Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:32

Hokim saylattirgan oqsoqol yordam puli va nafaqani faqat o‘z odamlariga bergani aniqlandi


Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanidan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan 66 yashar Rahmatulla Akramovning aytishicha, mahalla fikri inobatga olinmasdan hokim tomonidan saylattirilgan MFY raisi kam ta’minlangan oilalarga berilishi kerak bo‘lgan byudjet nafaqa va moddiy yordamlarni o‘zining yaqin odamlariga tarqatib bergani viloyat Moliya boshqarmasi revizorlari tomonidan aniqlangan:

“Iyun oyida bo‘lgan saylovda hozir ishdan olingan tuman hokimi, avval mahalla kotibi bo‘lib ishlagan paytida byudjet pulini talon-toroj qilgani uchun sudlangan odamni rais qilib qo‘ydi. Xalq bundan norozi bo‘lib hokimga bordi, lekin hokim odami baribir rais bo‘lib saylattirildi. U rais bo‘lganidan so‘ng uch oy ichida o‘ziga to‘q, moshinasi bor, muhtoj bo‘lmagan qarindoshlariga, yaqin odamlariga bola puli, nafaqa puli, yordam pulini urra qilib yozishni boshladi. Men bu haqda ikki marta prokuraturaga murojaat qildim.

Prokuratura o‘rganib chiqish uchun tuman moliya bo‘limiga berdi. Moliya bo‘limidan bir ayol kelib, raisga meni arizamni beribdi. U bo‘lsa, bu arizani MFY devoriga yopishtirib qo‘yib, mana shu odamning arizasi sabab 30 kishini bolalar puli va nafaqasini bekor qildim, deb xalqni menga qarshi qayradi. Keyin viloyat KRUsidan kelib tekshirib, rais davlat pulining 62 million so‘mini talon-tlroj qilganini aniqladi va prokuraturaga yozib berdi. Lekin prokuratura bu ishga qonuniy chora ko‘rishni paysalga solib kelmoqda”

Ҳоким сайлаттирган оқсоқол ёрдам пули ва нафақани фақат ўз одамларига бергани аниқланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:35 0:00
Бевосита линк

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG