Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 22:27

Mulozimlar: Vazirliklar Prezidentni YOIIga a’zo bo‘lish zararidan ogohlantirdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrovni qabul qilish oldidan O‘zbekistondagi barcha vazirliklar tayyorlagan hisobotlar bilan tanishib chiqqan, dedi Ozodlikka O‘zbekistondagi yirik vazirliklardan birining mulozimi 16 yanvarda.

Hisobotni tayyorlashda bevosita ishtirok etgan mulozimning ismini aytmaslik sharti bilan Ozodlikka bildirishicha¸ prezidentga taqdim qilingan hujjatda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YOII) kirish istiqbollari va oqibatlari haqida yozilgan.

Bundan tashqari Ozodlikda YOIIga kirish borasida o‘zaro hamkorlik qadamlari uzil- kesil ma’qullangani aks etgan Rossiya -O‘zbekiston ishchi guruhining uchinchi majlisi protokoli nusxasi bor.

Xizmat doirasida foydalanish uchun degan grifli bu hujjatlardan biri salbiy oqibatlardan ogoh qilsa, yana biri YOIIga kirish masalasida siyosiy qaror qabul qilinganini anglatadi.

Ozodlik bilan suhbatlashgan yuqori martabali mulozimning aytishicha¸ prezidentga taqdim qilingan hisobotlardan birida mamlakat YOIIga kirgan taqdirda milliardlab dollarlik iqtisodiy zarar ko‘rishi fakt¸ raqam va diagrammalar bilan ko‘rsatib berilgan:

“Biz hisoblab chiqdik. Xomaki va kamaytirilgan hisob-kitobimizga ko‘ra, vazirligimiz yiliga yuzlab million dollar zarar ko‘radi. Ayni holat bunday hisobotlarni tayyorlagan boshqa vazirliklarga ham xos. Ammo oliy rahbariyat siyosiy qaror qabul qilib bo‘lgan. O‘zbekiston YOIIga a’zo bo'ladi. Bu O‘zbekiston mustaqilligini tom ma’noda xavf ostiga qo‘yadigan vaqt bombasiga o‘xshaydi“.

Raqamlarda aks etgan oqibat

Mulozim o‘zi tayyorlashda ishtirok etgan hisobot nusxasini nashr qilmaslik sharti bilan Ozodlik muxbiriga ko‘rsatdi.

Rus tilida yozilgan bu hujjatda O‘zbekiston YOIIga kirgan taqdirda olti kategoriya bo‘yicha Rossiyaga qaram bo‘lishi hisob-kitob va raqamlar bilan keltirilgan.

Hujjatga ko‘ra¸ O‘zbekiston ittifoqqa a’zo bo‘lsa transport¸ tranzit ¸ishlab chiqarish¸ yoqilgi¸ iqtisodiy va siyosiy erkinliklardan mahrum bo‘lib Rossiyaga to‘liq qaram xoliga keladi.

Ozodlikka gapirgan boshqa bir mulozim - O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida ishlovchi va matbuotga gapirish vakolati bo‘lmagani uchun ismi sir qolishini istagan mulozimning Ozodlikka aytishicha¸ bunday hisobotlar yettita yo‘nalishga aloqador vazirliklar tomonidan tayyorlangan. Bular bojxona-tarif, byudjet, soliq¸ standartlash¸ qishloq xo‘jaligi¸ mehnat migratsiyasi¸ energetika va transport sohalarini o‘z ichiga oladi.

Bu xisobotlardan birini tayyorlagan mulozimning aytishicha, hisobot topshirish muddatlari aniq belgilab berilgan:

- 2019 yilning 16 dekabrida YAESga kirish istiqbollari va oqibatlari haqida har bir soha bo'yicha hisobot tayyorlash buyurilgan.

Mulozimga ko‘ra¸ aksar vazirliklar Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lgani ortidan yuzaga keladigan salbiy oqibatlar haqida yozgan

Ozodlik nashr qilmayotgan, ammo tanishib chiqqan hujjatlardan birida tibbiyot sohasi ko‘radigan zarar ko‘lami aks etgan.

Hujjatdan anglashilishicha, ittifoqqa a’zo davlat Rossiya va Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan dori-darmon va tibbiy uskunalarni qimmat narxda sotib olishga majbur bo‘ladi.

Chunki YOII Shartnomasining 30- va 31- moddalari Ittifoq hududiga uchinchi mamlakatlardan (ya’ni Ittifoqqa a’zo bo‘lmagan mamlakatlardan) dori-darmon import qilish uchun YOII Iqtisodiy komissiyasidan litsenziya va sertifikat olishini talab qiladi.

Ozodlik suhbatlashgan mulozimga ko‘ra¸ ittifoqqa a’zo bo‘linsa Ukraina¸ Isroil yoki Germaniyadan dori olib kelishi to‘xtatiladi:

- Oddiy bintni Ukrainadan arzonga olish imkoni bo‘lsa ham, bu bint Rossiyadan qimmat narxga olinadi.

Mulozimga ko‘ra¸ bu holatda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi millionlab dollar zarar ko‘radi.

Ozodlik tanishgan hujjatlarda keltirilgan dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra¸ O‘zbekistondagi o‘rta va katta biznes YOII ga a’zo bo‘lingan taqdirda katta zarar ko‘radi.

«Mamlakatga Rossiya va Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan qandolat va maishiy texnika vositalari olib kirilishi oqibatida respublikada bu mahsulotlarni ishlab chiqaradigan shirkatlar sinish ehtimoli juda katta» deyiladi hujjatda.

YOIIning yagona tarif siyosati oqibatida O‘zbekiston temir yo‘l sohasida yiliga 130 million AQSh dollar miqdorida zarar ko‘rishi hujjatlarda yozilgan.

Shuningdek, «O‘zbekiston temir yullari» o‘ziga tegishli har bir sostav uchun YOIIdan muvofiqlik sertifikati olish uchun 70000-10000 AQSh dollari to‘lashi lozim bo‘ladi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari"da YOII talabiga ko‘ra o‘rnatilishi shart bo‘lgan 467 komplekt muvozanatlovchi qurilma o‘rnatish eng kamida 258 mlrd. so‘mga tushishi hujjatda aks etgan.

Ozodlik tanishgan hujjatlarda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni, qurilayotgan yo‘llarni va boshqa kommunikatsiyalarni sertifikatsiyalash huquqi faqat YOIIga oid bo‘lishi aytiladi.

Ozodlik suhbatlashgan har ikkala mulozim YOIIga a’zo bo‘lish G‘arbning Rossiyaga qarshi qo‘llayotgan iqtisodiy jazo choralarini O‘zbekiston ham teng taqsimda o‘z zimmasiga olishi borasida prezident ogohlantirilganini ta’kidladi.

O‘zbekistonning YOIIga a’zo bo‘lish masalalari ko‘rilgan so‘zlashuvdan xabardor uchinchi mulozim Ozodlik tanishgan hujjatlar mavjudligini tasdiqladi.

Logistika va tranzit sohalari bo‘yicha ish olib boradigan bu mulozim YOIIga a’zo bo‘lish siyosiy jihatdan O‘zbekistonga umuman kerak emasligi va iqtisodiy jihatdan noteng sheriklik ekanini aytdi::

- Umuman yerga kirib ketamiz. Birinchidan O‘zbekiston avtosanoati o‘ladi. O‘zbekistonning mashinasi bo‘lmaydi. Temir yo‘lda yuk va yo‘lovchi tashish tariflari tushib ketib, bu sohaning vayron bo‘lishiga sabab bo‘ladi. "O‘zbekiston temir yo‘llari" oyoq tirab qarshi turibdi. Ular eski tariflarda ishlab jahon banklaridan olingan kreditlarni yopish uchun 8 yil muhlat so‘rashdi. Rossiya tarafi bunga rozi emas. Transport logistika sohasini bilgan va umuman iqtisod past-balandidan habardor odam sifatida bu ittifoq umuman O‘zbekistonga kerak emas deb aytaman.

Mulozimning aytishicha¸ prezidentga taqdim qilingan hisob-kitoblar “YOIIga kirish bilan bog‘liq harajatlarni undirish” uchun tayyorlangan.

Masala hal bo‘lganmi?

Iqtisodchi Behzod Hoshimov 2019 yilning dekabrida Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin O‘zbekiston 2020 yilda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishini ma’lum qilgani haqida o‘z Telegram-kanalida yozgan edi.

"Bugun Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin, Oliy iqtisodiyot maktabi (NIU VShE) talabalari bilan bo‘lgan uchrashuvda O‘zbekiston Yevroosiyo ittifoqiga 2020 yili kirishini tasdiqladi. Boshqa juda ishonchli manbalarga ko‘ra, O‘zbekiston Yevroosiyo ittifoqiga kirishi 2020 yilning kuzida, Toshkentdagi MDH davlatlari sammitida e’lon qilinar ekan», deb yozgan edi Behzod Hoshimov o‘z kanalida.

Iqtisodchi bergan bu xabar hozircha biror rasmiy manba tomonidan tasdiqlangani yo‘q.

2019 yilning oktabri boshida Oliy Majlis Senati raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev rasmiy Toshkent YOIIga qo‘shilish ehtimolini ko‘rib chiqayotgani, yakuniy qarorga hali kelinmaganini aytgandi.

2019 yilning oktabri boshida O‘zbekistonda bo‘lgan Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonning YOIIga qo‘shilishi "mavzusiga bir necha marotaba qaytganliklari"ni aytgan edi.

O‘shanda Rossiyadagi ayrim xabar agentliklari Matviyenkoning "Mirziyoyev qaror qabul qildi, O‘zbekiston hukumati YOII qo‘shilish masalasini ishlab chiqmoqda", degan so‘zlarini keltirgandi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG