Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 08:26

Navalniy qamoqxonada qasddan zaharlangani haqidagi iddaolar urchimoqda


Aleksey Navalniy Moskvadagi sud zalida. 2019, 24 iyul
Aleksey Navalniy Moskvadagi sud zalida. 2019, 24 iyul

Moskvada taniqli muxolifatchi, “Korrupsiyaga qarshi kurash” jamg‘armasi rahbari Aleksey Navalniy qamoqxonadan shifoxonasiga olib o‘tilishi ortidan u qasddan zaharlangan bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikrlar urchimoqda.

29 iyul kuni Navalniy yotqizilgan shifoxona doktori Eldar Kazaxmedov muxolifatchi “umumiy allergik reaksiyaga” chalinganini, uning sababi nima ekanligini aytish qiyinligini bildirdi.

Shifoxona xodimlaridan biri Navalniyning sog‘lig‘i “qoniqarli” ahvolda ekanligini aytgani xabar qilindi.

AFP agentligining xabar qilishicha, shifoxona vakillaridan biri Navalniyning tana harorati 36.6 gradus ekanligini aytgan.

Navalniyning shaxsiy vrachi Anastasiya Vasilyeva u bilan qisqa suhbatlashganidan keyin, unga qo‘yilgan “o‘tkir allergik reaksiya” tashxisiga ishonmasligini, mijozi aslida zaharlangan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida bayonot berdi.

Vasilyeva Facebookda unga o‘z mijozini yaxshilab tekshirishga izn berilmaganidan shikoyat qildi.

Vasilyeva, shuningdek, shifokorlarni Navalniyning kasalligi sababini aniqlamagani uchun tanqid qildi.

O‘tgan haftada Navalniy rossiyaliklarni norozilik namoyishlarida qatnashishga chorlagani uchun qo‘lga olinib, 30 kunga qamaldi.

Navalniy moskvaliklarni ishtirok etishga chorlagan, ammo rasmiylar ruxsat bermagan aksiya 27 iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Xabarlarga ko‘ra, namoyishga chiqqan bir necha ming odamning 1300 nafarini politsiya qo‘lga olgan.

Keyingi yillarda Navalniy o‘ndan ortiq marta qo‘lga olindi. U bugunga qadar umumiy hisobda 200 dan ortiq kunni panjara ortida o‘tkazdi.

“Korrupsiyaga qarshi kurash” jamg‘armasi matbuot kotibi Kira Yarmishga ko‘ra, 28 iyul kuni “[Navalniy]ning yuzlari shishib, terisi qizarib ketgan”. Yarmish Navalniy bunga qadar biror marta allergiyadan aziyat chekmaganini qo‘shimcha qildi.

Navalniyning yordamchilaridan biri Leonid Volkov o‘tgan oyda o‘zi ham Navalniy ushlab turilgan kamerada yotganini, shunga o‘xshash allergiyaga chalinganini aytdi.

Volkov “fitna” nazariyalariga berilmaslikka, buning o‘rniga izolyatordagi “gigiena standartlarini” jiddiy tekshirishga chorladi.

28 iyul kuni kech politsiya Navalniy yotqizilgan qamoq shifoxonasi oldida to‘plangan yigirmadan oshiq odamni tarqatib yuborib, bir nafar jurnalistni qo‘lga oldi.

Politsiya, shuningdek, hodisani jonli efirga uzatib turgan “Dojd” jurnalistini qo‘lga olgan.

XS
SM
MD
LG