Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 04:33

Germaniya va Chexiyaga yollanib, jo‘natilmagan mardikorlar pullarini qaytarib berishni talab qilmoqda


O‘zbekistonda xorijga ishchilarni yollash xususiy shirkatlarga topshirilgan
O‘zbekistonda xorijga ishchilarni yollash xususiy shirkatlarga topshirilgan

Toshkentdagi HUMAN xususiy bandlik agentligi tomonidan Germaniyaga deb yollangan 200 va Chexiyaga deb yollangan 500 ishchi jo‘natilmasdan qoldi. Ishchilar agentlikka bank orqali to‘lagan pullarini qaytarib ololmayapti.

HUMAN xususiy bandlik agentligi vakili Ozodlikka pullar dushanba, 16 sentabrdan boshlab egalariga qaytarilishini aytdi.

"Bizni 8 oydan beri aldashyapti"

2019 yilning yanvarida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan HUMAN xususiy bandlik agentligi O‘zbekistonning 12 viloyatida “Germaniyaga va Chexiyaga ishga” deb ishchi yollagan.

Andijonlik 40 yashar Yodgorbekning Ozodlikka aytishicha, u Germaniyaga yollangan boshqalar qatori agentlikka 35 million so‘m to‘lagan.

- 8 oy oldin HUMAN xususiy bandlik agentligi televidenie orqali reklama chiqardi. HUMAN Toshkentda Yakkasaroyda joylashgan ekan. 8 oyda jo‘natishi kerak edi. 8 oy o‘tdi ham – natija yo‘q. Hech kim jo‘natilmadi, ko‘chada qoldik. To‘polon, boshliqlari esa yo‘q! 197 odam birinchi potokda 35 million so‘mdan pul to‘lagan.

Har bir ishchidan 35 million so‘m naqd pul olingan
Har bir ishchidan 35 million so‘m naqd pul olingan

Andijonlik yollanma ishchiga ko‘ra, shirkat ularni, Germaniyadagi logistika markazlarida ishlaysizlar, deb maxsus tayyorgarlikdan ham o‘tkazgan.

Yodgorbek ularga agentlikda “elchixonadagi suhbat rus tilida bo‘ladi” deb va’da berilgani va 18 kun davomida Farg‘ona shahridagi maxsus markazda o‘qish ham tashkil etilganini aytdi. O‘zbekistonlik ishchilarga o‘quv markazida nemis tilidan ham dars berilgan.

Yodgorbek shirkatga pul to‘laganlarning aksari og‘ir ahvolda qolayotganini bildirdi:

- Shu kunda men bo‘ynimda 850 dollar qarz bilan yuribman. Tirikchilik qiladigan mashinamni sotib, pulini shularga bergandim. Bo‘lmasa shu pulni bolamning kontraktiga to‘lamaymanmi! O‘zim bekorchiman, xotinim bolnitsada ishlaydi – 700 ming so‘m pul oladi. Pulimizni olvolsak – shunga xursand bo‘lardik.

Yodgorbekning so‘zlaricha, joriy hafta boshidan agentlik ishchilardan shartnomani bekor qilish to‘g‘risida arizalarni qabul qilayotir.

Ozodlik bilan gaplashgan yollanma ishchilardan yana birining aytishicha, HUMAN agentligi yana 500 odamdan Chexiyaga deb, 23 million so‘mdan pul yiqqan:

- 8 oyda javob beriladi degan, ammo shartnoma qo‘limizga berilmadi. Germaniyada 2500 yevro oylik, Chexiyada oylik 1300 yevrodan boshlanadi, deb aytilgan. Chexiyaga 500 dan ortiq odam yig‘ilgan! Bular 12 viloyatda vakolatxona ochgan, reklamani kuchli berdi, hatto Kun.uzda turibdi.

Farg‘onalik yana bir ishchining aytishicha, Toshkentda 15 vodiylik boladan “750 ming so‘mdan vizaga” deb yana pul olingan.

Ishchilar o‘z to‘lovlarini “Aziya Alyans bank” orqali amalga oshirib kelganini qo‘shimcha qildi.

Farg‘onalik mardikor HUMAN xususiy bandlik agentligi rahbari Shohinur Fayzullayev toqati tog‘ bo‘lgan yollanma ishchilardan qochib yurgani va savollariga javob bermay kelayotganini ham aytdi.

Aldanganini aytayotgan ishchilar bandlik agentligi ularning mablag‘larini qaytarishni shu kunlarda boshlamasa ofis oldida yig‘ilib, o‘z haqlarini talab qilishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi. Ularning aytishicha, aldanganlar Mehnat inspeksiyasiga vaziyatni hal etish iltimosi bilan murojaat qilgan, biroq bundan ham natija chiqmagan.

Ishchilar bilan imzolangan mehnat shartnomasi.
Ishchilar bilan imzolangan mehnat shartnomasi.

HUMAN agentligi: Xavotirga o‘rin yo‘q!

HUMAN xususiy bandlik agentligining o‘zini Javlonbek deb tanishtirgan vakili “dushanba kundan pullarni qaytarishni boshlaymiz”, deya ishontirishga urindi:

- Firma bilan shartnoma qilganlar Germaniyaga kvota berilmagani uchun shartnomalarini bekor qilishga ariza yozishayapti. Chunki Germaniya va Chexiya O‘zbekistonga ishchi kvota bermabdi. Dushanbadan pullarni qaytatish boshlanadi! Boshliq qo‘l qo‘yishi kerak. Masalan, Bolgariyaga ishchi vizamiz chiqdi – keyingi haftadan 16 kishi ketadi. Ofislarimiz ishlayapti, hamma rahbarlar joyida. Shu sababli xavotirga o‘rin yo‘q.

Shirkat vakili HUMAN hozirda O‘zbekistondan Bolgariya, Slovakiya va Polshaga ishchilarni yollashni boshlashini ham ma’lum qildi.

Ayni damda, shirkat vakili Ozodlikning HUMAN xususiy bandlik agentligi direktori Shohinur Fayzullayev qaerga yo‘qolib qolgani borasida bergan savolini ochiq qoldirdi.

Toshkentdagi boshqa bir vositachi shirkatga 1000 dollar xizmat haqi to‘lab Bolgariyaga ishga kelgan besh o‘zbekistonlik ko‘chada qolgan edi.

Work in World xususiy bandlik agentligi 800 yevrolik oylik¸ kamida bir yillik mehnat shartnomasi¸ tekin turar-joy va oziq-ovqat va’dasi bilan ularni Bolgariyaga yuborgan.

Avgustda O‘zbekistonda ishga joylashtirish bilan shug‘ullanganToshkent, Samarqand, Navoiy va Farg‘ona viloyatidagi 8 ta xususiy agentlik faoliyati taftish etilgani xabari chiqqandi.

Bu agentliklar ishga joylashtirish uchun odamlardan 100 foiz to‘lovni undirib, va’dasini bajarmaganlikda, grajdanlar xususiy agentlikdan pulini qaytarishni talab qilsa, mablag‘ qaytarilmayapti yoki xizmat ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da mablag‘ning bir qismi ushlab qolinayotganlikda ayblangan edi.

XS
SM
MD
LG