Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 02:28

Jahon chempioni, "O‘zbek armiyasi faxri" Bekzod Nurmatov Grozniydagi jangdan so‘ng vafot etdi (VIDEO)


Bekzod Nurmatov qo‘l janggi bo‘yicha Jahon chempioni va Jahon kubogi sohibi bo‘lgan.
Bekzod Nurmatov qo‘l janggi bo‘yicha Jahon chempioni va Jahon kubogi sohibi bo‘lgan.

Aralash qoidalar bo‘yicha jang san’ati - MMA ustasi Bekzod Nurmatov Checheniston poytaxti Grozniyda 4 oktabr kuni Beslan Isayev bilan o‘tkazilgan jangdan so‘ng vafot etdi.

Bekzodning jasadi 8 oktabrda O‘zbekistonga keltiriladi

Absolute Championship Akhmat 100 turnirida chechenistonlik Beslan Isayev bilan maydonga tushgan Bekzod hakamlar qarori bilan ochkolar bo‘yicha mag‘lub deb e’lon qilindi.

Musobaqa tashkilotchilaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, Bekzod Nurmatov jang oxirida juda qattiq zarbani o‘tkazib yuboradi va qoshi yoriladi.

Jangdan keyin u insult bo‘lib qolgani va shifoxonaga olib ketilgani ma’lum bo‘ldi.

Sportchi hayoti uchun kurashgan Grozniy shahar shifikorlari uni hayotini saqlab qola olmadi: uch kun og‘ir ahvolda bo‘lgan o‘zbek jangchisi vafot etdi.

Nurmatovning yaqinlariga tayanib xabar berayotgan TASS axborot agentligiga ko‘ra, seshanba 8 oktabr kuni 27 yoshli Bekzod Nurmatov jasadi O‘zbekistonga yetkaziladi. Shu kuniyoq uning dafn marosimi bo‘lib o‘tadi.

Mudofaa vazirligi Bekzod Nurmatovni O‘zbek armiyasining faxri deb atagan

Yarimo‘rta vaznda jang qilib kelgan 1992 yilda tug‘ilgan Bekzod Nurmatov professional ringlarda jami 13 jang o‘tkazgan, 11tasida g‘alaba qozongan, ikki marotaba mag‘lub bo‘lgan.

Oxirgi yillarda u Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi MMA sport klublaridan birida tayyorgarlik ko‘rib kelgan.

Bundan oldinroq Bekzod harbiy bilim yurtini bitirgan
Bundan oldinroq Bekzod harbiy bilim yurtini bitirgan

Aralash turdagi janglarda 2016 yildan boshlab qatnasha boshlagan asli g‘uzorlik Bekzod qo‘l janggi bo‘yicha Jahon chempioni, bir necha marotaba jahon kubogi sovrindori va Osiyoning uch marotaba chempioni bo‘lgan.

Mudofaa vazirligi Bekzod Nurmatovni O‘zbek armiyasining faxri deb atagan edi.

Oxirgi paytlarda ringlarda yana bir nechta jangchi vafot etgani xabar qilingan edi. Jumladan, rossiyalik bokschi Maksim Dadashev shu yilning 23 iyulida AQShda puerto-rikolik sportchi Sabriel Matiasdan mag‘lub bo‘ladi va jangdan keyin miyaga qon quyilishi oqibatida nobud bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG