Namangan viloyat, Mingbuloq tumanidan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan tibbiyot hamshiralaridan birining arz qilishicha, bir yil avval qishloq vrachlik punktlarida tashkil qilingan tez tibbiy yordam markazlarining sanitarka, dispetcher, dori taxlovchi shtatlari qisqartirib tashlandi.
Buning oqibatida, deydi tinglovchi, bor-yo‘g‘i 500 ming so‘m maosh olib ishlaydigan o‘nlab xodimlar ishsiz qoldi:
“Mayli, dori taxlovchining ishini o‘zimiz eplarmiz. Lekin, kelgan bemorga kim qaraydi? Bemorlar qusishi mumkin, qonashi mumkin. Sanitarkalar hamma joyning ozodaligini saqlash bilan birga, bemorlarga ham yordam ko‘rsatardi. Dispetcher esa shoshilinch qo‘ng‘iroqlarni qabul qilardi. Tasavvur qiling, masalan, biz chaqiriq bilan qishloqqa chiqib ketganmiz, markazda hech kim qolmagan, qo‘ng‘iroqlarga kim javob beradi? Og‘ir kasal bo‘lsa-chi? Nimaga bu markazlarni tashkil qilishdiyu, endi nega kerakli shtatlarni qisqartirishyapti, tushunmay qoldik...”
-----------------------------------------------------------------------------------------------
Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.
SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.
OzodMikrofon sizga muntazir!
OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!