Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 02:30

"Lola Yo‘ldosheva va Jahongir Otajonov bilan bog‘liq voqealar “O‘zbekkonsert” tanazzulini ko‘rsatdi"


OzodNazarning bugungi mehmoni o‘zbekistonlik noshir va bloger Firuz Allayev bilan suhbatimiz Lola Yo‘ldoshevaning tarmoqni portlatgan klipi¸ “Parizod” kinofilmining yutug‘i va rus amaldori tomonidan “qo‘y podasi” deb atalgan o‘zbek ishchilari qadri haqida bo‘ldi.

Фируз Аллаев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:29:15 0:00
Бевосита линк


La Scala sahnasida kuylagan ilk o‘zbek Jenisbek Piazov va Ginnes kitobiga kirgan o‘zbek gimnastikachisi Oksana Chusovitina haqida gapirgan Firuz Allayev "O‘zbekiston pasportiga ega bo‘lgan vatandoshlarning hammasi o‘zbekdir" degan fikrni ilgari surdi:

-O‘zbekiston parlamentidagi eng faol deputat Rasul Kusherbayevdir. U kishi etnik qozoq. Ammo men uni eng faol o‘zbek deputati¸ Oksana Chusovitinani esa eng buyuk o‘zbek sportchisi deb bilaman¸ deydi suhbatdosh.

Lola Yo‘ldoshevaning klipiga to‘xtalgan Firuz Allayev “turlilikdan qo‘rqmagan jamiyat erkindir” degan fikrini bunday davom ettirdi:

- Erkin fikrli insonlar turli xil bo‘lishi, ularning didi ham, xohishlari ham turli xil bo‘lishi tabiiy. Insoniyatni mana shu xilma-xillik, mana shu turlilik, mana shu «o‘zgachalik» bugungi darajaga olib keldi. Kim uchundir Sherali Jo‘rayev san’at ustuni bo‘lishi, kim uchun Lady Gaga eng zo‘r qo‘shiqchi bo‘lishi tabiiy holat. Siz o‘z dunyoingizga ega bo‘lishga ma’naviyatchi, radikal va boshqalar bilan teng huquqqa egasiz. Eng muhimi sizning dunyoqarashingiz, sizning e’tiqodingiz, sizning xohishlarining boshqaning erkini chegaralamasa bo‘ldi. Va eng muhim qoidani hech qachon esdan chiqarmang: Sizning erkingiz, boshqaning erki boshlangan joyda tugaydi...

XS
SM
MD
LG