Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 10:32

Tesla haydovchisining rulda uxlab qolgani videosi qizg‘in muhokama uyg‘otdi


Teslaning avtopilot tizimi o‘zida murakkab xavfsizlik funksiyalarini jamlagan bo‘lsa-da, shirkat uning hali butunlay mustaqil tizim darajasiga yetmaganini ta’kidlab keladi.
Teslaning avtopilot tizimi o‘zida murakkab xavfsizlik funksiyalarini jamlagan bo‘lsa-da, shirkat uning hali butunlay mustaqil tizim darajasiga yetmaganini ta’kidlab keladi.

Reddittning “Avtomobillardagi axmoqlar” (Idiots in Cars) bo‘limida ulashilgan videoda yurib ketayotgan Tesla 3 haydovchisi uxlab yotgani, atrofidagi haydovchilar uni zo‘r berib uyg‘otishga urinayotgani aks etdi.

Videoni ulashgan foydalanuvchi “Ko‘zlarimga ishona olmadim... Ko‘rfaz hududida juma kungi qizg‘in paytda uxlab ketayapti”, deb yozdi.

Video muallifi so‘zlariga ko‘ra, uxlab qolgan haydovchini uyg‘otish uchun signal chalishgan, ammo haydovchi qisqa muddatga uyg‘onib, uyquni yana davom ettirgan.

Ushbu holatni videoga olgan Shon Miladinovich haydovchi kamida 50 kmga yaqin masofagacha mashinasida uxlab borganini aytdi.

Teslaning avtopilot tizimi o‘zida murakkab xavfsizlik funksiyalarini jamlagan bo‘lsa-da, shirkat uning hali butunlay mustaqil tizim darajasiga yetmaganini ta’kidlab keladi.

Shirkat saytida “Avtopilot to‘liq e’tiborli haydovchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, haydovchi qo‘li doim rulda bo‘lishi va u istalgan paytda boshqaruvni qo‘lga olishga tayyor turishi kerak“, deyiladi.

“Avtopilotdan foydalanishda e’tiborli bo‘lish, qo‘lingizni har doim rulda ushlash hamda mashinangizni boshqarib borish sizning majburiyatingizdir”.

Uyquchi haydovchi aks etgan videoda uning qo‘li rulga yengil bog‘lab qo‘yilganini ko‘rish mumkin, chunki haydovchi qo‘llarini ruldan olsa, avtomobil ogohlantiruvchi signal berishni boshlaydi.

Tesla ham, AQSh hukumati ham yurib ketayotgan avtomobilda uxlashni man etadi. Shirkat direktori Ilon Mask avtomobillarda to‘liq uxlash imkoniyati 2020 yilda paydo bo‘lishini aytgan.

Reddit foydalanuvchilari haydovchi avtomobilning murakkab tizimlarini ko‘z-ko‘z qilish maqsadida bunday qilgani yoki yo‘qligiga qiziqishdi.

“Tryukmi boshqami, farqi yo‘q. Avtomobillar ko‘p yo‘lda bunday qilgani uchun u baribir axmoq”, deb yozdi foydalanuvchilarning biri.

XS
SM
MD
LG