Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 02:37

Xitoyda tarqalgan virusning odamdan odamga yuqishi mumkinligi tasdiqlandi


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Xitoyning Uxan shahrida koronavirusning avval ma’lum bo‘lmagan turi tarqalishda davom etmoqda. Keyingi kunlarda kasallikka chalinganlar soni uch barobarga oshib, infeksiya mamlakatning boshqa shaharlariga ham tarqaldi.

Bu orada Xitoy rasmiylari virus odamdan odamga yuqayotganini tasdiqlashdi.

Dushanba kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 22 yanvar kuni ushbu virusni muhokama qilish uchun favqulodda yig‘in o‘tkazilishini e’lon qildi.

Xitoyda noma’lum pnevmoniya epidemiyasi tarqala boshlaganiga oid xabar dastlab o‘tgan yil dekabrida paydo bo‘lgan. 20 yanvargacha bo‘lgan holatga ko‘ra, mazkur virusdan 6 kishi nobud bo‘lgan, 227 kishi shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Olimlar taxminlariga ko‘ra, virus Uxandagi mol bozoridan boshlangan. Epidemiyaga koronavirusning avval kuzatilmagan turi sababchi ekanligi aniqlandi.

2003 yilda koranavirusning boshqa bir turi og‘ir o‘tkir respirator sindromi epidemiyasini keltirib chiqargan edi. O‘shanda ham virus hayvonlardan odamlarga yuqqan. 2002-2003 yillarda sindrom 37 davlatda 8 ming kishiga yuqqan, 774 nafar kishining yostig‘ini quritgan.

Koronavirusning turli xillari odamlar va hayvonlar ichida tarqalgan bo‘lib, ayrimlari yengil, ayrimlari og‘ir kasalliklarga olib keladi.

Uxan rasmiylari 1 yanvar kuni virus kelib chiqqani aytilayotgan mol bozorini yopib, dezinfeksiya qila boshlagan edi.

Boshida virus odamdan odamga yuqmasligi aytildi. Ammo keyingi kunlarda virus 14 nafar tibbiyot xodimi hamda kasallik tarqalgan bozorga aloqasi bo‘lmagan shaxslarga yuqishi ortidan virus insondan insonga o‘tayotgani tasdiqlandi.

Og‘ir o‘tkir respirator sindromi bo‘yicha mutaxassis Jong Nanshan 14 nafar tibbiyot xodimiga virus bitta bemordan yuqqanini aytdi.

Tailand, Janubiy Koreya va Yaponiyada mazkur virusni yuqtirish holatlari qayd etilgani xabar qilinmoqda.

Xitoyning o‘zida esa virus Uxan shahridan tashqari Pekin, Shanxay va Shenjenga tarqaldi.

Honkong va boshqa shaharlarda sayyohlarni nazorat qilish kuchaytirildi. Virus tarqalishi ortidan O‘zbekistonda ham chegara nazorati kuchaytirilgani xabar qilindi.

Virus yuqqan kishilarda isitma, yo‘tal, tomoq bo‘g‘ilishi va nafas olishning mushkullashishi kabi asoratlar kuzatiladi.

XS
SM
MD
LG