Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:32

Qashqadaryoda bu safar italiyalik sayyohlar yo‘lda qolib ketdi(VIDEO)


O‘zbekistonda turistlar mingan avtobus dizel yonilg‘isiz qoldi
O‘zbekistonda turistlar mingan avtobus dizel yonilg‘isiz qoldi

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidan o‘tuvchi magistral yo‘ldagi AYoQShlarda dizel yonilg‘isining yo‘qligi sababli xorijlik sayyohlar tushgan avtobuslar yana to‘xtab qolmoqda.

12 oktabr kuni italiyalik sayyohlar tushgan avtobus AYoQShda dizel yonilg‘isi yo‘qligi sabab, to‘xtab qoldi.

Ozodlik 4 oktabrda ham bu haqda xabar berib, yaponiyalik sayyohlarning AYoQShda ikki soat qolgani haqida yozgan edi.

O‘zbekiston Energetika vazirligi bu xabarga munosabat bildirib, Koson tumanidagi birjaga 45,4 ming tonna dizel yonilg‘isi qo‘yilganligi, lekin shuning faqat 14,6 ming tonnasiga xaridor chiqqanini yozgan va bunda xususiy AYoQShlarning o‘zlarini ayblagan.

Ammo, xususiy AYoQShlar rahbarlari ular uchun birjadan dizel yonilg‘isi sotib olish O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 57-qarori bilan taqiqlanganini aytmoqda.

АЁҚШда цистерна тагида қолган соляркани қўлбола тортиб олиш усули сайёҳларни қизиқтирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:43 0:00
Бевосита линк

Bu safar, 12 oktabr kuni, Koson tumanidagi “Fayzullo qutlug‘ qadam” MChJga qarashli AYoQShga italiyatlik sayyohlar tushgan avtobus kelib to‘xtab qoldi.

AYoQSh boshlig‘i Islom Izomovning aytishicha, italiyalik sayyohlar uchun sisterna tagida qolgan solyarkani qo‘lbola usulda tortib olinishi juda qiziq ko‘ringan:

Sayyohlik shirkatlari bilan shartnomamiz bor, lekin solyarka yo‘q.


“Ozodlikda yaponiyalik sayyohlar bilan bo‘lgan voqea e’lon qilingan kunning ertasiga 2 tonna solyarka berishdi. Shu bilan tamom. Yana o‘sha ahvol, eski hammom, eski tos. Sayyohlik shirkatlari bilan shartnomamiz bor, lekin solyarka yo‘q. Ishchimiz shisha idishni ipga bog‘lab sisterna tagida qolgan solyarkani misqollab olib berdi. Turistlar hayron va lol. Tinmay surat va videoga olishdi. Ertaga uylariga qaytganidan so‘ng, mana O‘zbekistondagi ahvol deb, ijtimoiy tarmoqlarda rosa muhokama qilishsa kerak”.

Ozodlik 4 oktabr kuni aynan shu AYoQShda yaponiyalik sayyohlarning ikki soat qolib ketgani haqida yozgan edi.

O‘zbekiston Energetika vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda bu holatga munosabat bildirib, bunda AYoQSh rahbarlarining o‘zlarini aybladi:

“O‘zbekiston yoqilg‘ini xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga, shu jumladan, AYoQSh larga sotishda bozor munosabatlariga amal qiladi. Hozirgi paytda ushbu dizel yoqilg‘isini sotish birja savdolari orqali amalga oshiriladi. Bunda bozor tamoyiliga amal qilinadi – birjadagi narx haqiqiy ehtiyojni ko‘rsatadi. Dotatsiyalangan taqsimot davri tugamoqda. Demak, AYoQSh mutlaqo mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ekt, ayni paytda tijoriy sub’ekt sifatida mijozga o‘z vaqtida (ya’ni – darhol) yoqilg‘i sotish va natijada qancha foyda olish masalasini o‘zi hal qiladi”.

АЁҚШда сайёҳлар автобуси учун қўлбола усулда цистернадан солярка олинмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:18 0:00
Бевосита линк

AYoQSh boshlig‘i Islom Izomov vazirlikning bu javobini kulguli deb ataydi:

Tushunyapsizmi, bizni dizel yonilg‘isi sotib olish uchun birjaga kirgani qo‘yishmaydi.


“O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 57-qaroriga ko‘ra, xususiy AYoQShlar birjadan dizel yonilg‘isi va 80 markali benzin sotib olishi mumkin emas. Tushunyapsizmi, bizni dizel yonilg‘isi sotib olish uchun birjaga kirgani qo‘yishmaydi. Bizga faqat neftebaza beradi. Energetika vazirligi shuni bilmasmikin? Biladi, juda yaxshi biladi. Lekin qo‘lidan hech narsa kelmaydi, shunaqa chalkash javoblar bilan hammani chalg‘itmoqchi bo‘ladi”

Islom Izomov ijtimoiy tarmoqlar orqali O‘zbekiston prezidentiga qilgan murojaatida, bu sohaga e’tibor berishini, aks holda xorijiy sayyohlarning kulgusiga qolib ketish mumkinligini aytadi.

Косон туманидаги “Файзулло қутлуғ қадам” МЧЖ раҳбари Ислом Изомовнинг президентга мурожаати
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:29 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG