Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 05:48

Qamoqdan ozod etilgan yakkabog‘lik tadbirkor o‘zi o‘t qo‘ygan sobiq hokim o‘rinbosari bilan yarashdi


Yakkabog‘ hokim muovinini tadbirkor yoqib yuborishi oldidan
Yakkabog‘ hokim muovinini tadbirkor yoqib yuborishi oldidan

Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosariga benzin sepib yoqib yuborgan tadbirkor Bahriddin Isomov qamoqdan ozod qilindi.

31 avgust kuni Ozodlik bilan suhbatlashgan Bahriddin Isomovning aytishicha, u sud-psixologiya ekspertizasi xulosasidan so‘ng 29 avgust kuni uyiga qaytgan.

Bahriddin Isomov qamoqdaligi paytida unga nisbatan yaxshi muomalada bo‘linganini aytdi.

30 avgust kuni Bahriddin Isomov tomonidan yoqib yuborilgan Yakkabog‘ tumani hokimining o‘rinbosari Mansur To‘ymayev, undan kelib uzr so‘ragan va ular yarashgan.

Advokatnews.uz sayti xabariga ko‘ra, Yakkabog‘ tumani prokurori sanksiyasi bilan ayblov Jinoyat kodeksining 97-moddasi (“Qasddan odam o‘ldirish”)dan 98-modda (“Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish”)ga qayta malakalanib, ayblov yengillashgani munosabati bilan qamoqqa olish ehtiyot chorasi bekor qilingan.

O‘sha xatti-harakatni sodir etgan vaqtida Bahriddin Imomov affekt holatida bo‘lgan

Bunday qarorga Qarshi universiteti psixologiya fakulteti olimlaridan iborat ekspertlar guruhining “o‘sha xatti-harakatni sodir etgan vaqtida Bahriddin Imomov affekt holatida bo‘lgan” degan xulosasi asos bo‘lgan.

30 avgust kuni Bahriddin Isomovning uyida uning qamoqdan ozod etilishi sharafiga qo‘y so‘yilib, tadbir o‘tkazilgan. Bu tadbirda Yakkabog‘ tuman hokimining sobiq o‘rinbosari, yoqib yuborilgan Mansur To‘ymayev ham qatnashib, Bahriddin Isomovdan uzr so‘ragan.

31 avgust kuni Ozodlik bilan gaplashgan Bahriddin Isomovning aytishicha, tomonlar bir-birlarini kechirib, yarashishgan:

U kelib uzr so‘radi, men ham uzr so‘radim

- U kelib uzr so‘radi, men ham uzr so‘radim. Hammasi yaxshi bo‘ldi".

Bahriddin Isomov hokim o‘rinbosariga benzin sepib yoqib yuborganida juda kuchli affekt holatida bo‘lganini aytdi:

- U yerda nima bo‘lgan, nima qo‘ygan, men o‘zim hech narsani bilmayman.

Ayni paytda, Bahriddin Isomov ustidan ochilgan jinoyat ishi qayta malakalanishi bilan birga tergov tugatilib, materiallar sudga taqdim qilingan.

Qashqadaryo viloyat Yakkabog‘ tumanidagi tadbirkor Bahriddin Isomov 20 iyul kuni kreditga qurilgan ikki qavatli yangi do‘koni va sexini traktor bilan buzmoqchi bo‘lgan tuman hokimi o‘rinbosarining ustiga benzin sepib¸ ëqib yuborgan edi.

Bu voqea haqida birinchi bo‘lib xabar bergan Ozodlikning maqolasidan keyin tumanning avvalgi hokimi Shohmurod Donayev, hokim o‘rinbosari Mansur Tuymayev ishdan olingandi.

Bahriddin Isomov hibsga olinib, uning ustidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (“Qasddan odam o‘ldirish”) moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Bu voqeadan qariyb ikki hafta o‘tganidan so‘ng, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 avgust kuni o‘tkazgan videoselektor majlisida Qashqadaryo viloyati hokimini xiyonatda ayblab qattiq tanqid qilgan edi:

- Qashqadaryoning vallomati bor, Ro‘ziyev degan, 5 yil qishloq xo‘jaligi vaziri bo‘lib ishlagan noinsof. DXX rahbari borganidan so‘ng chiqqan izohlarni o‘qi. Bitta jinnining qarindoshi bilan janjal qilib, mening siyosatimni butun dunyoga sharmanda qildi. O‘zimni tumanim, u qilaman, bu qilaman, deysan. Bitta tuzukroq kadring yo‘q, yana Dehqonobodga tirmashasan. Mana, sening menga qilgan "do‘stliging". O‘zbekistondagi hozirgi oshkoralik, shaffoflikni ta’minlay, deb kechayu-kunduz yuritayotgan siyosatimga atrofingdagilar bilan qilgan "do‘stliging". Noinsoflar, men sizlarning qay biringga buzgin, deb topshiriq berdim? Men sizlarga avvalo odamlarni rozi qilib, keyin janob Zokirov degan vazir bilan o‘tirib, loyiha qilib, bosh vazirga hisobot berib, keyin qilinglar, deb topshiriq berganman. Mana, sening "do‘stliging", janob Ro‘ziyev! O‘zingni o‘sha tumanga hokim qilib yuboraman, aytib qo‘yay!", - degan edi prezident Yakkabog‘da bo‘lib o‘tgan voqealarga o‘z munosabatini bildirar ekan.

Qashqadaryo viloyat, Yakkabog‘ tuman hokimligi tadbirkor Bahriddin Isomovning do‘koni va sexini bepul ta’mirlab berdi.

XS
SM
MD
LG