Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:33

OzodTa'sir: Og‘zi shaloq MIB boshlig‘i xodimlaridan uzr so‘radi


Majburiy ijro byurosi
Majburiy ijro byurosi

O‘z xodimlarini “hayvon, suka, b...d, j...b, iflos, p...z, k...t, chmo, q...q kabi shaxsni tahqirlovchi so‘zlar bilan haqorat qilgan Samarqand, viloyat, Payariq tumani Majburiy ijro byurosi boshlig‘i Zafar Qosimov uzr so‘radi.

Bu haqda Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi mahalliy nashrlarga xabar bergan.

Ozodlik 8 oktabr kuni Payariq tumani MIB boshlig‘i xodimlarini uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgani haqida video va maqola e’lon qilgan edi.

МИБ бошлиғи деб ишонилаётган амалдорнинг ўз ходимларини ҳақоратлаётгани яширин камерага тушди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:33 0:00

Xabarda aytilishicha Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi mazkur voqea yuzasidan tekshiruv olib borgan.

Tekshiruvda MIB boshlig‘i Zafar Qosimovning o‘z xodimlarini shaxsni tahqirlovchi so‘zlar bilan haqorat qilgani tasdiqlangan.

Zafar Qosimov sodir etgan g‘ayriaxloqiy xatti-harakati uchun bo‘lim xodimlaridan kechirim so‘ragan.

MIBning Samarqand viloyat boshqarmasi xabarida aytilishicha, ayni paytda Zafar Qosimovning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi harakatlari olib borilmoqda va tekshiruv natijalari qo‘shimcha ma’lum qilinadi.

O‘zbekistonda MIB boshliqlarining o‘z xodimlarini tahqirlab, haqorat qilishi birinchi bor kuzatilayotgan hodisa emas.

Namangan viloyati Uychi tumani Majburiy ijro byurosining boshlig‘i Sherali Mamarizayev qo‘l ostidagi xodimlarining onasini yoppasiga haqorat qilgani haqidagi Ozodlik maqolasidan so‘ng boshliq ishdan bo‘shatilgan edi.

O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Samarkand viloyati Urgut tuman bo‘limi boshlig‘i Azamat Ashurov o‘z xodimlarini haqorat qilgani sababli tuman hokimligi tarafidan 2019 yilning 4 mart kuni ogohlantirgandi.

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Majburiy ijro byurosining boshlig‘i, podpolkovnik Sohibjon Hamidovning o‘z xodimlarini uyatli so‘zlar bilan haqoratlayotgani va urayotgani iddao qilingan ikki audiofayl va bir video haqida Ozodlik 2018 yilning avgust oyida yozgan edi.

XS
SM
MD
LG