Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 07:21

Fermer: Hokim Zafar Ro‘ziyev 300 odamga ish o‘rni yaratishimga to‘rt yildan buyon to‘sqinlik qilyapti

“Qurilish materiallarini qayta ishlab chiqarish, saqlash hamda har xil turdagi savdo va xizmat ko‘rsatish” ob’ekti loyihasi
“Qurilish materiallarini qayta ishlab chiqarish, saqlash hamda har xil turdagi savdo va xizmat ko‘rsatish” ob’ekti loyihasi

Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanidagi “Nu’monjon Yusupov” nomli ko‘p tarmoqli ishlab chiqarish fermer xo‘jaligi rahbari 62 yashar Nu’monjon Yusupovning “OzodMikrofon”ga arz qilishicha, u tashlandiq maydonda “Qurilish materiallarini qayta ishlab chiqarish, saqlash hamda har xil turdagi savdo va xizmat ko‘rsatish” ob’ektini loyihalashtirib, tegishli tashkilotlardan ruxsat olganiga to‘rt yil bo‘lganiga qaramasdan, viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev qurilishni boshlashiga to‘sqinlik qilyapti.

Фермер: Зафар Рўзиев 300та одамга иш ўрни яратишимга тўсқинлик қиляпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:50 0:00
Бевосита линк

“Men 1991 yilda respublikda birinchi ro‘yxatdan o‘tgan fermerman. Shahrisabzda suv kelmaydigan to‘rt gektar tashlandiq yer bor edi. Bir tomoni qabriston, yo‘l chetida.O‘shanda tuman hokimi bu tashlandiq joyni bir narsa qilish kerak deganida, biz maslahatlashib, qurilish materiallarini ishlab chiqarish va savdo qilish kompleksiga aylantiramiz deb kelishgan edik. Keyin, hokim qaror chiqarib berdi. Biz keyin Toshkentdagi “Shaharsozlikdan” rozilik oldik, hamma texusloviyalarini yig‘dik, ekspertiza qildirdik, ekologiyadan oldik, xullas barsa tegishli tashiklotlardan ruxsat oldik. Arxitektura tasdiqladi, bosh reja ishlab chiqardik”.

Фермер“Қурилиш материалларини қайта ишлаб чиқариш, сақлаш ҳамда ҳар хил турдаги савдо ва хизмат кўрсатиш” объекти лойиҳаси ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:39 0:00
Фермер Нуъмонжон Юсупов
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:28 0:00

Fermerning aytishicha, barcha tashkilotlar rozilik bergan bo‘lsa-da, tuman hokimining bitta punktida viloyat hokimining tasdig‘i kerak bo‘lgan, lekin:

“Viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyevga chiqdik, javob yo‘q. Har tomonlama murojaat qilamiz, yuguramiz, chopamiz, hech qanday javob yo‘q. Asossiz ravishda hokim tasdiqlamayapti. Biz loyihani tuzib tayyor qilib qo‘yganmiz, u odam imzo qo‘ymaydi, qurilishni boshlolmaymiz, to‘rt yildan beri shu joy tashlandiq holatda yotibdi. Bularga tadbirkorlik kerak emas, bularga bir kambag‘al odam ishli bo‘lishi shart emas, bular o‘sha joyni sotib pul qilishlari kerak. Shuning uchun xaridori chiqquncha ushlab turishibdi”

“Qurilish materiallarini qayta ishlab chiqarish, saqlash hamda har xil turdagi savdo va xizmat ko‘rsatish” ob’ekti loyihasi
“Qurilish materiallarini qayta ishlab chiqarish, saqlash hamda har xil turdagi savdo va xizmat ko‘rsatish” ob’ekti loyihasi

Nu’monjon Yusupov bu loyiha amalga oshsa odamlarga qurilish qilish uchun qulaylik bo‘lishini, 300dan ortiq odam ish bilan ta’minlanishini aytadi:

“Reja bo‘yicha, mana darvozasidan shunday kirganingizda o‘ng qo‘l tomonda loyiha qilib beradigan guruh o‘tiradi. Sizga uy kerakmi, molxonami, nimaiki kerak bo‘lsa sizni tanishtiradi. Hammasini hisob-kitob qilib narxini chiqarib beradi. Shu joyning o‘zida qurilish materiallari ishlab chiqaradigan tsexlar bor. Eshik, deraza, akfa, shurup, mix, xullas hamma narsa bo‘ladi. Shu yerning o‘zidan hammasini xarid qilib, tayyor turgan yuk mashinalariga yuklab olib ketishi mumkin. Agar istasa shu joyda master bor, prorab bor, quruvchilar bor, shartnoma qilib qurib berishi mumkin. Hammaga qulay bo‘ladi!”

“Qurilish materiallarini qayta ishlab chiqarish, saqlash hamda har xil turdagi savdo va xizmat ko‘rsatish” ob’ekti loyihasi
“Qurilish materiallarini qayta ishlab chiqarish, saqlash hamda har xil turdagi savdo va xizmat ko‘rsatish” ob’ekti loyihasi

Fermer-tadbirkorning aytishicha, bu loyiha amalga oshsa kamida 300 odam ish bilan ta’minlanadi:

“Biz shahardagi mardikor bozorini ham shu loyihaga kirgizyapmiz. Ularga hatto yotadigan joy, ovqatlanish masalasini ham hal qilib beramiz. Har kuni 300 ta odam ish bilan ta’minlansa, buning nimasi yomon. Endi esa shahar hokimi bu yerni yana zaxiraga qaytarib olibdi. O‘zlari ham hech narsa qilmaydi, bir qurilish qilay, tadbirkorlik qilay desang ham qo‘ymaydi. Mana videolardan ham ko‘rishingiz mumkin, tashlandiq bo‘lib yotgan bu maydonni”

XS
SM
MD
LG