Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 10:26

Salimboyga bag‘ishlab qo‘shiq yozgan Villi Tokarev vafot etdi


Villi Tokarev
Villi Tokarev

O‘zbekistonda "kriminal avtoritet" sifatida bilingan tadbirkor Salim Abduvaliev​ va post-sovet hududlaridagi yana ko‘plab kriminal avtoritetlarni madh etgan taniqli shanson qo‘shiqchisi Villi Tokarev Moskvada 84 yoshida vafot etdi.

Villi Tokarev 1934 yilda Shimoliy Kavkazning Adigeyasidagi qishloqlardan birida kazaklar oilasida tug‘ilgan.

Ota-onasi unga Vladimir Leninga bag‘ishlab Vilen deb nom qo‘yishgan.

Dengiz flotida kochegar, keyinchalik flotda harbiy aloqada xizmat qilgan Tokarev Leningradga ko‘chib o‘tadi va Mark Bernes, Edita Pyexa bilan birga ishlaydi, ansambllarga rahbarlik qiladi.

Villi Tokarevning "Salimbay" albomi
Villi Tokarevning "Salimbay" albomi

1974 yilda u AQShga emigatsiya qiladi va "inqilobiy" Vilen ismini soddaroq Villiga o‘zgartiradi.

Villi Tokarev SSSRdan chiqib ketgan emigrantlar va asosan Nyu-Yorkning rus aholisi orasida shansonlari bilan tanildi.

“V shumnom balagane” nomi ostida 1981 yilda chiqqan albomi Villi Tokarevni SSSRda mashhur qildi.

Jami 50 yaqin chiqarilgan albomlari Villi Tokarevni “restoran qo‘shiqlari” nomini oldi.

Villi bir necha yil davomida Brayton-Bichdagi restoranlarda o‘z repertuarlari bilan chiqish qildi.

1989 yilda Gorbachyov “perestroykasi” davrida u SSSRga birinchi kontsert dasturi bilan keldi va bir yildan keyin Moskvaga doimiy yashashga ko‘chib o‘tdi.

"Zakaznoy" qo‘shiqlar

Rossiya matbuotiga ko‘ra, Villi Tokarev jinoyat olami va unga yaqin shaxslar bilan munosabatlari yaxshi bo‘lgan, ularga bag‘ishlab “zakaznoy” qo‘shiqlar tayyorlagan.

Xususan, u O‘zbekistonda Salimboy deb nom chiqargan tadbirkor Salim Abduvalievga "Salimbay" albomini bag‘ishlagan.

Villi bastalangan “Salimbay” qo‘shig‘ida Salim Abduvaliev bunday madh etilgan:

Quyosh bizni siylagan paytda,

Quyoshli sayyoramizga qish kelganida biz Salimnikiga mehmonga bordik.

Do‘stlashdik, xayrlashdik – Salimdek bu dunyoda boshqa hech kim yo‘q!

O‘zbekistonning bag‘rikengligi bilan maftun bo‘lishdan charchamayman,

Salim menga naqshli chopon sovg‘a qildi!

Salim, Salim, Salimboy – Toshkent grajdani, vaqtni ketkizmasdan sharob quy!” deya kuyladi Villi Tokarev Salimboyga bag‘ishlagan qo‘shig‘ida.

Salimboy Abduvalievga bag‘ishlab boshqa ko‘plab estrada qo‘shiqchilari ham kuy va qo‘shiqlar bastalagan.

(Gruziyalik David Divadning "Salim bay" qo‘shig‘i)

XS
SM
MD
LG