Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 11:31

Sirdaryoda haydovchilar metan gazi taqchilligidan norozi bo‘lib avtoyo‘lni to‘sib qo‘ydi (VIDEO)


Ҳайдовчилар метан гази тақчиллигидан норози бўлиб автойўлни тўсиб қўйди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:29 0:00

Haydovchilar metan gazi taqchilligidan norozi bo‘lib avtoyo‘lni to‘sib qo‘ydi

27 noyabr kuni Sirdaryo viloyat, Sirdaryo tuman markazidagi Ohunboboev mahallasi hududida 50 dan ziyod haydovchi AYoQShlarda metan gazi yo‘qligidan norozilik bildirib, Guliston-Toshkent yo‘lini to‘sib qo‘ydi.

Voqea guvohlarining Ozodlikka aytishicha, yo‘l mahalliy vaqt bilan ertalab 9 dan 11gacha to‘silgan.

Oqibatda yo‘lning ikki tomonidan bir necha kilometrga cho‘zilgan tirbandlik yuzaga kelgan.

Sirdaryo tuman hokimligi matbuot xizmati vakilining Ozodlikka aytishicha, hokimlik rasmiylari metan gazi ta’minotidagi muammoni hal qilib berishni va’da qilganlaridan so‘ng norozilar yo‘lni ochgan va tarqalgan.​

Ҳайдовчилар метан гази тақчиллигидан норози бўлиб автойўлни тўсиб қўйди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:29 0:00

Voqea guvohlari Ozodlikka jo‘natgan videoda, odamlar yo‘lni o‘rtasiga skameykalarni qo‘yib, norozilik bildirayotganini ko‘rish mumkin.

Ularning ayrimlari yarim tunda kelganliklarini aytishadi.

Norozilardan birining Ozodlikka aytishicha, 27 noyabr ertalab ​elliktacha mashina Ohunboboyev mahallasi yaqinidagi AYoQSh yonidan o‘tuvchi M34 yo‘lini yopib, mashina qatnovini ikki soatga to‘xtatib qo‘ygan:

- Metan gazi yo‘qligi haydovchilarni joniga tegib ketdi. Shunga kirakashlik qilib kun ko‘rayotgan haydovchilar va boshqalar kelishib, yo‘lni to‘sib qo‘ydi”.

Ushbu voqeani o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan boshqa bir sirdaryolik haydovchiga ko‘ra, norozilar Sirdaryo shahri hokimligi rasmiylari kelguncha yo‘lni ochishmagan:

“Hokimlikdan odamlar kelib, muammoni hal qilamiz deb va’da berganidan so‘ng, soat 11 larda yo‘lni ochishdi. Agar va’da bajarilmasa yana norozilik qilishlarini aytishdi”.

Sirdaryo tuman hokimligi matbuot xizmati rasmiylaridan biri, Ohunboboev tumanidagi AYoQShda metan gazi ta’minotidagi uzilish texnik sababga bog‘liqligi va shu muammo haydovchilar noroziligini keltirib chiqarganini aytdi:

- AYoQShda kompressori buzilib qolgan, shunga haydovchilar norozi bo‘lib yo‘lni to‘sishgan. Biz borib vaziyatni tushuntirganimizdan so‘ng tarqalishdi. Tushunmovchilik bo‘lgan. AYoQSh muammoni hal qilishni va’da qildi.

Voqea guvohlarining aytishicha, yo‘l to‘silishi oqibatida uning ikki tomonidan bir necha kilometrga cho‘zilgan tirbandlik yuzaga kelgan.

Hokimlik rasmiysiga ko‘ra, yo‘lda tirbandlik uzoq bo‘lmagan:

- Shu haqda xabar kelishi bilan biz u yerga yetib bordik, keyin tarqalishdi, yo‘l ochildi.

So‘nggi oylarda O‘zbekistonning deyarli barcha hududida avtomobillarga quyiladigan metan gazi taqchilligi muntazam kuzatilmoqda.

Sirdaryolik haydovchilar aksar AYoQShlarda metan gazi umuman tugab qolganini aytishdi. Ulardan biri bunday dedi:

- Bitta AYoQShdagi muammo emas bu. Hamma joyda yo‘q gaz. Benzin taqchilligidan metan gaziga o‘tgan edik. Endi metan ham yo‘q. Kunimiz eshshak aravaga qoladigan ko‘rinadi.

Haydovchilarning metan gazi taqchilligi haqidagi shikoyatlari yuzasidan Ozodlik mamlakatda gaz ta’minotiga mas’ul bo‘lgan "O‘ztransgaz" shirkatidan izoh ololmadi.

O‘zbekistonda odamlar norozilik bildirib yo‘lni to‘sishi bundan oldin Xorazmning Urganch shahrida ro‘y bergandi.

27 iyul kuni uyi bizilgan aholi vakillari kompensatsiya puli berilmaganiga norozilik bildirib Urganch-Xonqa yo‘lini to‘sgan edi.

Бош вазир Абдулла Арипов зудлик билан Урганчдаги намойишчилар билан учрашди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:42 0:00

Viloyat hokimi kelib, va’dalar berib tarqatishga uringan. Ammo odamlar tarqalmagan. Keyin o‘sha yrrdagi oqsoqollar, o‘rtaga tushib odamlarni tarqatishga erishgan edi.

Bir kun o‘tib prezident Shavkat Mirziyoevning topshirig‘i bilan Bosh vazir Abdulla Aripov voqea joyiga etib kelgan va odamlarga kompensatsiya pullari berilgandi.

XS
SM
MD
LG