Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 10:31

AOKA Davlat Nazarning oilasidan xabar oldi, moddiy yordam berdi (VIDEO)


AOKA Davlat Nazar oilasiga yordam berdi
AOKA Davlat Nazar oilasiga yordam berdi

14 noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) xodimlari mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘lgan xorazmlik jurnalist Davlat Nazar (Davlatnazar Ro‘zmetov) oilasiga moddiy yordam berdi.

Marhum oilasi yashayotgan uyga borgan agentlik hodimlari jurnalist oilasiga pul (qanchaligi noma’lum) va o‘quv qurollari, badiiy adabiyotlar bergan.

Xorazmdagi og‘riqli mavzularni yoritib kelgan jurnalist Davlat Nazar 6 noyabr oqshomida mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘lgan edi.

48 yashar Davlat Nazar keyingi ikki yil ichida tanqidiy qarashlari sabab bir necha bor hibsga olingan.

Ozodlik bilan yaqin hamkorlik qilib kelgan Davlat Nazar keyingi paytda muntazam kuzatuvda ekani haqida aytgandi.

АОКА Давлат Назарнинг оиласидан хабар олди, моддий ёрдам берди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:33 0:00

Marhum oilasiga yordam

14 noyabr kuni prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining bir guruh xodimlari marhum jurnalist Davlat Nazar oilasi yashayotgan uyga borib, moddiy yordam berdi.

Hozircha moddiy yordam qanchaligi Ozodlikka ma’lum emas. Agentlik saytida ham moddiy ko‘mak miqdori ochiqlanmagan.

Voqea joyida bo‘lgan Ozodlik mobil muxbiriga ko‘ra, agentlik matbuot xizmati rahbari Hikmatilla Ubaydullayev boshchiligidagi guruh marhum farzandlari uchun o‘quv qurollari, darsliklar, badiiy adabiyotlar ham olib borgan:

“Bugun agentlik vakillari kelib, Davlat Nazar oilasiga sovg‘a-salom berdi. Marhumning ruhiga Qur’on tilovat qilishdi”.

Davlat Nazarning rafiqasi Leninza Ro‘zmetovaning Ozodlikka aytishicha, u uch nafar farzandi bilan qaynag‘asining uyida yashamoqda:

- O‘zim ishsizman. Qaynag‘am qamoqda. Xotini Rossiyada. Biz bolalarim bilan ularning uyida yashayapmiz. Uysizmiz. Erim bolalarimni o‘qitaman deb, oyligi kamligi uchun mol-dunyo qilolmadi.

AOKA vakillari Davlat Nazar ruhiga Qur’on tilovat qildi
AOKA vakillari Davlat Nazar ruhiga Qur’on tilovat qildi

Jurnalist o‘limini siyosiylashtirmaslik talabi

AOKA tashabussi bilan tashkil qilingani aytilgan 12 noyabr kungi matbuot anjumanida jurnalist o‘limiga siyosiy tus bermaslik, bu “baxtsiz hodisa” ekani ta’kidlandi.

Davlat Nazar o‘limiga doir matbuot anjumanidan olingan surat.
Davlat Nazar o‘limiga doir matbuot anjumanidan olingan surat.


- Bu yo‘l-transport hodisasi deb talqin qilindi va aftidan ushbu matbuot anjumani shu talqinni jamoatchilikka berish uchun uyushtirildi, dedi anjumanda ishtirok etgan mustaqil jurnalist Abdurahmon Tashanov.

Tadbirda Davlat Nazarning jiyani Furqat Ro‘zmetov jurnalistning qarindoshlari “avtohalokat maxsus uyushtirilmagan” deb hisoblashini ta’kidlagan:

- Davlatnazar akaning jiyani ommaviy axborot vositalaridan har xil siyosiy bo‘yoqlar bermaslikni so‘rab, hukumat maxsus uyushtirmadimi degan savollarga javob berdi. U matbuot xodimlaridan iltimos qildi: “Maxsus uyushtirilmagan deb hisoblaymiz. Iltimos shuning uchun bu gaplarni to‘xtatinglar. Bunaqangi narsa bo‘lishi mumkin emas”, deb maxsus bayonot berdi.

ИИВ журналист Давлат Назар ўлимига сиёсий тус бермасликни сўради
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:26 0:00

Hibs va qamoqlar

Davlat Nazar taxallusi bilan ijod qilgan qo‘shko‘pirlik 48 yashar Davlatnazar Ro‘zmetov oldin “Yoshlar ovozi” gazetasining Xorazm viloyati bo‘yicha muxbiri bo‘lgan.

Keyinchalik u “Xorazm yoshlari” gazetasida faoliyat yuritdi.

So‘nggi paytda u "Jamiyat" ijtimoiy-siyosiy gazetasi​ muxbiri sifatida faoliyat yuritgan.

U o‘zining Feysbukdagi sahifasida O‘zbekistonda bo‘layotgan voqealarga faol fikr bildirishi bilan ham mashhur edi.

Davlat Nazar O‘zbekiston haëtida muxim bo‘lgan voqea ya’ni Urganch shahar Ashxobod ko‘chasidagi uyi buzilganlar namoyishi haqida Ozodlikka ma’lumotlarni yetkazgani ortidan muammolarga duch kelgani ma’lum.

O‘limidan oldin u bloger Shabnam Olloshukurovaning ruhiy dispanserga joylashtirilgani haqidagi ma’lumotlarni tarqatgani ortidan tazyiqqa uchragani haqida Ozodlikka aytgandi:

"Hozirgina AQSh elchixonasi siyosiy masalalar bo‘yicha birinchi kotibi Reychel Vulf xonim bilan uchrashdik. Uchrashuv jarayonida diplomat xonim bilan O‘zbekistonda so‘z erkinligi, demokratik jarayonning rivojlanishi, inson huquqlari hamda jurnalist va blogerlarga ayrim organ va tashkilotlar tomonidan bo‘layotgan bosimlar, ta’qiblar xususida, jumladan, o‘zimga bo‘layotgan ta’qiblar hamda majburiy tarzda ruhiy kasalliklar shifoxonasida saqlanayotgan Nafosat Ollashukurova xususida suhbatlashdik", deya xabar yo‘llagandi Davlat Nazar o‘limidan bir necha kun avval.

Davlat Nazar tanqidiy maqolalari va muxolif qarashlari sabab keyingi ikki yil ichida bir necha bor qamoqqa tashlandi.

Joriy yilning 5 oktabr kuni paxtada majburiy mehnat masalasini yoritib kelgan Davlat Nazar hibsga olinib, Urganch militsiya bo‘linmasida besh soat ushlab turilgach qo‘yib yuborildi.​

O‘tgan yilning 29 oktabr kuni "Xorazm yoshlari" gazetasi muharririning o‘rinbosari sifatida ishlayotgan paytida Davlat Nazar paxtaga oid yig‘ilishni yoritmoqchi bo‘lgani uchun hibsga olindi.

Qo‘shko‘pir tuman hokimligining paxta bo‘yicha yig‘ilishini videotasvirga olayotgan paytda olib ketilgan Davlat Nazarni sud mayda bezorilikda ayblab, 7 sutkaga qamadi.

O‘sha paytda jurnalist Davlat Nazar militsiya xodimlari uni kaltaklab, majburan iqrornoma yozdirib olishgani haqida gapirgandi.

Хоразмлик журналист: Милиция ходимлари мени калтаклаб, мажбуран иқрорнома ёздиришди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:52 0:00

XS
SM
MD
LG