Линклар

Шошилинч хабар
02 ноябр 2024, Тошкент вақти: 05:22

Suvarak mojarosi bilan tanilgan "Oqtepa lavash" ovqatidan 41 odam zaharlandi (VIDEO)


O‘tgan yili "Oq tepa Lavash"da 4 metrlik lavash tayyorlangan edi.
O‘tgan yili "Oq tepa Lavash"da 4 metrlik lavash tayyorlangan edi.

Toshkent shahrida “Oqtepa lavash” fast-fud tarmog‘ida tayyorlangan ovqatdan qirqdan ortiq odam zaharlandi. Mijozlar Olmazor tumanida joylashgan "Oqtepa lavash" umumiy ovqatlanish shoxobchalarida tayyorlangan tovuqli sendvichdan zaharlangan, deb taxmin qilinmoqda.

"Oqtepa lavash" ommaviy zaharlanish holatini o‘z zimmasiga olgan va ichki tekshiruv o‘tkazayotganini ma’lum qilgan. Voqeadan keyin tarmoq faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatidan Ozodlik olgan ma’lumotga ko‘ra, Toshkent shahar prokuraturasi mazkur xolat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atib, tergov harakatlari olib bormoqda.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatidan Ozodlik olgan ma’lumotga ko‘ra, 7 iyun kuni xo‘randalar ular ko‘ngil aynishi, qayt qilish, bosh og‘rishi, umumiy holsizlanish, ich ketishi, oshqozonida og‘riq, tana harorati ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan tibbiyot muassasalariga murojaat qilgan.

Bemorlarga “Ovqat toksikoinfeksiyasi”, “O‘tkir ichak kasalligi” va “O‘tkir diareya” birlamchi tashxisi qo‘yilgan.

O‘tgan yil yanvar oyida "Oqtepa Lavash" yeguliklari ustida suvaraklar yurgani videosi Internet tarmog‘ida tarqalgan edi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanaevning 8 iyun kuni Ozodlikka bildirishicha, hozirga qadar 41 odam zaharlangan bo‘lib, ulardan 29 nafari Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga, 8 nafari 5-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga, 2 nafari 4-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga va yana 2 nafari 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

- Vazirlik bu xolatni nazoratiga olgan. 41 tadan 10 ga yaqiniga hozirga qadar uyiga javob berildi, lekin ular doimiy nazoratimizda. Shifoxonada davolanayotgan bemorlarning ham ahvoli qoniqarli, og‘ir bemorlar yo‘q. Hozir bizni vazifamiz bemorlarga yordam berish, nima bo‘lganini aniqlash huquq tizimlari vazifasiga kiradi, - dedi Furqat Sanaev.

"Oqtepa lavash" ommaviy zaharlanish holatini o‘z zimmasiga olgan va ichki tekshiruv o‘tkazayotganini ma’lum qildi.

Birlamchi epidemiologik tekshiruv natijasiga ko‘ra, mijozlar Olmazor tumanida joylashgan "Oqtepa lavash" umumiy ovqatlanish shoxobchalarida tayyorlangan tovuqli sendvichdan zaharlangan, deb taxmin qilinmoqda.

Ayrim mijozlar buyurtma asosida keltirilgan taomni o‘z xonadonida yegani aytilyapti.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi mazkur ommaviy zaharlanish holati Toshkent shahar prokurorining alohida nazoratiga olinganini Ozodlikka ma’lum qildi.

O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, - deyiladi Bosh prokuratura bildiruvida.

"Oqtepa lavash" fast-fud tarmog‘i poytaxt Toshkent va viloyatlarda o‘z shoxobchalarini ochgan.

Suvarak mojarosi

O‘tgan yil yanvar oyida "Oqtepa lavash" yeguliklari ustida suvaraklar yurgani videosi Internet tarmog‘ida tarqalgan edi.

Shundan so‘ng tarmoq xodimlari mijozlaridan ommaviy kechirim so‘rash aksiyasini o‘tkazgan edi.

"Oqtepa lavash" shoxobchasidagi suvaraklar bilan bog‘liq videolavha tarmoqlarda e’lon qilingach kafe rahbariyati va xodimlari alohida videolavha e’lon qilib, bunday holat qayta takrorlanmasligi uchun barcha choralar ko‘rilishini bildirganlar va butun jamoatchilikdan jamoaviy tarzda uzr so‘ragan edilar.

XS
SM
MD
LG