Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 06:21

Mustaqillik uchun kurashganlar qabrlarini ziyorat qilmoqchi FBdoshlar IIBga "suhbat"ga chaqirtirildi


IIBga chaqirtirilganlar orasida Chingiz Raimqul (churatda old planda) bor edi.
IIBga chaqirtirilganlar orasida Chingiz Raimqul (churatda old planda) bor edi.

1 sentabr kuni Sovet davrida O‘zbekistonning mustaqilligi uchun kurashgan marhumlarni ziyorat qilish uchun Toshkentdagi Ko‘kcha qabristoniga bormoqchi bo‘lgan bir guruh yoshlar - 10 kishi 31 avgustda Shayhontohur tumani Ichki ishlar bo‘limiga “suhbat”ga chaqirilib, qo‘yib yuborildi.

Suhbatga chaqirilganlarning Ozodlikka aytishicha, IIBning terrorchilikka qarshi kurash bo‘limida ulardan “siyosiy miting va yig‘ilishlarda boshqa qatnashmayman” degan mazmunda tilxat olingan.

Tuman IIBsida ushlanganlar bilan bayram arafasida “shunchaki suhbat o‘tkazilgani” va hech kim ushlab qolinmaganini bildirishdi.

Ozodlik bilan suhbatlashgan faollar 1 sentabr, ertalab soat 10 da ular Toshkentning Ko‘kcha masjidi oldida to‘planib, Sharqiy Turkiston ozodligi uchun kurashgan Alixonto‘ra Sog‘uniy va Sovet davrida O‘zbekiston mustaqilligi uchun kurashgan Mirtemir Mirabdullayevlar qabrlarini ziyorat qilishni, u yerda Sharqiy Turkistondagi mazlumlar haqiga duo qilmoqchi bo‘lishganini bildirdi.

Biroq ular 31 avgustda IIBga “suhbat”ga chaqirtirildi.

Shayhontohur Ichki ishlar bo‘limiga "suhbat"ga Otabek Umar, Qutfiddin Muhiddinov, Chingiz Raimqul, Anvar Nazir, Jamshid Nurqul va yana ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan boshqa yoshlar chaqirtirilgani ma’lum bo‘ldi.

Shayhontohur tuman Ichki ishlari bo‘limiga chaqirtirilgan Qutfiddin Muhiddinov bo‘limda 4 soat ushlab turilgani va unga tadbirni o‘tkazmaslikni tavsiya qilishganini aytarkan, dedi:

- Meni telefon orqali 18:30 larga chaqirtirishdi. Tadbirni o‘tkazmanglar, deb tavsiya qilishdi. “Ertaga ziyorat qilmanglar, boshqa kunlari mumkin” deyishdi. Men Sog‘uniy taqiqlangan odam emasligini, kitoblari bemalol sotilishini aytsam, “Bayram kuni o‘tkazmanglar” deb tilxat olishdi va qo‘yvorishdi. Absurd narsa bo‘ldi.

Shayhontohur tuman Ichki ishlar bo‘limida Ozodlik so‘roviga bu oddiy suhbat bo‘lgani va unga chaqirtirilganlarning hammasi qo‘yib yuborilganini bildirishdi.

- Bizda hech kim yo‘q hozir. Siz aytayotgan odamlarni qo‘yib yuborishgan. Shunchaki, bayram oldidan profilaktika suhbatidan o‘tkazishgan, bo‘ldi, dedi nima mavzuda suhbat bo‘lganini faqat chaqirtirgan xodim bilishini aytgan navbatchi ofitser.

Ko‘kcha qabristoniga bormoqchi bo‘lgan 10 kishidan biri - Otabek Umar o‘zi yashaydigan Bo‘stonliq tuman IIBga 31 avgust, kechki payt olib ketilgan. Otabek Umar Ozodlikka bunday dedi:

- 1 sentabr kuni Mustaqillikka bag‘ishlangan tadbir bo‘lishi kerak edi. Ko‘kchadagi qabristonga bir qancha odamni chaqirtirgan edik. Suhbatga meni uyimdan olib ketishdi. So‘roqni viloyat ichki ishlar boshqarmasi va Bo‘stonliq ichki ishlar bo‘limi xodimlari olib bordi. “Siyosatga qarshi chiqadigan yig‘ilishlarga qatnashmayman” deb tilxat yozdirishdi.

Otabekning aytishicha, 3 soat davom etgan suhbat so‘ngida u “Men O‘zbekistonda olib borilayotgan siyosatdan norozi emasman va turli xil mitinglar, siyosatga qarshi yig‘ilishlarda qatnashmayman, agar qatnashadigan bo‘lsam javobgarlikka tortishlaringga roziman”, deb tilxat yozib bergan.

Otabek ichki ishlar xodimlari u bilan yaxshi muomalada bo‘lgani va hech qanday bosim yoki qo‘pollik qilmaganini ham qo‘shimcha qildi.

Tashkilotchilarga ko‘ra, ular bergan e’londa Ko‘kcha qabristonidagi bu tadbir ochiq va istagan odam qatnashishi mumkinligi aytilgan. Tadbir Feysbukdagi bir guruh tarixsevar yoshlar tomonidan uyushtirilgan.

Suhbatga chaqirilganlardan biri, siyosatshunos Anvar Nazir Alihonto‘ra Sog‘uniy va Mirtemir Mirabdullayev O‘zbekiston mustaqilligiga hissa qo‘shgan tarixiy shaxslardan bo‘lgan, deydi.

Anvar Nazirga ko‘ra, IIB xodimlari qandaydir bir shaxs guruh ustidan ariza yozganini aytgan:

- Go‘yoki Sog‘uniyning masjidda ishlaydigan, Shayhontohur tumanida yashovchi uzoq qarindoshi “Bir siyosiy guruh g‘araz niyatlari bilan Ko‘kcha qabristonida namoyish o‘tkazmoqchi”, deb yozib beribdi. Lekin e’lonimizda bu ziyorat, Mustaqillik tadbiri ekani yozilgan.

Anvar Nazir bu ma’lumotlar Ko‘kcha qabristoni ma’muriyati tomonidan berilgani to‘g‘risida unga hujjat ko‘rsatishgani, ammo shikoyat arizasida hech qanday ism keltirilmagani uni shubhalantirganini aytdi.

Siyosatshunos Feysbukdagi bu guruh faoliyati ustidan oldindan nazorat bo‘lganini ham taxmin qildi.

А.Назир: Маърифатчилик бу экстремизм эмас!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:17:12 0:00
Бевосита линк

Anvar Nazir ichki ishlar bo‘limida boshqa mavzularda ham savollar berilganini aytib o‘tdi:

- “Nega Sog‘uniy ziyorat qilyapsizlar - u o‘zbek emasku?! Mustaqillik uchun boshqa odamlar kurashgan – bularning aloqasi yo‘q. Uyg‘urlarni nega qo‘llab-quvvatlayapsizlar? Nega o‘zbek tilini davlat tili deb ko‘tarayapsizlar? Xitoy kameralari to‘g‘risida nega yozdingiz? Nimaga Amerikaga borib keldingiz? Nima uchun chet elda o‘qigansizlar – sizlarga o‘zbek oliy o‘quv yurtlari yoqmaydimi? Sizlarning tadbirlaringiz pulini kim to‘layapti?”, degan gaplar bo‘ldi.

Anvar Nazir bu savollar ortidan suhbatga chaqirtirilgan Feysbukdagi guruh a’zolarini ekstremizmda ayblash harakatlari ham bo‘lgani, bu haqda u qator xalqaro tashkilotlar va elchixonalar rasmiylariga xabar berganini ham qo‘shimcha qildi.

U guruh a’zolari boshqa o‘zbek allomalariga bag‘ishlangan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuv va kechalarni ham uyushtirib turishini aytdi.

XS
SM
MD
LG