Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 18:32

Tadbirkorning traktorini yondirib yuborgan hokimlik uning pulini to‘lashdan qochmoqda (VIDEO)


Shag‘al yuklagichning yonib ketganidan keyingi holati
Shag‘al yuklagichning yonib ketganidan keyingi holati

Farg‘ona viloyat, Beshariq tumanidagi “Premier class leasing” MChJga qarashli 735 million so‘mlik traktor tuman hokimligi olib ishlatayotgan payti yonib ketdi.

Voqea guvohlarining aytishlaricha, traktor kovushi shag‘al olayotgan paytda yer ostidagi gaz trubasini qo‘porib yuborgan va portlash sodir bo‘lgan.

Yuklagich va shag‘al ortilayotgan ZIL yuk mashinasi yonib kul bo‘lgan.

Tadbirkor Baxtiyor Sultonovning aytishicha, hokimlik undan hokimlikni sudga berishini va sud chiqargan ajrimni olib kelishni talab qilmoqda.

Beshariq tumani hokimligi bu masala muhokama qilinayotganini Ozodlikka aytdi.

Yuklagichni tadbirkor 735.447 ming so‘mga lizingga sotib olgan edi.
Yuklagichni tadbirkor 735.447 ming so‘mga lizingga sotib olgan edi.

Beshariq tumanidagi “Premier class leasing” MChJ rahbari Baxtiyor Sultonovning aytishicha, tuman hokimligi undan vaqtincha ishlatishga so‘rab olgan yuklagich traktori texnika xavfsizligiga rioya qilmaslik oqibatida yonib ketgan:

Men yuklagichni hali shopiri yo‘q, desam o‘zimiz shopir topamiz, dedi.

- Beshariq hokimi qaror chiqarishda hashar-pashar bo‘lsa, traktoringni berib turasan degan edi. Xo‘p, degandik. 2 dekabr kuni zamhokim Avaz Abdurahmonov keldida, traktoringni berib, mahallaga shag‘al yuklash kerak, dedi. Men yuklagichni hali shopiri yo‘q, desam o‘zimiz shopir topamiz, dedi. Xo‘p deb, berdim. 2 dekabr kuni ishlatdi, 3 dekabr kuni yo‘l bo‘yida moshinlarga shag‘al yuklay turib, katta magistralning gaz trubasini kovushining tishi bilan yorib yuboribdi. Portlash bo‘lgan, shopir 60 foiz kuyish olgan, mening yuklagichim ham, shag‘al ortilayotgan ZIL ham kuyib kul bo‘lgan.

Yuklagichning texpasporti.
Yuklagichning texpasporti.

Baxtiyor Sultonovning aytishicha, avvaliga yuklagichni pulini to‘laymiz deb turgan tuman hokimligi, endi qog‘ozbozlikka o‘tgan:

Yangi yuklagichni lizingga Toshkentdan 735 million so‘mga sotib olgandik.

- Beshariqda o‘n gektar shag‘al karyer olganman. O‘sha yerga drobilka qurdim. Bir haftadan keyin ishga tushadi. O‘shanga 2019 yil may oyida yangi yuklagichni lizingga Toshkentdan 735 million so‘mga sotib olgandik. 300 millionini to‘laganmiz. Qolganini 2022 yilgacha har oy 10-20 million so‘mgacha to‘lab borishimiz kerak. O‘sha kuni hokimlikka borsam, to‘lab beramiz, deyishdi. Keyin esa, menga to‘lab bersin degan qog‘oz olib kelib ber deyapti. Qanaqa qog‘oz desam, sudning qarorini deydi. Ie, mendan yangi yuklagichini hech qanday qog‘ozsiz oldingizku, mana lizing shartnomam bor, traktorning pasporti bor, desam yo‘q deyapti.

Yuklagichning lizing to‘lovi.
Yuklagichning lizing to‘lovi.

Tadbirkorga ko‘ra, hokimlik mulozimlari endi u bilan uchrashishdan qochib yuribdi:

Xo‘p-xo‘p, deydi, to‘lab ham bermaydi.

- U yuklagich bo‘lmasa, biz zavodni ham yurgiza olmaymiz. Har oy yana lizingga pul to‘lashimiz kerak. Xo‘p-xo‘p, deydi, to‘lab ham bermaydi, qochib yuribdi. Hodisani prokuratura tergov qilyapti, uni natijasini uch oy kutasiz. Keyin sudga chiqadi, xullas bir yil vaqt o‘tadi. Ungacha men ishim to‘xtab, ishlamagan yuklagichga lizing to‘lab o‘tiramanmi endi? U yoqda Toshkentdagi firma lizing to‘lovini talab qilmoqda. Bu yoqda ish boshlashim ortga surilmoqda. Men uchun har bir kun g‘animat! Mutasaddilardan mashinamni undirib berishlarini so‘rayman”.

Beshariq tuman hokimining o‘rinbosari Avaz Abdurahmonov, tadbirkorning yuklagich mashinasi haqiqatan ham vaqtincha so‘rab olinganini tasdiqladi:

- To‘g‘ri, to‘g‘ri, bizga yordam qilgan, buni inkor qilmaymiz. Hokim, to‘lash uchun bir asos bo‘lsin, bizni sudga bersin, sud to‘lasin degan qaror chiqarsin, to‘lab beramiz. deyapti. To‘lov endi asossiz bo‘lmaydiku.

Unda tadbirkorning ishi nima bo‘ladi, yuklagichning lizing to‘lovini kim to‘laydi, o‘zlaringni ayblaring bilan bo‘lgan hodisani ekspert va mutaxassislar ishtirokida akt qilib, masalani tezda hal qilsalaring bo‘lmaydimi, degan Ozodlik savoliga Avaz Abdurahmonov:

- Hokim bilan bu masalani o‘n minut oldin gaplashgan edik. Viloyatga ham yetkazdik. Kechga yana maslahatlashamiz deb kelishdik. Hokimiyat to‘lab beradi endi, hasharga yordam bergan edi, bu yigit.

XS
SM
MD
LG