Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:31

Voronejda ustiga 13- qavatning devori qulagan ikki o‘zbek muhojiri halok bo‘ldi


13- qavatdan o‘pirilgan devor yerda ishlayotgan o‘zbek ishchilari ustiga tushgan.
13- qavatdan o‘pirilgan devor yerda ishlayotgan o‘zbek ishchilari ustiga tushgan.

Voronejdagi qurilishda ishlagan ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Ularning o‘limi yuzasidan tekshiruv mahalliy prokuratura va Tergov qo‘mitasi nazoratiga olindi.

Jasadlar O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Toshkentga yuboriladi.

Rossiyaning Voronej shahridagi qurilishlardan birida 19 noyabr kuni O‘zbekistonning ikki fuqarosi halok bo‘lgani yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasining Voronej viloyati bo‘yicha bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 3-qismi (Ehtiyotsizlik tufayli o‘limga olib kelish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tergov olib borilmoqda.

Ozodlikning tergovchilardan olgan ma’lumotiga ko‘ra, ertalab soat 11 larda Voronej shahrining Shishkov ko‘chasida qurilayotgan ob’ektning 13 qavatidan silikat g‘ishtdan qurilgan devor o‘pirilib, pastda ishlayotgan ikki o‘zbekistonlik ustiga tushgan.

- Olingan jarohatlar tufayli jabrlanuvchilar hodisa joyida jon bergan. Tergov qo‘mitasi xodimlari hodisa joyini ko‘zdan kechirib, sud ekspertizasi tayinladi, guvohlardan ko‘rsatma oldi, zaruriy hujjatlarni musodara qildi. Tergovchilar mazkur jinoyatga olib kelgan hatti-harakatlar sabablarini o‘rganmoqda, dedi Voronej shahri Markaziy tumani bo‘yicha tergov bo‘limi boshlig‘i Valeriy Smolyaninov.

Hodisa joyida tergov ishlari olib borilmoqda (Voronej viloyati Tergov Qo‘mitasi fotosi)
Hodisa joyida tergov ishlari olib borilmoqda (Voronej viloyati Tergov Qo‘mitasi fotosi)

Shuningdek, tergov ishlari borishi Voronej shahrining Markaziy tumani prokurori shaxsiy nazoratida ekani aytildi.

Hozirda “Partnyor” MChJ qurayotgan bu ob’ektda ishlar vaqtinchalik to‘xtatildi va tekshiruv davom etmoqda.

Prokuratura olib borilayotgan ishlar qurilish tartiblari va qoidalariga qanchalik mosligini, ob’ektdagi sharoitlarni tekshiruvdan o‘tkazayotgani ma’lum.

O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi 19 noyabr kuni Voronej shahrida qurilayotgan ob’ektda halok bo‘lgan 26 va 29 yoshdagi O‘zbekiston grajdanlari M. R. va S. K. ekanini tasdiqladi.

"Elchixona O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonasi bilan birgalikda hamyurtlar jasadlarini vatanga jo‘natish uchun konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal etishda yordam bermoqda", deyiladi xabarda.

XS
SM
MD
LG