Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 14:21

OzodTa'sir: "O‘zpaxtasanoat" andijonlik fermerlarga hosil pulini bera boshladi


Andijon viloyat, Paxtaobod tumani fermerlarining bankdagi hisob raqamlariga 15 yanvar kuni paxta puli tusha boshladi.

Bu haqda Ozodlikka xabar bergan fermerlarning aytishlaricha, "Andijon-1 paxta tozalash" korxonasining buxgalteri, "O‘zpaxtasanoat"dan pul tushgani va fermerlar hisobiga o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan.

Ozodlik 14 yanvar kuni Andijon viloyati fermerlari davlatga sotgan paxta pulini “O‘zpaxtasanoat” korxonalaridan ololmayotgani, "O‘zpaxtasanoat" AJ boshqaruvi raisi bu muammo uch-to‘rt kuni orasida hal qilinishini aytgani haqida xabar bergan edi.

15 yanvar kuni Ozodlik bilan bog‘langan paxtaobodlik fermerlardan biri, uning bankdagi hisobiga paxta puli 100 foiz tushgani haqida xabar qildi:

"Tushdi, hammasi oxirgi so‘migacha tushdi. Paxta tozalash zavodi mulozimining aytishicha, 15 yanvar kuni korxonaga 7 milliard so‘m pul tushgan. Qolgan pul ham bugun erta tushar ekan. Fermerlarning hisob raqamlariga o‘tkazib berilmoqda. Og‘zimiz oshga yetdi deb, hamma xursand".

Ismi sir qolishini so‘ragan boshqa fermer ham uning bankdagi hisobiga 50 million paxta puli tushganini aytdi:

"Eshitishimcha, Toshkentdan, "O‘zpaxtasanoat"dan viloyatga komissiya kelibdi. Pul o‘tkazilibdi va fermerlar o‘z haqqini olmoqda. Endi, xursand bo‘lib, yangi hosil uchun tayyorgarlik ko‘ramiz. Bo‘sh qop tik turmaydi-da".

Ozodlikka 14 yanvar kuni gapirgan fermerlardan biri bu haqda shunday degan edi:

“Odatda, har yili paxta terimi tugashi bilan, pul tushish boshlanib, 20 dekabrlargacha butunlay raschet qilishardi. Bu yil paxta planini oktabrdayoq bajarib bo‘lgan edik. Lekin, yangi yil birinchi oyining yarmi o‘tib ketyapti hamki, puldan darak yo‘q. Necha marta zavodga borib so‘rasak, tushsa beramiz, deydi xolos. Biror tashkilotdan bir so‘m ham qarzim qolmagan, sof foydam qariyb 80 million so‘m bo‘lgan. Qo‘limizga tushadigani shu. Bir tomonda klasterga o‘tgan tashkilotlar dod deydi, bir tomonda davlatga paxta sotgan bizlar dod deyapmiz”.

Ozodlik suhbatlashgan “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvchi raisi Alisher Maqsudov Ozodlik bilan suhbatda fermerlar bilan uch-to‘rt kun ichida to‘la hisob-qilinishini aytgan edi:

- Bu oyning oxirigacha yopib yuboramiz. Hozir fonddan pulni kutyapmiz. Chunki bu ozgina 10-15 kunga to‘xtab qoldi-da. Fondga pul tushishi masalasi og‘ir bo‘lib qoldi. Uch-to‘rt yil oldin may-iyunga borib yopilardi, faqat o‘tgan yili 31 dekabrga yopildi. O‘zi arzimagan pul qolgan. Lekin, fermerlarga 2019 yil hosil puli berish respublika bo‘yicha 90 foizga yopilgan. Uch-to‘rt kun ichida hammasini yopamiz.

Ozodlik O‘zbekistonda klaster tizimida ishlayotgan fermerlar ham paxta pulini ololmayotgani haqida bir necha xabar bergan.

Jumladan, Andijonning Ulug‘nor tumanidagi "Vodiy sanoat faxri" MChJ ​klaster korxonasiga paxta sotgan o‘nlab fermer xo‘jaligi 2019 yilgi hosil pulini ololmay sarson bo‘lmoqda.

Samarqandning Oqdaryo tumanidagi klaster korxonasi fermerlarning 7 mlrd so‘m paxta pulini to‘lamayapti.

Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida esa qariyb 300 nafar fermer “AVS Oqqo‘rg‘on Agroklaster” bilan shartnoma imzolaganiga ikki yildan oshganiga qaramay ular klasterga topshirgan hosil pulini olmagan:

XS
SM
MD
LG