Линклар

Шошилинч хабар
02 ноябр 2024, Тошкент вақти: 05:33

Xorazmlik amaldor qo‘li ostidagilarga uxlatmay ishlatish bilan tahdid qildi


Xivada Germaniya prezidenti va Rossiya bosh vazirini kutib olish saxnasi mashq qilingan.
Xivada Germaniya prezidenti va Rossiya bosh vazirini kutib olish saxnasi mashq qilingan.

Xorazm viloyat hokimligi Madaniyat va aholi dam olish boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Yaxshiboevning ovozi deb iddao qilinayotgan audioyozuvda ovoz egasi tuman madaniyat bo‘limlari va musiqa maktab mudirlariga "zanjir bilan bog‘lab, uch-to‘rt kun uxlatmay ishlatish" bilan tahdid qiladi.

Shavkat Yaxshiboev Ozodlik bilan suhbatda qo‘li ostidagilarga uxlatmayman deb tahdid qilganini eslay olmasligini aytdi.

Ozodlik tahririyatiga 3 iyun kuni kelib tushgan va Xorazm viloyat hokimligi Madaniyat va aholi dam olish boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Yaxshiboevning ovozi deb iddao qilinayotgan audioda ovoz egasi: ​

“Uch-to‘rt kun uxlatmayman, zanjir bilan bog‘lab qo‘yaman. Sizlar yaramas odamsizlar, sizlarga azob berish kerak, niyatimiz shu, azob berish”, - deydi.​

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:00 0:00
Бевосита линк

Ozodlikka audioni jo‘natgan xorazmlik madaniyat xodimining iddao qilishicha, ushbu audioni uning o‘zi o‘tgan hafta Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning 29 may va Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning 30 may kungi Xivaga tashrifi oldidan Yaxshiboevning kabinetida o‘tkazilgan majlisda yozib olgan.

"Majlis 26 may kuni Shavkat Yaxshiboevning xonasida kechasi 9 dan yarim tungacha davom etdi. U yerda uzoq tumanlardan kelgan mudirlar bor edi. Kechasi bilan uxlamaysanlar, uxlasanglar tepib turg‘izishadi, ishlaysanlar shu yerda, deb hammani o‘rtadi, - deydi ismi ochiqlanmasligini istagan xorazmlik madaniyat xodimi.

Xorazm viloyat hokimligi madaniyat va aholi dam olish boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Yaxshiboev 4 iyun kuni Ozodlik bilan suhbatda qo‘li ostidagilarga “uxlatmayman” deb tahdid qilganini eslay olmasligini aytdi.

“Negadir u narsa esimda yo‘q. Lekin kimnidir uxlatmasdan bog‘lab qo‘yishni menga nima keragi bor, bizda madaniyat bo‘limlari boshliqlarini uxlatmay qo‘yadigan darajada muammoli narsalar yo‘qku, hamma ish risoladagiday”, - dedi Shavkat Yaxshiboev.

Ozodlikka audioni jo‘natgan madaniyat xodimining iddao qilishicha, ertasi kuni Xivada Germaniya prezidenti va Rossiya bosh vazirini kutib olish sahnasi mashq qilingan, Madaniyat va aholi dam olish boshqarmasi boshlig‘ining ko‘rsatmasi bilan musiqa maktabi o‘quvchilaridan tortib ashula va raqs jamoalari jazirama issiqda to‘rt soatlab repetitsiya qilishga majburlangan.

“To‘rt soatlab davom etgan progonda yosh bolalar oftob ostida mashq qilishga majburlandi. Olib chiqmagan madaniyat bo‘limlari boshliqlariga ishdan bo‘shatish bilan tahdidlar qilindi”, - dedi ovozli yozuvni Ozodlikka jo‘natgan xorazmlik madaniyat soxasi xodimi.

​Lekin, Yaxshiboev Germaniya prezidenti va Rossiya bosh vazirining kelishiga repetitsiyalar kechki payt o‘tkazilgani, unga asosan folklor guruhlar jalb etilganini aytdi.

“Folklor jamoalarga qatnashish aytildi, lekin progon kechki payt salqinda o‘tkazildi. Sizga ma’lumot jo‘natgan odam noto‘g‘ri ma’lumot jo‘natibdi”, - dedi Shavkat Yaxshiboev.

O‘zbekistonda mansabdor shaxslarning qo‘li ostidagilarni haqoratlashi uchrab turadi.

O‘tgan hafta Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘anievning ovozi deb iddao qilinayotgan audioyozuv Ozodlikka sizdirilgan edi.

Unda ovoz egasi viloyat Majburiy ijro byurosi va Soliq idorasi boshliqlariga ularning “ichagini sug‘urib, boshiga salla qilish”, bilan tahdid qiladi.

МИБ ва Солиқ бошлиқларига “ичагини бошига салла қилиш” билан таҳдид қилинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:20 0:00

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 15 noyabr kuni o‘tkazilgan hukumat majlisida amaldorlarning mushtumzo‘rligi va so‘kong‘ichligi davlat siyosatiga, prezident siyosatiga qarshi chiqish deb baholanishini aytgan edi.​

XS
SM
MD
LG