Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 20:23

Toshkentning Rossiya yetovidagi ittifoqqa kirish rejasini tanqid qilgan faol O‘zbekistonga kiritilmadi


Jurnalist Bahrom Rahmon
Jurnalist Bahrom Rahmon

24 yanvar kuni qirg‘izistonlik bloger va ijtimoiy faol Bahrom Rahmon O‘zbekistonga kiritilmadi.

O‘sh va Andijon o‘rtasidagi “Do‘stlik” chegara punktidan o‘zbek chegarachilari tomonidan ortga qaytarilgan Bahrom Rahmon Ozodlikka O‘zbekiston tomoni o‘ziga na biror hujjat, na kiritilmagani sabablari borasida tushuntirish berganini aytdi.

- Hech bir sababsiz kiritilmadim. O‘sh va Andijon chegarasidagi “Do‘stlik” chegara punktidan. Hech qanaqa qog‘oz ham bermadi. “Sizga kirish mumkin emas ekan!” dedi, xolos. Men Toshkentga Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga O‘zbekistonning qo‘shilishi masalasida jurnalistik tadqiqot o‘tkazish uchun bormoqchi edik. Meni intervyuga chaqirishgan edi. Shu sabab bilan O‘zbekistonga kirmoqchi bo‘luvdim, dedi Bahrom Rahmon.

Bloger Xitoydagi uyg‘urlar ahvoli va Markaziy Osiyo hukumatlarining unga munosabati haqida bildirgan tanqidiy fikrlari O‘zbekiston xavfsizlik idoralariga yoqmaganini taxmin qiladi.

- Men o‘zim O‘zbekiston siyosatiga biror qarshi fikr bildirmaganman hech qachon. O‘zbekistonni esa ikkinchi vatanim deb bilaman, dedi o‘zbek chegarachilari harakatlaridan taajjubda ekanini aytgan Bahrom Rahmon.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ u O‘zbekistonga kiritilmagan sabablarini tushuntirish so‘rovi bilan O‘zbekiston Tashqi Ishlar vazirligiga maxsus murojaat qilmoqchi.

Bahrom Rahmon 2018 yil dekabrida Moskvadagi Xitoy elchixonasi oldida Shinjon-Uyg‘ur muxtoriyati mahalliy aholiga nisbatan qilinayotgan zo‘ravonliklarni to‘xtatish talabi bilan yakka piketlar o‘tkazgan edi. Ko‘p o‘tmay u mazkur tadbir yuzasidan O‘sh shahar Ichki ishlar boshqarmasida so‘roqqa tutilgan edi.

25 fevral kuni Moskvadan O‘shga borgan Bahrom Rahmondan ichki ishlar xodimlari Qirg‘izistonda aksilxitoy mitinglar uyushtirmaslik va norozilik namoyishi to‘g‘risidagi Feysbukdagi yozuvlarni o‘chirib tashlashni talab qilgani to‘g‘risida Ozodlik xabar bergan edi.

Bahrom Rahmon Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelgandan so‘ng O‘zbekistonga kiritilmagan birinchi mustaqil bloger va jurnalist emas.

2018 yil 1 mart kuni Bi-Bi-Si Markaziy Osiyo xizmati muharriri¸ taniqli yozuvchi Hamid Ismoil Toshkent aeroportidan ortga qaytarildi.

O‘zbekistonga vizasiz kiritiladigan Rossiya pasporti bilan borgan Hamid Ismoilning O‘zbekistonga kiritilmagani sabablari hozirgacha ochiqlanmadi.

Hamid Ismoil 2020 yil fevralidan Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining Markaziy Osiyo bo‘yicha bo‘yicha mintaqaviy direktori etib tayinlandi

2019 yil 4 iyun kuni Ozodlikning Moskvadagi muxbiri ham O‘zbekistonga qo‘yilmagan edi.

XS
SM
MD
LG