Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 10:20

Dehlida o‘zbek ayolini ommaviy zo‘rlashda ayblangan uch kishidan ikkisi qo‘lga olindi


Zo‘rlangani aytilayotgan o‘zbekistonlik ayol hindistonlik yigit bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishgani aytildi.
Zo‘rlangani aytilayotgan o‘zbekistonlik ayol hindistonlik yigit bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishgani aytildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali xindistonlik yigit bilan tanishgani ortidan Dehliga kelgan 31 yashar o‘zbekistonlik ayol ommaviy zo‘rlash qurboni bo‘ldi.

Bu iddaoni Ozodlikka ayolning Toshkentdagi yaqinlari bildirdi. Ayni paytda bu voqea to‘g‘risida Hindistondagi ommaviy axborot vositalari ham xabar qildi.

Zo‘rlangani aytilayotgan o‘zbekistonlik ayol yaqinlaridan biriga ko‘ra, ayol Facebook tarmog‘ida xindistonlik yigit bilan virtual tanishib joriy yilning iyun oyida Dehliga borgan.

- Yangi yil bayramidan keyin tanishib, yozishib yuruvdi o‘sha hind yigit bilan. Keyin qarindosh-urug‘ yo‘lkirasiga pul berib, ikki oy oldin Dehliga jo‘natgandik. Shanba kuni yig‘lab telefon qildi, "meni kaltaklab zo‘rlashdi" deb. Biz O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligiga murojaat qildik, ammo hali javob berishmadi¸ deydi o‘zini Hindistonda zo‘rlangan ayolning qarindoshi deb aytgan ayol.

O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasidan bu voqea yuzasidan javob olishning iloji bo‘lmadi.

Hindistondagi qator nashrlar, xususan yetakchi telekanallar o‘zbek ayolining guruh bo‘lib zo‘rlangani haqida 12 avgust kuni ma’lum qildi.

India-TV muxbirining voqea yuz bergan joydan turib ma’lum qilishicha¸ “o‘zbek ayolni zo‘rlagan 3 kishidan 2 nafari dushanba kuni Dehli g‘arbidagi Vasant Kunj mavzeida qo‘lga olingan. "Ayolni zo‘rlaganlar soni 3 nafardan ko‘proq bo‘lishi mumkin" deydi telekanal muxbiri.

Hindistondagi Bharat AAJTAK agentligining yozishicha¸ “O‘zbekistonlik ayolning sevgilisi uni 10 avgust kuni mashinasiga solib majburan o‘zining kamida ikki nafar do‘stining yoniga olib borgan. Dushanba, 12 avgust kuni o‘zbekistonlik ayol politsiyaga bergan arizasida o‘zining oldin kaltaklanib, keyin zo‘rlanganidan shikoyat qilgan”.

O‘zbekistonlik ayollarning Hindistonda ommaviy zo‘rlanishi birinchi marta yuz berayotgani yo‘q.

2017 yili O‘zbekistonlik ayol Dehlining Masudpur tumanida o‘zining sobiq yigiti va yana to‘rt erkak tomonidan do‘pposlangan va jinsiy zo‘rlangan edi.

Bu o‘zbek ayoli ham hind yigiti bilan ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilgani ortidan ishqiy munosabatlarini boshlagani aytilgan edi.

2015 yil noyabrida Hindistonning Haryana shtatida o‘zbekistonlik 27 yashar Shahnoza Shukurovaning jasadi topilgandi. Olti oylik homilasi bor Shahnoza o‘g‘irlab ketilgan va o‘ldirilgan edi.

Hindistonda 2012 yilda 23 yashar talaba Jyoti Singx bir guruh erkaklar tomonidan zo‘rlanib o‘ldirilishi butun mamlakat bo‘ylab yirik namoyishlarga sabab bo‘lgandi.

Mazkur hodisa ortidan Hindistonda ayollarga qarshi zo‘ravonlik mavzusi jamoatchilik diqqati markazida qolmoqda.

XS
SM
MD
LG