Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 16:14

Blogerlar e’tirozi ortidan Samarqanddagi xiyobon ta’miri vaqtincha to‘xtatildi


Samarqand bulvari real va virtual
Samarqand bulvari real va virtual

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov 17 iyun kuni xalq orasida "Abramov bulvari" deb yuritiladigan xiyobonga borib blogerlarni tinchlantirdi.

Ozodlik mobil muxbirining xabar berishicha, Turdimov Xitoy Xalq respublikasiga borganida obod xiyobonlarni ko‘rib havas qilgani va Samarqandni ham Xitoyga o‘xshatib bezatmoqchi bo‘lganini jamoatchilikka bildirdi.

Hokim "birorta daraxt kesilmaydi" deya jamoatchilik vakillari va blogerlarga va’da berdi.

Bundan oldin ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmentida Samarqand bulvaridagi yuz yillik chinorlar kesib tashlanayotgani va xiyobon og‘ir texnika bilan payhon qilinayotganidan tashvish bildirilgan edi.

"Birorta daraxtning shoxi sinmaydi"

Samarqand viloyat hokimining Turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha faoliyat yuritadigan mulozimlaridan birining Ozodlikka aytishicha¸ bulvarni ta’mirlayotgan texnikalar 17 iyun kuni to‘xtatilgan:

- Bulvardagi nafaqat daraxt balki shoxchani ham kesmaymiz. Chet eldan malakali Landscape designer (landshaft dizayneri) olib kelib, reja asosida xiyobonni obodonlashtirish boshlandi. Sovet paytida o‘rnatilgan va o‘ydim-chuqur bo‘lib qolgan beton plitalar almashtiriladi. Velosiped uchun maxsus jigar rangli yumshoq qoplamadan bo‘lgan yo‘lak quriladi. Limitsiz vayfay va telefon zaryadka qiladigan uskunalar o‘rnatiladi. Bu ishlar qilinar ekan birorta daraxt kesilmaydi¸ - dedi mulozim.

Samarqand viloyat hokimligi Ozodlikka bulvarning kelajakdagi ko‘rinishi aks etgan tasvirlarni taqdim qildi.

Tasvirda piyodalar va velosipedchilar uchun mo‘ljallangan rang barang yo‘lakchalar aks etgan.

Hokimga ishonmaymiz

Bundan oldin taniqli bloger Umid G‘afurov “Samarqanddagi bulvar boshiga Toshkent xiyoboni qismati tushmasin”, deya o‘z sahifasida tashvish izhor etgandi.

"Samarqandda bulvarni qayta qurishmoqchi. Harholda daraxtlarga ziyon yetadi. Nega bunday qarorlarni shahar turg‘unlari bilan kelishmasdan qabul qilishadi? Shu tariqa Toshkent o‘z skveridan ayrilgan edi. Farg‘onada esa 80 foiz daraxtlar kesildi. Buxoro arki ro‘parasidagi park yo‘q qilindi. Men hokimiyat amaldorlari miyasidagi mantiqni tushunmayman. Tikka turgan daraxtni nega chopib tashlaysiz? Daraxtlar kesilmaydi deb va’da berishdi. Ammo samarqandlik amaldorlar va’da berib, bajarmagan ilk mulozimlar emas. Velo-yo‘lak va fontanlaringizni hech narsa o‘smagan yaydoq joyda quring. Nega go‘zal narsani buzasiz" deb yozadi bloger.

Ijtimoiy tarmoqdagi #nashbulvar xeshtegi ostida samarqandlik faollar xiyobondagi har bir daraxtni raqamlab chiqib himoya qilishni taklif qilishdi.

Blogerlar mulozimlar gapiga ishonmasliklarini izhor qilishdi.

Samarqand viloyat hokimining Turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Botirjon Nurullaev o‘zining Instagram sahifasida blogerlarni “provokator” deb atadi va ularni “neytral” bo‘lishga chorladi.

Kengashsiz ish

Samarqandlik jurnalist Karimberdi To‘ramurod hokimlik o‘z qarorini qabul qilishdan oldin o‘z reja va planlarini keng jamoatchiliikka taqdim qilmaganini ma’qullamaydi:

- Hokimlik biror bir narsani amalga oshirishdan oldin o‘z rejasini elga ma’lum qilishi zarur edi. Keng jamoatchilikka tushuntirilsa, bunday anglashilovchilik bo‘lmas edi¸ - dedi Karimberdi To‘xtamurod.

U “bir samarqandlik sifatida shahardagi har bir daraxt yashab nafas olishi¸ qurimasligini istashini” aytdi:

- Men shu shahar farzandi sifatida xiyobondagi ilma teshik yo‘laklarning obod bo‘lishi tarafdoriman. Daraxtlarga ziyon yetmasligi haqidagi hokimiyat va’dasiga ishonaman¸ - dedi u.

Журналист Каримберди Тўрамурод билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:15 0:00
Бевосита линк

"Jannat" va’da qilindi

Samarqand xiyobonidagi daraxt va gullarni ekilishida qatnashganini aytgan bloger Farrux Samarqandiy hokimlik va’dasidan keyin o‘zining tanqidiy bitiklarini olib tashlaganini aytdi:

- Jannat bo‘ladi, ko‘rasan. Katta yo‘ldan plemsovxozgacha daryo sohili Piterdagi "Naberejnaya"dan 100 marta chiroyli bo‘ladi, degan gaplarga men ishondim. Shuning uchun ham postimni olib tashladim. U yerdagi juda ko‘p daraxtni o‘z qo‘lim bilan ekkanman. Gullarini ham haftalab ishlaganmiz u yerlarda. Daraxtlar kesilmasa bulvar rekonstuksiyasiga hech kim qarshilik bildirmasa kerak. Lekin sport maydonlari aynan bulvarga kerak emas, deb hisoblayman. Sport ploshchadkalarni domlarni orasiga qursayam bo‘ladi. Rossiyada hech qaysi bulvarda sport ploshchadka yo‘q. Turkiyada hech qaysi bulvarda sport ploshchadka ko‘rmadim. Dengiz sohillarida, domlar orasida bor. Velodorojka qurish, bulvarni chiroyli qilish, zamonaviy qilish boshqa masala¸ - deydi bloger Ozodlik bilan suhbatda.

Podshodan qolgan bog‘

Samarqanddagi bulvar 1870 yilda Turkiston genearal gubernatori Konstantin Kaufman tasdiqlagan reja asosida 1871 yilda Samarqand gubernatori Aleksandr Abramov tarafidan bunyod qilingan.

Bul’var chor davrida “Abramov bulvari”¸ Sovet davrida “Gorkiy xiyoboni” va mustaqillik davrida “universitet bulvari” degan nomlarni oldi.

XS
SM
MD
LG