Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 04:29

Sirdaryoda sud 15 yashar o‘quvchi qizni zo‘rlaganlikda gumonlangan 57 yashar erkakni oqladi


Qaror nusxasi
Qaror nusxasi

Shirin shahar ma’muriy sudining 25 sentabrdagi yopiq majlisi 15 yashar o‘quvchi qizni zo‘rlaganlikda gumon qilingan sirdaryolik 57 yashar S.Rni aybsiz deb topdi. Ozodlikda nusxasi bo‘lgan qarorga ko‘ra¸ "S.R harakatlarida huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lmagani sababli" jinoyat ishi to‘xtatilgan.

Sud oqlagan S.R Ozodlik bilan suhbatda o‘zining aybsiz ekanini ta’kidlab, “adolat g‘alaba qilganidan mamnunman,” deb aytdi.

Zo‘rlangani iddao qilingan 15 yashar J.Sning akasi bundan oldin Ozodlik bilan suhbatda "zo‘ravon qo‘shni ishni bosti-bosti qilishga urinmoqda" deya xavotir bildirgandi.

Ozodlikda nusxasi bo‘lgan sud qaroriga ko‘ra¸ zo‘rlangani iddao qilingan qizning onasi J.S va qizning otasi J.Q 17 avgustdan 18 avgustga o‘tar kechasi soat 01 larda uyiga kirib kelgan qo‘shni 57 yashar S.Rni tayoq (sud qarorida cho‘p deyilgan-tahr) bilan urib, yengil jarohatlaganlikda aybdor deb topilgan, ammo ogohlantirish bilan javobgarlikdan ozod qilingan.

Sud qarorida 57 yashar S.Rning kaltaklangani uning doktorga borib olgan 181 sonli tibbiy xulosasiga asoslangani aytiladi.

Shuningdek, voqea yuzasidan IIBga ariza yozgan qizning qarindoshi J.G tuhmat qilganlikda ayblanib, 669 so‘m jarimaga tortilgan.

Munavvar ko‘chasida nima bo‘lgan edi?

Sud qarorida aks etgan guvohliklar va Ozodlik suhbatlashgan voqea guvohlariga ko‘ra¸ 57 yashar S.R. qo‘shni qizning uyda yolg‘iz qolgan paytini aniq bilib, devordan oshib tushib, hovlida uxlab yotgan 15 yashar qizga tegajog‘lik qilgan.

Zo‘rlanganlikda gumon qilingan 15 yashar J.Xning suddagi ko‘rsatmasi:

- 2019 yil 17 avgustan 18 avgustga o‘tar kechasi onamning mazasi bo‘lmagani uchun hovlida uxladim. Soat 01larda qo‘shni S.R. kelib yelkamdan ushlab, sudrab oshxonaga olib kirdi. Baqirsam, og‘zimni qo‘li bilan yopdi. Meni yerga yotqizib o‘zining pastki kiyimlarini (shimini-tahr.) yechdi. Kiyimim mahkam bo‘lgani uchun yechintira olmadi. Ko‘kraklarim va jinsiy a’zomni qo‘li bilan ezg‘iladi

Zo‘rlaganlikda gumon qilingan 15 yashar J.X ayni kuni doktorga murojaat qilgan.

Ozodlik muxbiri qiz olib kelingan tez tibbiy yordam stansiyasi vrachi bilan gaplashdi.

Vrachning aytishicha¸ qiz kasalxonaga keltirilganida badanida gematomalar bo‘lgan, o‘zi esa qattiq stressda bo‘lgan.

Ozodlikda qizning muolaja tarixi yozilgan 4042-4 raqamli hujjat nusxasi bor.

Voqea guvohlari gaplaridan ma’lum bo‘lishicha¸ 57 yashar S.R. qo‘shni qizning uyda yolg‘iz qolgan paytini aniq bilib, devordan oshib tushgan.

Zo‘rlangani gumon qilingan qizning onasi kar-soqov J.Sning tarjimon Rahmatova ishtirokida bergan suddagi ko‘rsatmasi:

- Kechqurun 01 da shovqinni eshitib oshxonaga bordim. Chirog‘ni yoqdim. Qo‘shnimiz S.R ni pastki kiyimi yo‘q holatda cho‘kkalab o‘tirganini ko‘rdim. S.R menga qarab, "ko‘rganingni aytsang, o‘ldiraman", deb qochdi. Men uni orqasidan borib, cho‘p bilan urdim. Erim ham yetib kelib qo‘shni S.R ni cho‘p bilan urdi.

Ana shundan keyin qizning qarindoshi IIBga qo‘ng‘iroq qilgan.

Surishtiruvni Shirin shahar ichki ishlar bo‘limi katta tergovchisi Doston Salomov olib borgan.

Sud qarorida yozilishicha¸ bu ko‘rsatmalar "ish holatiga mos kelmaydi va o‘ylab topilgan vajlar sifatida baholangan".

Zo‘rlaganlikda gumon qilingan 15 yashar J.X sud qarorida “mustaqil fikrga ega emas¸ ijtimoiy og‘ish holatda, tashqi ta’sirga moyil” deb topilgan.

Shularni inobatga olgan sud “S.R harakatlarida huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lmagani sababli” ishni to‘xtatdi.

Qizning onasi J.S va otasi J.Q "bezorilikda" aybdor deb topildi.

Voqea yuzasidan IIBga ariza yozgan qizning qarindoshi J.G tuhmat qilganlikda ayblanib, 669.000 so‘m jarimaga tortildi.

Adolat tantana qildimi?

15 yashar o‘quvchi qizni zo‘rlaganlikda gumon qilingan va sud tarafidan oqlangan sirdaryolik S.R Ozodlik bilan suhbatda bezorilik va tuhmat qurboni bo‘lganini ta’kidladi.

- Million pulim bor. Shu ishni qilsam, ko‘chada pulga qilaman-ku. Bu gaplarni hammasi tuhmat. Men binolar qurib odamlarga xizmat qiladigan, serhimmat va bunyodkor odamman. Nomimni bulg‘ashdi. Endi to‘kilgan obro‘yimni qayta tiklash uchun xalqimga xizmat qilishga bel bog‘ladim. Sud qaroridan to‘la qoniqdim. Adolat qaror topganidan mamnunman.

Qizning huquqbuzarlikda ayblangan qarindoshlari bilan 8 noyabr kuni bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi.

Joriy yilning 4 sentabrida qizning akasi Yodgor Ozodlik bilan suhbatda "zo‘ravon qo‘shni ishni bosti-bosti qilishga urinmoqda" deya tashvish bildirgan edi.

Zo‘rlangani iddao qilinayotgan qizning akasi Yodgor S.R. ning o‘g‘illari “arizani qaytarib ol” deya unga va oilasiga bosim qilganini ham aytgan edi.

Qizning advokati Sherali Nabiyevning 4 sentabr kuni Ozodlikka bildirishicha¸ qizning o‘zi va onasi guvohlik berishiga qaramasdan, mazkur og‘ir jinoyat oddiy bezorilik deb malakalangan.

XS
SM
MD
LG