Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 09:43

Fermer: Oliy Sud atalmish "Adolat qo‘rg‘on''i adolatni “puf''deb bekor qilib tashladi


Fermer Komiljon Quvondiqov
Fermer Komiljon Quvondiqov

Samarqand viloyati Jomboy tumani, Arpa qishlog‘idan “OzodMikrofon” ga arz qilgan “Arpa bog‘i uzumzorlari” fermer xo‘jaligi rahbari Komiljon Quvondiqovning arz qilishicha, uning tashlandiq joyda barpo qilgan yong‘oqzor va uzumzori qalbaki ariza bilan tortib olingan.

Komiljon Quvondiqov nomidan qalbaki ariza asosida 2016 yilda bog‘ tortib olingach, uning prokuratura, sud idoralariga yugur-yuguri boshlangan.

Fermerning nomidan yozilgan qalbaki ariza nusxasi
Fermerning nomidan yozilgan qalbaki ariza nusxasi

​Garchi iqtisodiy sud ekspertiza o‘tkazib, uning nomidan yozilgan ariza qalbaki ekanligini aniqlagan va hokimning barcha qarorlarini bekor qilgan bo‘lsa ham, bog‘ Komiljon Quvondiqovga qaytarib berilmayapti:

Fermer Komiljon Quvondiqov nomidan yozilgan ariza qalbaki ekanligi haqida ekspert xulosasi
Fermer Komiljon Quvondiqov nomidan yozilgan ariza qalbaki ekanligi haqida ekspert xulosasi

“Men Rossiyaning Sochi shahrida mardikor bo‘lib ishlab, topgan pulimga o‘z vatanimda bog‘ yaratmoqchi bo‘lib, qaytib keldim. Tashlandiq joyga bog‘ yaratish haqida hokim qaror chiqarib berdi. 3 gektar joyga yong‘oq, bir gektar joyga uzum qildim. Lekin maqbullashtirish haqidagi qarordan so‘ng mening yerimni noqonuniy olib qo‘yishdi. Sudma-sud yurib, hokimning qarori noto‘g‘ri ekanligini isbotladim. Lekin yana boshqa da’vo arizalari kiritib, meni yana o‘sha eski, ya’ni mening nomimdan yozilmagan arizani to‘g‘ri deb o‘tirishibdi. Oliy Sudga ham murojaat qildim. Lekin, Oliy Sud atalmish ,,Adolat qo‘rg‘oni'' adolatni “puf''deb bekor qilib tashlayapti”.

Олий Суд аталмиш ,,Адолат қўрғони''ни адолатни “пуф''деб бекор қилиб ташлади.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:25 0:00
Бевосита линк
Fermer Komiljon Quvondiqov ana shunday tashlandiq yerni bog‘ qilgan
Fermer Komiljon Quvondiqov ana shunday tashlandiq yerni bog‘ qilgan

Fermer Komiljon Quvondiqov yong‘oqlari uch yilda shuncha bo‘ldi
Fermer Komiljon Quvondiqov yong‘oqlari uch yilda shuncha bo‘ldi

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG