Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 06:32

Qirg‘iziston sobiq prezidentining xotini "qing‘ir ishlar"da ayblandi


Raisa Atambaeva Almazbek Atambaev bilan ko‘chat ekmoqda.
Raisa Atambaeva Almazbek Atambaev bilan ko‘chat ekmoqda.

Qirg‘iziston Milliy jamoatchilik televideniesiga qarashli “Ala-Too 24” telekanalida 2 iyul kuni sobiq prezident Almazbek Atambaevning rafiqasi Raisa Atambaeva bir guruh mahalliy biznesmenlarga xitoylik tadbirkorlarning mulkini bosib olishda yordam ko‘rsatgani to‘g‘risidagi jurnalistik surishtiruv namoyish etildi.

Қирғизистон собиқ президентининг хотини "қинғир ишлар"да айбланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:49 0:00

Ko‘rsatuvda bir necha oy oldin korrupsiyada ayblanib qamoqqa olingan prezident ma’muriyatining sud islohoti va qonunchilik bo‘limi boshlig‘i Manas Arabaev Raisa Atambaevga qarshi ko‘rsatma bergan.

Unga ko‘ra, Raisa Atambaeva Xitoy tadbirkorlari qurgan ko‘p qavatli binoni parlamentning sobiq deputati Rustam Mamanov va biznesmen Rustam Voinovga rasmiylashtirishga sud orqali ko‘maklashgan.

Eks-prezident Atambaevning maslahatchisi Qunduz Joldubaeva ko‘rsatuvda aytilgan faktlarni inkor qildi:

-Bu jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun o‘ylab topilgan qora piardan boshqa narsa emas. Ko‘rsatuvdagi ma’lumotlar bo‘rttirilgan, aniq faktlar yo‘q. Bu ko‘rsatuvdan maqsad qoralashdir, - dedi Qunduz Joldubaeva.

Biroq ko‘rsatuv muallifi aniq faktlarga tayanganini aytmoqda:

-Men kuchishlatar tuzilmalardan olingan ma’lumotlar asosida surishtiruv olib borganman. Bu o‘zimning ko‘rsatuvim, uni tayyorlashga hech kim buyruq bermagan,- dedi jurnalist Ulanbek Diykanbaev.

Mazkur ko‘rsatuv parlament 27 iyunda eks-prezident maqomidan ajratgan Almazbek Atambaev tarafdorlari 3 iyulda mitingga chiqishi arafasida namoyish etildi.

-Ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shakllantiradi. Shuning uchun bundan hukumat ham manfaatdor.Hukumat matbuotdan o‘z manfaati yo‘lida foydalanib, o‘ziga keraklik ma’lumotni tarqatishi hech kimga sir emas, - dedi siyosatshunos Bekbosun Bo‘rubashev.

Yana bir siyosatshunos O‘ro‘zbek Moldaliev esa ko‘rsatuvda aytilgan faktlarni haqiqatga yaqin deb baholadi:

-Manasbek Arabaev ko‘rsatmasini haqiqatdan uzoq deb ayta olmaymiz. Bu masala avval ham ko‘tarilgan, ammo kim bunga bosh-qosh bo‘lgani aniqlanmasdan qolib ketgan edi. Hozir bu ishning bir uchi ko‘rinib qoldi, - dedi O‘ro‘zbek Moldaliev.

Almazbek Atambaev davrida Raisa Atambaeva siyosiy ishlarga, hukumat boshqaruviga yoki tijoriy faoliyatga aralashgani sezilgan emas.

Kasbi shifokor bo‘lgan Raisa Atambaeva 2018 yilda tibbiyot fanlari doktori maqomiga ega bo‘lgan.

27 iyun kuni Qirg‘iziston parlamenti Atambaevning daxlsizligini bekor qilishni qo‘llab ovoz berdi.

Sobiq prezident korrupsiya, xizmat lavozimini suiiste’mol qilish hamda noqonuniy tarzda boyishda gumon qilinmoqda. U qamoqqa olinishi mumkin.

Atambaevning o‘zi bu ayblovlarni rad etib keladi.

XS
SM
MD
LG