Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 13:29

Moliya instituti bitiruvchilariga TV uchun diplom topshirildi. Kameralar o‘chishi bilan qaytarib olindi


Toshkent moliya institutida diplom topshirish marosimi(surat institut saytidan olindi)
Toshkent moliya institutida diplom topshirish marosimi(surat institut saytidan olindi)

Toshkent Moliya institutida 10 iyul kuni o‘tkazilgan diplom topshirish marosimini televidenie tasvirga olib bo‘lganidan so‘ng, bitiruvchilarga berilgan diplomlar yana qaytarib olingan.

Bu haqda Ozodlikka ma’lumot yuborgan bakalavrlarning aytishicha, marosimdan so‘ng bir xonaga chaqirtirilgan bitiruvchilarga diplomning bir oydan so‘ng berilishi aytilgan.

Institut rahbariyati diplomlarning ba’zilari qaytarib olinganini tasdiqlar ekan, buning sababini diplomlarga muhr bosilmagani bilan izohladi.

Toshkent Moliya institutining 10 iyul kuni o‘tkazilgan “Bitiruvchi – 2019” tadbirida o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan bakalavr va magistrlarga diplom topshirildi.

Ismi ochiqlanmasligini so‘ragan bitiruvchilardan birining Ozodlikka aytishicha, mahalliy telekanal suratga olgan tantanali marosimda institut rektori barchaga diplom topshirgan.

“Kecha kurs sardori telefon qilib, diplomlar tayyor bo‘libdi, kelinglar¸ deganidan keyin bordik. Zo‘r tantana bo‘ldi. Rektorimiz Ulug‘bek Azizov shaxsan o‘zlari hammamizni tabriklab¸ diplomlarni topshirdi. Televidenie rosa tasvirga tushirdi. Hammamiz xursand bo‘ldik. Televidenie ketganidan so‘ng hammamizni bir xonaga yig‘ilishimizni so‘rashdi. Yana biror gaplari bo‘lsa kerak, deb kirdik. Rektorimiz bu marosim TV uchun edi, diplomlar hali tayyor emas, bir oy ichida tayyor bo‘ladi, qaytarib topshiringlar, dedi. Tarvuzimiz qo‘ltig‘imizdan tushib, diplomlarni topshirib ketdik”¸ deydi Ozodlikka bitiruvchilardan biri.

Ozodlik gaplashgan bitiruvchilardan yana biri¸ diplom ishini himoya qilgan kundan buyon oradan qariyb bir oy vaqt o‘tgani va shuncha vaqt ichida hujjatning nega tayyor bo‘lmaganini tushunmayotganini aytadi.

“Misol uchun bizning fakultetda diplom himoyasi 15 iyun kuni bo‘lgan edi. Nahot shu paytgacha diplomlar tayyor bo‘lmagan bo‘lsa! Biz ish topishimiz va mehnat faoliyatimizni boshlashimiz kerak. Diplomsiz esa sizga qarashmaydi ham. Aqallan, kopiyasini ham berishmayapti. Viloyatlarda yashaydiganlar esa uylariga ketolmayapti".

Moliya institutini 2019 yili bitirgan guruhlardan birining kurs sardori diplomlarning qaytarib olib qo‘yilganini, ayrim bitiruvchilarning “obxodnoy” qog‘ozlarini (kutubxona, yotoqxonadan qarzi yo‘qligini tasdiqlovchi hujjat – tahr.) to‘ldirib¸ topshirmagani bilan izohladi.

“Talabalarning o‘zining kamchiligi bu. Ko‘pchiligi obxodnoy listni to‘ldirmagan. Qaerda qarzi bo‘lsa o‘shani yopib, qo‘l qo‘ydirib kelishi kerak. Shuni qilib kelishsa¸ diplomlarini berishadi”.

Ozodlikka murojaat qilgan bitiruvchilardan biri bu iddaoni rad qildi va “obxodnoy list”ni to‘ldirib topshirgan bo‘lsa-da, diplomi olib qo‘yilganini aytdi.

“Men viloyatdan kelib o‘qiyman. Tezroq ketay deb obxodnoyni allaqachon to‘ldirib topshirganman. Marosimdan keyin bizga diplomlaringda kamchilik bor ekan, bu haqda hali rektorning buyrug‘i chiqmagan ekan, deb aytishdi”

O‘zini Toshkent Moliya instituti rektori yordamchisi deb tanishtirgan mulozim, diplomlarning qaytarib olinganini ba’zi diplomlarda muhr yetishmasligi bilan izohladi.

“1200 ta diplom yoziladi. Kecha taqdirlash marosimi bo‘ldi. Lekin hammasi qaytarib olingani yo‘q. Muhr bosilmaganlari qaytarib olinib, muhr bosilib, qaytarib berilayapti”¸ dedi institut rahbariyati vakili.

Ayni paytda rektor yordamchisi taqdirlash marosimining televidenie uchun shou sifatida o‘tkazilganini inkor qildi.

Oliygoh rasmiy saytiga ko‘ra¸ joriy o‘quv yilida Toshkent Moliya institutining 12 ta bakalavr bosqichi yo‘nalishini 894 nafar, 13 ta magistratura mutaxassisligini esa 205 nafar talaba tamomlagan.

XS
SM
MD
LG