Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yashaydigan 47 yashar Mashhura Ahmadniyozovaning OzodMikrofonga arz qilishicha, u 22 yildan buyon O‘zbekistonda yashab, fuqarolik ololmayapti.
“Qozog‘istonda tug‘ilganman, 1990 yilda Toshkentga kelib universitetga o‘qishga kirib, shu yerda ishlab qolib ketdim. 20 yildan buyon davlat ishida ishlayman. Karimov paytida fuqarolik berish haqida gap ham yo‘q edi. Shavkat Mirziyoev bizga o‘xshagan o‘zbeklarga fuqarolik berishni boshlaganda xursandligimdan yig‘lab yuborgan edim. 2017 yilning boshida barcha hujjatlarni taxlab, fuqarolik olish uchun topshirgan edim. Lekin oradan ikki yarim yil o‘tib ketayotgan bo‘lsa ham, jim-jitlik. Tegishli idoralarga so‘rab borsam, faqat kuting, deyishadi. Nahotki, shuncha yil O‘zbekistonda yashagan, davlat ishida ishlagan odamga fuqarolik berilmasa?”
-----------------------------------------------------------------------------------------------------
Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.
SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.
OzodMikrofon sizga muntazir!