Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 08:22

Qirg‘izistonda sobiq prezidentni jinoiy javobgarlikka tortishga ruxsat beruvchi qonun kuchga kirdi


Sobiq prezident Almazbek Atambaev (chapda) bilan amaldagi prezident So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov o‘rtasidagi munosabatlar 2018 yilda sovuqlashgan edi.
Sobiq prezident Almazbek Atambaev (chapda) bilan amaldagi prezident So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov o‘rtasidagi munosabatlar 2018 yilda sovuqlashgan edi.

Qirg‘izistonda sobiq prezidentlarni jinoiy javobgarlikka tortishga ruxsat beruvchi qonun 27 may kunidan boshlab kuchga kirdi.

Қирғизистонда собиқ президентни жиноий жавобгарликка тортишга рухсат берувчи қонун кучга кирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:00 0:00

Qonun kuchga kirishidan ikki kun avval sobiq prezident Almazbek Atambaev muxolifatdagi Sotsial demokratlar partiyasi raisi lavozimini vaqtincha tark etgani e’lon qilingan edi.

Qirg‘iziston parlamenti 5 aprel kuni eks-prezidentlarni daxslsizlik maqomidan ajratish bo‘yicha qonun loyihasini qabul qilgan.

Bundan avvalroq esa Konstitutsiyaviy palata eks-prezidentga daxlsizlik maqomining berilishi Konstitutsiyaga zid kelishi haqida qaror chiqargandi.

Yangi qonunga asosan sobiq prezidentga siyosiy hayotga aralashish ham taqiqlangan. Atambaev mana shu moddaga asosan partiya liderligidan vaqtincha ketgani, bu borada sudga murojaat qilinishi bildirildi. Agar sud bu moddani Konstitutsiyaga zid deb topsa, Atambaev yana partiya raisligiga qaytadi.

-Sobiq prezidentning Qirg‘iziston ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishga haqqi bor. Atambaevni mazkur qonun bilan siyosatdan chetlatamiz deganlar yanglishadi. U siyosatda qoladi. Mazkur qonun ustidan Konstitutsiyaviy palataga shikoyat kiritmoqchimiz, - dedi Sotsial demokratlar partiyasi rasmiy vakili Qunduz Joldubaeva.

O‘tgan yili Qirg‘izistonning sobiq Bosh vazirlari Sapar Isaqov va Janto‘ro‘ Satvaldiev hamda sobiq prezident Atambaevga yaqin bo‘lgan boshqa qator amaldorlar korrupsiyada ayblanib, qamoqqa olingani ortidan eks-prezidentdan ham daxlsizlik maqomini olib tashlash talabi yangray boshlagan edi.

27 mart kuni esa qator faollar Qirg‘izistonni 2011 yil 1 dekabridan 2017 yil 24 noyabrigacha boshqargan Almazbek Atambaevni “Hokimiyatni qonunga xilof ravishda egallashga bo‘lgan urinish”da ayblab, uni jinoiy javobgarlikka tortish talabi bilan chiqqanlar.

Shundan kelib chiqqan holda, parlament deputati Riskeldi Mombekov “qonun sobiq prezidentni qo‘rqitish uchungina qabul qilindi”, degan fikrda.

-Xohlasak ham, xohlamasak ham sobiq prezidentlarning jamiyatda va siyosatda o‘z o‘rni bor. Sobiq prezident siyosiy nuqtai nazarini bildirgani uchun javobgarlikka tortiladigan bo‘lsa, bu qo‘rqitishdan boshqa narsa emas,-dedi deputat.

Biroq parlamentning yana bir deputati Isxak Masaliev mazkur qonun qirg‘iz jamiyati uchun bir qadam olg‘a bosish bo‘ldi, deb hisoblaydi.

-Mening takliflarim inobatga olinmagani uchun qonunga qarshi ovoz berganimga qaramay, uni bir qadam olg‘a siljish sifatida baholasak bo‘ladi. Avvalgi qonunda sobiq prezident mutlaq daxlsizlikka ega edi. Yangi qonunda esa parlament deputatlarining uchdan biri taklifi bilan daxlsizlik maqomini bekor qilish mumkin bo‘ladi. Sobiq prezidentlarga yangi qonunda “siyosatga aralashadigan bo‘lsang barcha davlat imtiyozlardan mahrum bo‘lasan”, degan shart qo‘yildi,-dedi Isxoq Masaliev.

Sobiq prezident Almazbek Atambaev bilan amaldagi prezident So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov o‘rtasidagi munosabatlar 2018 yilda ikki nafar sobiq Bosh vazir Sapar Isaqov va Jonto‘ro‘ Satibaldiev, Bishkekning sobiq merlari Albek Ibraimov va Qubanichbek Kulmatov hamda qator boshqa nufuzli amaldorlar korrupsiyada ayblanib qo‘lga olingani ortidan sovuqlashgan edi. Bu shaxslar Almazbek Atambaevning eng ishonchli va yaqin odamlari hisoblanardi.

XS
SM
MD
LG