Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 12:26

Ish tashlamoqchiligi to‘g‘risida bayonot bergan artistlar 1 kunda pushaymon bo‘ldi (VIDEO)


Qo‘qon teatri aktyorlari
Qo‘qon teatri aktyorlari

Oylik qisqarishiga norozilik sifatida ish tashlamoqchi bo‘lgan Qo‘qon shahar musiqali drama teatri aktyorlari pushaymonlik bildirib, 1 noyabr kuni Ozodlikka yangi video jo‘natdi.

31 oktabr kuni prezidentga video murojaatini Ozodlik orqali e’lon qilinishini so‘ragan teatr aktyorlari oylik maoshlari 25 foizga qisqarganiga norozilik sifatida ish tashlash aksiyasi o‘tkazishni rejalayotganini aytgandi.

Yangi videodan ma’lum bo‘lishicha, hokim teatr xodimlari bilan uchrashib, "tushuntirgach", aktyorlar pushaymonlik bildirgan.

Pushaymonlik

1 noyabr kuni Ozodlikka Qo‘qon shahar musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan yo‘llangan videoda ular bir kun oldin qilgan ishiga pushaymonlik bildirishgan.

Қўқон театри актёрлари пушаймонлик билдирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:10 0:00
Бевосита линк

“31 oktabr Ozodlik radiosiga yo‘llagan murojaatimizga bugun teatr jamoasi nomidan raddiya beramiz.

Bizga mana shu muammo haqida kelib tushuntirish qilishdi, jamoa bilan suhbat qilishdi.

Biz hammasini tushundik va bu xatoimizdan pushaymonmiz.

Lekin bizga buni to‘g‘ri tushuntirishmagani oqibatida kelib chiqqan deb o‘ylaymiz.

Bizga to‘g‘ri tushuntirish berishmadi. Aksincha, “25 foiz ustama ustiga 45 foiz ustama qo‘shildi, endi 25 foizni qaytarib, kesib tashlaymiz”, deb tushuntirishdi.

Lekin vaholanki, hokimimiz kelib, o‘zlari to‘g‘ri tushuntirishdi. 25 foiz joyida turibdi. Aksincha, “yuqori tashkilotlar, moliya vazirligi bilan hisob-kitob qilinib, 25 foiz 45 foizga aylantirildi”, deyishdi.

Bizga to‘g‘ri tushuntirish bermagani oqibatida shu muammo yuzaga kelib chiqdi”, deyiladi Ozodlikka yo‘llangan videoda.

1 noyabr kuni Qo‘qon teatri xodimlari va rahbarlari bilan bog‘lanib bo‘lmagani (telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berilmadi) sabab videoga oid qo‘shimcha tafsilotlarni aniqlash imkoni bo‘lmadi. Teatr jamoasi bilan qaysi hokim (Qo‘qon shahrining yoki Farg‘ona viloyat hokimi) uchrashgani videodan anglashilmaydi.

Videoda aktyorlarning “25 foiz 45 foizga aylantirildi” deyishgani, endilikda ular oyligi 25 foizga oshdi degan mazmunni bildiradimi yoki yo‘qmi, bu savol hozircha javobsiz qoldi.

Qo‘qon teatri aktyorlarining bir kun oldingi videosi:

Қўқон театри актёрларининг президент Мирзиёевга мурожаати
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:52 0:00
Бевосита линк

25 foizning qisqarishi

Marhum prezident Islom Karimovning farmoniga ko‘ra, 1993 yilning 1 dekabridan boshlab, teatrlarda ishlovchi artistlar uchun mansab okladlarining 25 foizi miqdorida maoshlariga har oylik ustama haq belgilangan edi.

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 23 sentabrdagi 798-sonli qaroriga muvofiq, madaniyat muassasalari xodimlari oyligiga 26 yil avval qo‘shilgan 25 foizlik ustama 1 oktabrdan bekor qilindi.

Baxshichilik san’atini rivojlantirishga bag‘ishlangan ushbu qarorning 4-ilovasida teatrlar xodimlari oyliklariga dohil qismi bor:

“Mazkur qaror bilan bazaviy lavozim maoshlari miqdori tasdiqlangan teatrlar xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika teatrlari artistlarining mehnatiga haq to‘lash shartlarini yaxshilash to‘g‘risida» 1993 yil 3 dekabrdagi PF-692-son Farmoni bilan belgilangan har oylik ustama haqlari tatbiq etilmaydi”.

Qarorda teatr xodimlari oyligidagi ushbu o‘zgarishga biror izoh berilmagan.

31 oktabr kuni Ozodlik muxbiri Madaniyat vazirligi mulozimlaridan ham bu borada biror izoh ololmadi.

Ozodlik bog‘langan vazirlik mulozimlari, qabul qilingan yangi qarorni o‘qib berish bilangina cheklandi xolos.

Qo‘qon teatri rahbariyati esa, ular hukumat qarorlariga amal qilgan holda ish ko‘rayotganliklarini ta’kidlashdi.

Vazirlar mag‘kamasining 2018 yil 19 iyundagi qaroriga ko‘ra, madaniyat muassasalari xodimlari oylgi 45 foizga oshirilgandi.

XS
SM
MD
LG