Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 14:32

Fermer: Oltiariq tumani hokimi ma’muriy sudning qarorini bajarmayapti


Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi “Hasan-Husan-Nurli zamin” fermer xo‘jaligi ish boshqaruvchisi Husanboy Oripovning Ozodlikka arz qilishicha, tuman ma’muriy sudi uning yeri noqonuniy zaxiraga chiqarilgani haqidagi tuman hokimining qarorini bekor qilgan bo‘lsa-da, lekin tuman hokimi uni ijro qilmayapti:

“2016 yilda Oltiariq tumani sobiq hokimi A.Bo‘tayevning yerni davlat zaxirasiga olish haqidagi qarori bilan ekin maydonimizning qariyb 35 gektari olib qo‘yilib, “Asronqul obod kelajagi” fermer xo‘jaligiga qo‘shib berilgan edi. Biz uch yil davomida qarorning noqonuniy ekanligi haqida turli tashkilotlarga murojaat qildik.Va nihoyat o‘tgan yilning 5 dekabrida Rishton tuman ma’muriy sudi hokim qarorini haqiqiy emas deb topdi. Endi qarang qanaqa o‘yin qilishyapti. 5 dekabrda sud qaror chiqardi, 8 dekabrda “Asronqul obod kelajagi” yerimni zaxiraga topshirdim deb ariza yozyapti. Hokimlik esa yerni bizga qaytarish o‘rniga, “Grape Garden Altiarik” kichik korxonasiga uzumchilik uchun berib yuboryapti. Hokim sudning qarorini nazar-pisand qilmayapti”

Олтиариқ тумани ҳокими маъмурий суднинг қарорини бажармаяпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:47 0:00
Бевосита линк


Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG