Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 08:29

Mahmud Rajabning "yurishi"ni yoritgan bloger qamoqdan keyin ruhiy kasalliklar dispanseriga yotqizildi (VIDEO)


Bloger Shabnam (Nafosat) Olloshukurova
Bloger Shabnam (Nafosat) Olloshukurova

Shoir va jurnalist Mahmud Rajabning “Toshkentga yurishini” yoritgani ortidan 10 kunlik qamoq muddatini 3 oktabr kuni o‘tab bo‘lgan 32 yashar bloger Nafosat Olloshukurova o‘sha kunning o‘zida Urganch tumanida joylashgan Xorazm viloyat asab-ruhiy kasalliklar dispanseriga yotqizildi.

Bu haqda Ozodlik muxbiriga Olloshukurova yashaydigan Bog‘ot tuman IIB vakili 4 oktabr kuni bildirdi.

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyevning yordamchisi Ozodlikning Nafosat Olloshukurovaga oid konkret savoliga birdan "bunday holatda bemor prokuratura sanksiyasi bilan dispanserga joylashtiriladi, Sog‘liqni saqlash vazirligida bunday vakolat yo‘q, ertaga telefon qilsangiz, batafsil javob olasiz" dedi.

Olloshukurovaning otasi Boltaboy Olloshukurovning Ozodlikka 4 oktabrda aytishicha, qizi Nafosat hech qachon ruhiy kasallikdan aziyat chekmagan.

Болтабой Оллошукуров билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:23 0:00
Бевосита линк


Olloshukurova yashaydigan Bog‘ot tuman IIB vakiliga ko‘ra¸ Olloshukurova Bog‘ot tuman IIB xodimlari tarafidan qamoqdan olib chiqilib ruhiy kasalliklar dispanseriga olib borilgan. Mulozimning aytishicha, Olloshukorova “vos-vos” kasaliga chalingan deb topilib, dispanserga olib ketilgan. Bog‘ot tuman IIB vakiliga ko‘ra, Olloshukurova 4 oktabr ertalab yaqinlaridan biri bilan uchrashtirilgan.

Маҳмуд Ражабнинг "юриши"ни ëритган блогер қамоқдан кейин руҳий касалликлар диспансерига ётқизилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:29 0:00

Xorazmlik mahalliy jurnalist ruhiy kasalliklar dispanseridagi vrach bilan suhbatiga tayanib, Olloshukurovaning 3 oktabr kuni dispanserga olib kelingani va 4 oktabr kuni bemor sifatida rasmiylashtirilganini aytdi.

Olloshukurovaning yaqinlariga ko‘ra¸ bloger "o‘ta og‘ir bemorlar saqlanadigan xonaga joylashtirilgan". Bu informatsiyani tekshirish uchun dispanser bilan bog‘lanishning iloji bo‘lmadi.

Yaqinlarining aytishicha¸ Olloshukurova ilgari ruhiy holatidan shikoyat qilmagan. Otasi Boltaboy Olloshukurovning Ozodlikka 4 oktabrda aytishicha, qizi Nafosat hech qachon ruhiy kasallikdan aziyat chekmagan.

Olloshukurovani dispanserga borib ko‘rib chiqqan yaqinlaridan birining Ozodlikka aytishicha¸ bloger derazasiga panjara o‘rnatilgan palatada saqlanmoqda:

- Ko‘zlarining tagiga qarab, unga ukol qilingan deb taxmin qildim. Ko‘p gaplashishga uni qorovullab turgan milisa izn bermadi. Nafosat men gaplashib olay chiqib turing desa ham milisa chiqmadi. Urganchdagi dispanserning o‘ta og‘ir bemorlar yotadigan qismida yotibdi. Doktor kasallik tarixini ko‘rsatdi menga, ammo nusxa olishga izn bermadi. Vos-vos kasal deyishdi.

Ozodlik Nafosat Olloshukurova yotqizilgani aytilayotgan Xorazm viloyat asab-ruhiy kasalliklar dispanseri bilan bog‘lana olmadi.

Ayni paytda Ozodlik Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan bog‘landi.

Vazir o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyevning yordamchisi Ozodlikning Nafosat Olloshukurovaga oid konkret savoliga birdan "bunday holatda bemor prokuratura sanksiyasi bilan dispanserga joylashtiriladi, Sog‘liqni saqlash vazirligida bunday vakolat yo‘q, ertaga telefon qilsangiz, batafsil javob olasiz" deb javob berdi.

  • Shabnam taxallusi bilan faol blogerlik qilib kelgan 32 yashar Nafosat Olloshukurova va shoir Mahmud Rajabga nisbatan Urganch shahar ma’muriy sudi 23 sentabr kuni 10 kunlik administrativ qamoq jazosi tayinlash haqida qaror qabul qilgan edi.
  • Bu qaror asosida 10 kun qamoq jazosi o‘tagan shoir Mahmud Rajab 2 oktabr kuni Urganch IIB zobitlari tarafidan uyiga olib kelib qo‘yilgan. Mahmud Rajab Ozodlik muxbiriga "qamoqdagi muomala va sharoitlar yaxshiligi" haqida gapirdi, ammo uning yurishini yoritgan Olloshukurovaning keyingi taqdiri haqida indamadi.
  • Shoir va blogerni qamash haqidagi qarorga ko‘ra¸ “iznsiz ko‘cha namoyishi o‘tkazgan” shoir Mahmud Rajab va bloger Nafosat Olloshukurova Ma’muriy javobgarlik kodeksining uchta moddasi bo‘yicha aybdor deb topilgan:
  • 183-modda, "Mayda bezorilik";
  • 192-modda, "Maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish";
  • 202-modda, "Ruxsat etilmagan yig‘ilishlar¸ mitinglar¸ ko‘cha yurishlari va namoyishlar o‘tkazish uchun sharoitlar yaratish".

Ayni paytda ushbu norozilik yurishi payti Nafosat Olloshukurovaning notanish ayol tomonidan kaltaklangani holati ochiq qoldi. Huquq-tartibot idoralari Shabnamning kaltaklash borasidagi da’volarini inobatga olgan-olmagani Ozodlikka ma’lum emas.

Nafosatning yaqinlari uning 10 sutkaga qamalgani va ruhiy dispanserga joylatirilganini noqonuniy deya da’vo qilishmoqda. Ma’muriy javobgarlik kodeksining 29-moddasiga ko‘ra, ma’muriy qamoqqa olish uch yoshgacha bolasi bo‘lgan ayollarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas. Bu tartibning Shabnam Olloshukurovaga nisbatan nima sababdan qo‘llanilmagani Ozodlikka ma’lum emas.

Bloger Oloshukurova shoir Mahmud Rajab va uni qo‘llovchilarning yurish tadbirini jonli efirda ijtimoiy tarmoqlarda yoyinlagan edi.

Blogerni yomonotliq qilishga urinishdi

Xorazm telekanalida 24 sentabr kuni efirga berilgan ko‘rsatuv qatnashchilari norozilik yurishini yoritgan bloger Olloshukurova harakatini keskin qoralab gapirgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan, Feysbuk orqali Nafosat Olloshukurovani soxta blogerga chiqarishga urinishlar ham kuzatilayapti.

“Prezident blogerlarni qo‘llab turgan bir paytda, Shabnam (Nafosat) Olloshukurovaning norozilik yurishini yoritgani ahmoqgarchilik” deya yozishdi Feysbukdagi postlarda.

Shuningdek, ayrim tarmoq foydalanuvchilari Olloshukurovani “O‘zbekiston tinchligini ko‘raolmaslik”da ayblashdi.

Nafosat (Shabnam) Olloshukurova
Nafosat (Shabnam) Olloshukurova

Xorazm viloyat hokimligi matbuot xizmati tarafidan tayyorlangani taxmin qilinayotgan va Internetda tarqatilgan videorolikda Olloshukurova “ Xorazmni dunyoga salbiy bo‘yoqlarda ko‘rsatadigan shallaqi” deya haqorat qilingan.

Jonli chiqishlari bilan tanilgan bloger

Nafosat Olloshukurova blogerlar safiga bir yilcha avval qo‘shilgan. Asosan, Feysbuk tarmog‘i orqali jonli chiqishlar qildi. Chiqishlarida asosiy e’tiborni huquq-tartibot idoralaridan aziyat chekkan shaxslarga qaratdi. Yana u Toshkentda rasmiy idoralar oldida bo‘ladigan norozilik piketlarini tarmoqlar orqali jonli yoritadigan bloger sifatida tanilgan.

Nafosat Olloshukurova toshkentlik huquqbonlar bilan birga
Nafosat Olloshukurova toshkentlik huquqbonlar bilan birga

Ikki oy avval Xotin-qizlar qo‘mitasining "huquqbuzarlikka moyil" ayollar ro‘yxatini tuzish qarori keng muhokamaga sabab bo‘lgandi. O‘sha paytda Olloshukurova Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova bilan Feysbuk orqali jonli intervyu qilgani bilan ham tanilgan edi.

32 yashar ingliz tili o‘qituvchisi, bloger Nafosat Olloshukurovaning uch yoshga to‘lmagan ikki egizak farzandi bor. Hozirda bolalarga Toshkentda Nafosatning onasi qarayapti.

XS
SM
MD
LG