Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:22

Dumbul bilan tanilgan Mirishkor hokimi fermerlarni onasidan so‘kdi


Mirishkor tumani hokimi Ravshan Komilov
Mirishkor tumani hokimi Ravshan Komilov

Qashqadaryo viloyat, Mirishkor tuman hokimi Ravshan Komilovning fermerlarni urib, tinmay onasidan haqorat qilayotgani iddao qilingan audio Ozodlikka kelib tushdi.

Mirishkor tumanining Jeynov hududida, dalada yozib olingan bu audioda, hokim deb aytilayotgan shaxs, fermerlarni paxtani kultivatsiya qilmagani, dorilamagani va sug‘ormagani uchun tahqirlaydi, uradi, so‘kadi.

Audioni Ozodlikka jo‘natganlarning aytishicha, undagi voqea "dumbul mojarosi"dan oldin - avgustning oxirida bo‘lgan.

Mirishkor tumani hokimi Ravshan Komilovning yordamchisi, fermerlar iddaolarini eshitgandan so‘ng “hokim o‘zi qo‘ng‘iroq qiladi” deb Ozodlik telefonini yozib oldi, ammo hokimlikdan qo‘ng‘iroq bo‘lmadi.

Ozodlikka kelgan audioda Mirishkor tumani hokimi Ravshan Komilov deb iddao qilinayotgan shaxs 30 minut davomida fermerlarni tahqirlaydi va tinmay onasidan haqorat qiladi.

Avgust oyining oxirida Mirishkor tumanining Jeynov hududidagi fermerlarni paxta boshiga to‘plagan hokim deb aytilayotgan shaxs, fermerlarni g‘o‘zani kultivatsiya qilmaganlikda, qurtga qarshi dori sepmaganlikda va sug‘ormaganlikda ayblab, vajohat bilan urib-so‘kadi.

Ozodlik audiodagi haqoratlangan fermerlarning ikki nafarini topib suhbatlashdi, ammo ular hokim tazyig‘idan qo‘rqib, ismlarini oshkor qilmaslikni iltimos qildi.

Onadan so‘kadigan hokim

Audioning boshida hokim deb aytilayotgan shaxs fermerlardan birini urib, onasini haqorat qiladi:

Nimaga qildirmading?!!! Onangni o...ini yeb yuribsanmi, san onangni s...ay, haromini.


“A, meni taqdirim sani qo‘lingdami, sani taqdiring mening qo‘limda! Onangni s...y, nimaga qilmading bl...d?( audiodan dup-dup degan tovush eshitiladi – tahr.) Q...qni ustidan kuldingmi, a, man qayoqdan kelyapman, onangni o...idan kelyopmanmi? Nimaga qilmading? (shapaloq ovozi eshitiladi – tahr.) Nimaga qildirmading?!!! Nimaga qildirmading?!!! Onangni o...ini yeb yuribsanmi, san onangni s...ay, haromini. Onangni s...y? Onangni o...iga tiqaman sen, haromini. O‘o‘o‘, gan...n, b...d, q...qqa kultivatsiya qildirmadingmi? Zo‘rmisan, zo‘rmisan? (yana ur-sur ovozi eshitiladi – tahr.) Hozir bo‘g‘ib o‘ldirsam nima deysan, onangni o...ga kirasanda keyin”

Nimaga onamni so‘kdingiz?

Urmang hokim bova, urmang.


Fermer bir necha bor “onadan so‘kmang”, deb o‘zini himoya qilmoqchi bo‘ladi:

- Nimaga onamni so‘kdingiz hozir? Onadan so‘kmang!

- Onangni o...ga tiqdingku paxtani, pid...z!

- Kultivatsiya ishlayoptiku.

- Q...mni yebsan, pid...z. Delavoyligingni menga qilma, ko‘taningni sug‘urib olaman, pid...z!”

- Shu kech ham oqshomgacha ishlatdim.

- Chaqir inspektorni bu yoqqa, sani qo‘lingga kishan soldiraman hozir, san k...tni, b...d! Lyuboyiga javob beraman, tushundingmi? (hokim fermerni ura boshlagani ovozi eshitiladi – tahr)

- Urmang hokim bova, urmang.

- O‘tir na x..y, deyopman, o‘tir na x...y! Onangni s...y, san javob berasan bu ishga!

- Nimaga onamni so‘kyapsiz?

- Ho‘o‘o‘v, onangni o...ga tiqding deyapman!
- Nima uchun onamni so‘kasiz?

- Ho‘o‘o‘v onangni o...ga tiqaman!

- Kerak emas, fermerlik menga kerak emas! Nima kamchiligim bor?

- Ko‘taningni sug‘urib olaman, senga o‘xshash boyvachchani!

"Manga sakrama!"

Sandan battar man jinniman, o‘n karra jinniman!


Audioda hokim Ravshan Komilov deb iddao qilinayotgan shaxs, o‘zining “o‘n karra jinni”ligini aytar ekan, unga qarshi bosh ko‘targan har qanday odamni sindira olishini ta’kidlaydi:

“O‘ynashma man bilan, b...d, o‘ynashma! San aytgan odam boshqa, manga sakrama. Tushindingmi? Kuching yetsa o‘ynash, yetmasa o‘ynashma. Men prezidentning vakiliman. Man ota vazifangni bajaraman, aka vazifangni bajaraman. Odam bo‘lgin deyman. Pid...z, boy bo‘lgin deyman sanga. Yaxshi bo‘lgin deyman man sanga. Sakraysan, b...d, manga, sakrama manga na x...y, b...d! Xotiningni ustiga sakra, boshqaga sakra, eshakni ustiga sakra, lekin manga sakrama. Man ko‘tarolmayman. Sandan battar man jinniman, o‘n karra jinniman!”

"Prezident onamni uchqo‘rg‘ondan ko‘rsatadi"

Ungacha manga vakolat bormi, s...man, na x...y, b...d!


Hokim deb aytilayotgan shaxs audioyozuvda agar paxta planini bajarmasa uni ham prezident “onasini o...ga tiqib” qo‘yishini aytadi:

“Erta shuncha qilgan mehnating, x...yna, san sinishga sinasan, x...yna mayli 100-200 million minusga ketishing mumkin. Lekin, mani taqdirim hal bo‘ladi, pid...z. Mani qo‘yadi deysanmi, prezident? Onamni uchqo‘rg‘ondan ko‘rsatadi, onamni o...ga shunday tiqadi, qo‘yadi. Hech kim javob bermaydi. Ungacha manga vakolat bormi, s...man, na x...y, b...d!"

"Ayollar tovuqmiya"

Mirishkor tumani hokimi Ravshan Komilov deb iddao qilanayotgan mulozim, fermerlarni “erkak”likdan dars berib, ayollarni haqorat qiladi:

Shu uchun ham ayol, ayol. Tovuqqa tenglashtiradi uni, tovuqmiyaga.


“O‘zing bilasanku, endi-endi seni bag‘rimga bosayotgan edim. O‘zing chichib qo‘yding, sen o‘zing vinovat. Qilayotgan shantajing ham har doim o‘tmaydi. Erkaksan san, ko‘tingda bryuging bor. U ayollar, o...ga s...ylar, ishtonni kiyib olib, obedgacha bunday deydi, obeddan keyin unday deydi. Shu uchun ham ayol, ayol. Tovuqqa tenglashtiradi uni, tovuqmiyaga. Erkak erkak bo‘lish kerak, mard bo‘lish kerak”.

Ozodlik 15 oktabr kuni Mirishkor tumani hokimi Ravshan Komilovning mobil telefoniga bir necha marta qo‘ng‘iroq qildi, ammo hokim javob bermadi.

Ozodlik Ravshan Komilovning Jamshid ismli yordamchisi bilan gaplashib, hokim deb iddao qilinayotgan shaxsning fermerlarni haqorat qilayotgani yozilgan audio Ozodlik tasarrufida borligi va bunga hokimning munosabati kerakligini so‘radi.

Yordamchi Jamshid bu haqda hokimga xabar berishni va hokimning o‘zi telefon qilishini aytib, Ozodlik raqamlarini yozib oldi. Ammo hokimlikdan kun davomida qo‘ng‘iroq bo‘lmadi.

So‘kong‘ich hokim tarixi

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir videoda Ravshan Komilov bir boboni nevaralari bilan begona daladan dumbul o‘g‘irlaganlikda ayblab, haqoratlagani aks etgan edi. Jarayonni tuman ma’muriyati rahbari o‘zi videoga olgan.

Bu video ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamaga sabab bo‘lganidan so‘ng, Ravshan Komilovning o‘zi bu qilmishi uchun prezidentdan uzr so‘ragan edi.

2018 yilning 18 iyun kuni Mirishkor tumanida fermerlik qilgan 50 yashar fermer Sherali Davronov 18 iyun kechqurun o‘z joniga qasd qilgan edi. Fermerning yaqinlari o‘sha kuni tuman hokimi Ravshan Komilov uni bug‘doy rejasini bajarmagani uchun majlisda urib haqorat qilganidan so‘ng uyga kelib o‘z joniga suiqasd qilganini iddao qilgan edi.

Ravshan Komilov ilgari Chiroqchi tumani hokimi bo‘lib ishlaganda uning zo‘ravonlik siyosati haqida Ozodlik xabar bergan edi.

2014 yilning 7 oktabrida Chiroqchi tumanining Po‘stin qishlog‘ida istiqomat qiladigan 60 yoshli Moyli buvaning yubiley, kelin tushirish va nevaralarining sunnat to‘yini Chiroqchi tumani hokimi Ravshan Komilov buzgan edi. Paxta terimi paytida to‘y qilmaslik haqida farmoyish bergan hokim o‘z buyrug‘ini buzganlarni shu tariqa jazolagan edi.

2014 yilning 19 oktabrida Chiroqchi tumani hokimi Ravshan Komilov Shahrisabz tumani hokimi Faxriddin Norovni ish kabinetidan tashqariga chiqarib urgan. Ozodlik manbalariga ko‘ra, asli shahrisabzlik bo‘lgan Ravshan Komilovning "tomorqasi"ga Shahrisabz hokimi “tosh otganligi” uchun uni shu tariqa jazolagan edi.

XS
SM
MD
LG