Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 10:17

Evakuatsiya qilingan arisliklar hukumatni yetarlicha yordam bermayotganlikda ayblamoqda


Aris shahrida joylashgan harbiy omborxonada 24 iyun tongida chiqqan yong‘in oqibatida boshlangan portlashlardan ikki kun o‘tib, evakuatsiya qilingan minglab odam Chimkent shahridagi masjid va maktablarda qolmoqda.

Chimkentdagi “Akmeshit” masjidida qolayotganlarning ko‘pchiligi Ozodlikka hukumat ularga yetarlicha yordam ko‘rsatmayotganidan shikoyat qildi. Arisliklarning so‘zlariga ko‘ra, ularga asosan oddiy fuqarolar yordam bermoqda.

Ko‘ngilli tarzda yordam ko‘rsatayotgan Aygerim Begimbet Ozodlik bilan suhbatda maktablarda uyushtirilgan evakuatsiya punktlariga oddiy fuqarolar eng kerakli buyumlarni olib kelayotganini aytdi. Begimbet ayrim oilalar esa Arisdan evakuatsiya qilinganlarni uyiga kiritganini aytdi.

Chimkent turg‘uni Jumadilda Mustafa hukumat jabr ko‘rganlarga faol yordam ko‘rsatmayotganini aytdi.

Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha departament vakili G‘alimjan Muratov Ozodlikka bergan intervyusida Chimkentda 25 iyun kuni avval ochilgan 37 evakuatsiya markaziga qo‘shimcha ravishda yana 10 markaz ochilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrimlar evakuatsiya punktlariga bormay, masjidda qolmoqda.

Bu orada rasmiylari o‘z yaqinlarini izlayotganlar ularga murojaat qilayotganini ma’lum qildi. Otyrar.kz so saytining Chimkent shahrining ichki va tashqi kommunikatsiya bo‘limi guruhiga tayanib xabar qilishicha, 350 dan oshiq arislik bedarak yo‘qolgan.

26 iyun kuni ertalab ichki va tashqi kommunikatsiya bo‘limi guruhi ularga Qozog‘istondan va qo‘shni mamlakatlardan 50 ming marta qo‘ng‘iroq qilishganini ma’lum qildi. Qo‘ng‘iroq qilganlar Aris turg‘unlariga gumanitar yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini izhor qilmoqda. Shuningdek, odamlar o‘z yaqinlari haqida so‘rash hamda temir yo‘l hamda avtomobil transporti qatnovi haqida so‘rash uchun telefon qilmoqda.

Ayni damda Chimkent shahrida 40 dan oshiq evakuatsiya punktlari ishlamoqda. Ularda hozir 4880 nafar odam, jumladan, 2428 yosh bola bor. Ko‘pchilikni qarindoshlari va yaqinlari olib ketmoqda.

24 iyun kuni ertalab Aris shahri yaqinidagi harbiy omborxonada yong‘in boshlanib, natijada snaryadlar portlay boshlagan edi. Natijada Arisning minglab turg‘uni shaharni tark etdi.

Shahardan chiqib ketishda minglab odam hukumat uyushtirgan transport vositalaridan foydalandi. Evakuatsiya qilinganlarning aksari Chimkent shahrining maktab va masjidlariga joylashtirildi.

25 iyun kuni rasmiylar Arisda portlashlar hali davom etishi mumkinligini va shu sababdan shahar xavfli bo‘lib qolayotganini aytishdi.

Mudofaa vaziri Nurlan Ermekbaev yong‘in sababi hozircha aniqlanmaganini aytgan.

Voqea joyiga borgan prezident Qasim-Jomart Toqaev barcha aybdorlar qonun asosida javobgarlikka tortilishi bildirdi.

XS
SM
MD
LG