammad Solih kitoblari olib ketildi


Jurnalist Mahmud Rajab
Jurnalist Mahmud Rajab

Xorazmda xavfsizlik organlari xodimlari shoir va jurnalist Mahmud Rajab uyini tintuv qilgan.

Xorazm viloyatining Gurlan tumanida yashaydigan 55 yoshli Mahmud Rajab Ozodlik bilan suhbatda 10 may kuni xavfsizlik xodimlari uning uyini 2 soat davomida titkilab, unga tegishli noutbuk, smartfon, Muhammad Solihning “Payg‘ambarlar tarixi” kitobi va uning marhum umr yo‘ldoshi Oydin Solihning "Haqiqiy tibbiyot" kitobini olib ketishganini aytdi.

Журналист Маҳмуд Ражаб билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:17 0:00
Бевосита линк

Xorazm Ichki ishlar boshqarmasi Mahmud Rajab uyida o‘tkazilgan tintuv yuzasidan Ozodlikka izoh bermadi.

Jurnalistning o‘zi bu holatni ikki oy oldin Turkiyadan muxolifat yetakchisi va shoir Muhammad Solihning kitoblarini O‘zbekistonga olib kelgani bilan bog‘laydi.

Shu yilning mart oyida Mahmud Rajab Tbilisidan Istanbul orqali shoir Muhammad Solih asarlarini olib kelayotganida Toshkent aeroportida taqiqlangan adabiyotlar sifatida kitoblar olib qo‘yilgan edi.

Mahmud Rajab, Muhammad Solihni vatanga qaytarishni so‘rab prezident Shavkat Mirziyoevga murojaat bilan chiqqan o‘zbek jurnalistidir.

Bir yil ilgari, 2018 yilning 29 mayida shoir Mahmud Rajab va yana uch nafar shaxs Muhammad Solih rasmi bilan tushgan suratini tarmoqqa qo‘ygani uchun prokuraturaga chaqirilgan edi.

XS
SM
MD
LG