Линклар

Шошилинч хабар
29 октябр 2024, Тошкент вақти: 04:17

Koreyaga ishga ketolmaganlar Korean & Migrationsdan pulni qaytarishni talab qilmoqda


Mehnat migrantlari - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan olingan surat.
Mehnat migrantlari - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan olingan surat.

Bosh ofisi Toshkent shahrida joylashgan Korean&Migrations xususiy bandlik agentligining chet davlatlarda ishga joylab qo‘yish haqidagi va’dalariga ishonib, shu tashkilotga millionlab so‘m to‘lab qo‘ygan o‘nlab o‘zbekistonlik pullarini qaytarib berishni talab qilmoqda.

Ozodlikka murojaat qilganlarning da’vosiga ko‘ra, Korean&Migrations ularni Janubiy Koreyaga ishga yuborish va’dasi bilan har bir kishidan 32 million 400 ming so‘m miqdorida haq olgan, ammo va’da qilingan muddat yakuniga yetsa ham, hech kim chet elga ishga yuborilmagan.

Ayni paytda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ​xodimi Korean&Migrations xususiy bandlik agentligi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi, firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, agentlikning uch nafar rahbar xodimi hibsga olingani, agentlik litsenziyasi to‘xtatilganini Ozodlikka ma’lum qildi.

Toshkentlik Ulug‘bek (ismi suhbatdoshning iltimosiga ko‘ra o‘zgartirilgan) Janubiy Koreyaga ishga ketish uchun Korean&Migrations tashkilotiga 32 million 400 ming so‘m to‘lagani, bunga qo‘shimcha 2 ming AQSh dollari miqdorida "shapka" pul ham bergani, ammo va’da qilingan muddat yakuniga yetsa ham, hech kim chet elga ishga yuborilmaganini Ozodlikka 12 noyabrda aytdi.​

Koreyaga ketish uchun "Turon bank"ga 32 million 400 ming so‘mdan shartnoma bilan to‘laganmiz, har bir odam. Bu pul medosmotr, viza harajatlari, uchoq bileti va Koreyada bir kun yashash uchun deyishgan. Bundan tashqari agentlik xo‘jayinlariga 2 ming AQSh dollari miqdorida "shapka" to‘ladik.

- Koreyaga ketish uchun "Turon bank"ga 32 million 400 ming so‘mdan shartnoma bilan to‘laganmiz, har bir odam. Bu pul medosmotr, viza harajatlari, uchoq bileti va Koreyada bir kun yashash uchun deyishgan. Bundan tashqari agentlik xo‘jayinlariga 2 ming AQSh dollari miqdorida "shapka" to‘ladik. Har bitta odam bergan buni, shuni bermasa ketmaydi, deyishgan-di. Mana uch oydan oshdi, hech kim hali ketgani yo‘q, pulimizni ham pasportimizni ham agentlik qaytarib bermayapti.

Korean&Migrations agentligidan zarar ko‘rganlarning Telegramdagi xos kanali a’zolarining aytishicha, ular 800 ga yaqin kishidir.

Korean&Migrations xususiy bandlik agentligining Ozodlik savoliga javob bergan xodimi shirkatda prokuratura tomonidan tekshiruv bo‘layotgani, agentlik faoliyatini vaqtincha to‘xtatganini aytdi.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ​mulozimi Korean&Migrations xususiy bandlik agentligi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi, firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, agentlikning uch nafar rahbar xodimi hibsga olinganini Ozodlikka tasdiqladi.

Ammo, fuqarolar to‘lab qo‘ygan pullar qaytariladimi-yo‘qmi - bu borada biron rasmiy ma’lumot yo‘q.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining Ozodlik suhbatlashgan xodimi ​Korean&Migrations xususiy bandlik agentligidan jabr ko‘rgan mijozlar tegishli tartibda murojaat qilganlari taqdirda, ularning arizalari ko‘rib chiqilishini aytdi.

Ozodlik mazkur masala yuzasidan izoh olish maqsadida O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga ham bog‘landi.

Vazirlik matbuot xizmati vakili bu borada tez orada rasmiy izoh berilishini aytish bilan cheklandi.

O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiya agentligining Janubiy Koreyadagi vakili Alisher Sulaymonov esa Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekistondan Koreyaga ishchi yuborish bilan faqat ularning agentligi shug‘ullanishini aytdi:

O‘zbekistondan ishchi kuchini yollash faqat Koreya Bandlik va mehnat vazirligi hamda O‘zbekiston Bandlik va mehnat vazirligi o‘rtasida imzolangan memorandum asosida amalga oshiriladi. Bu Koreyani talabi.

- Hususiy angenlik qaysi tashkilot bilan hamkorlik qilgan, nima asosda fuqarolardan pul olgan, buni endi tegishli idoralar aniqlaydi. Lekin, hususiy shirkatlar Janubiy Koreyaga fuqarolarni ishga jo‘natolmaydi. Sababi Koreyada bandlikka ruxsat etish tizimi bor. Ushbu tizimga muvofiq O‘zbekistondan ishchi kuchini yollash faqat Koreya Bandlik va mehnat vazirligi hamda O‘zbekiston Bandlik va mehnat vazirligi o‘rtasida imzolangan memorandum asosida amalga oshiriladi. Bu Koreyani talabi. Hususiy bandlik agentliklari mana shu tizim bo‘yicha fuqarolarni mehnatga yollashga haqqi yo‘q. Faqat bu bilan O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiya agentligi shug‘ullanadi.

Alisher Sulaymonovga ko‘ra, hozirgi kunda Tashqi mehnat migratsiya agentligi orqali 14 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Janubiy Koreyada ishlamoqda.

Korean&Migrations tashkiloti O‘zbekistonda norozilikka sabab bo‘layotgan yagona hususiy bandlik agentligi emas.

Bundan oldin Germaniya, Chexiya, Turkiya kabi mamlakatlarga ishga yuborish va’dasi bilan fuqarolardan 35 million so‘mdan pul olgan Human hamda International Job Organisation xususiy bandlik agentliklari ham janjal markazida qolgan edi.

Avgust oyida O‘zbekistonda ishga joylashtirish bilan shug‘ullangan Toshkent, Samarqand, Navoiy va Farg‘ona viloyatidagi 8 ta xususiy agentlik faoliyati taftish etilgani xabari chiqqandi.

Bu agentliklar ishga joylashtirish uchun odamlardan 100 foiz to‘lovni undirib, va’dasini bajarmaganlikda, grajdanlar xususiy agentlikdan pulini qaytarishni talab qilsa, mablag‘ qaytarilmayapti yoki xizmat ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da mablag‘ning bir qismi ushlab qolinayotganlikda ayblangan edi.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta ko‘rib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 725-son qarori qabul qilingan edi.

Shu qaror asosida O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomi tasdiqlangan.

O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, ish qidirayotganlarga chet eldan ish topib berish maqsadida litsenziyaga ega bo‘lgan jami 65 ta xususiy bandlik agentliklaridan 30tasi birorta ham fuqaroni xorijiy davlatlarga ishga yubormagan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rahbarlari 2018 yilning oktabrida korrupsiyada ayblanib ommaviy ravishda qamoqqa olingandi.

Migratsiya agentligining 20 ga yaqin rasmiysi Koreyaga ishga ketayotganlardan 20 million dollar pora olganlikda gumonlanayotganini aytgan edilar.

XS
SM
MD
LG