Samarqand viloyati Ishtixon tumani Qayirma qishlog‘ida yashovchi 15 yoshli Gulhayo Mardonova ismli qiz qidirilmoqda.
Otasi Alisher Mardonovning 6 iyul kuni Ozodlikka aytishicha, Gulhayo 19 iyun kuni uyidan chiqib ketganicha, bedarak yo‘qolgan.
"Shu kuni ertalab Samarqand shahriga ketgan. Litseyga hujjat topshirgani ketgan. Mana ikki haftadan oshdi dom-darak yo‘q,", - deydi Mardonov.
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi qiz qidirilayotganini bildirdi.
Qizni ko‘rgan-bilganlar 998662331111 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishi so‘ralgan IIB xabarida.
Qizning belgilari: bo‘yi 160-165 sm, qomati o‘rta, sochi uzun, och jigar rangda, ko‘zlari qora. Egnida yashil kofta bo‘lgan.
Qizning otasi Alisher Mardonov qizining yo‘qolishi tafsilotlarini Ozodlikka so‘zlab berdi.