Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 07:21

Xo‘jaylida 134 ta fermer xo‘jaligiga 2019 yilgi hosil puli to‘lanmagan


So‘nggi bir oy ichida fermerlarga 2019 yil uchun paxta pulini bermayotgan paxta tozalash zavodlari va klaster korxonalari haqida Ozodlikka shikoyatlar oqimi ko‘paydi.​
So‘nggi bir oy ichida fermerlarga 2019 yil uchun paxta pulini bermayotgan paxta tozalash zavodlari va klaster korxonalari haqida Ozodlikka shikoyatlar oqimi ko‘paydi.​

Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida davlatga paxta sotgan 134 ta fermer xo‘jaligiga 2019 yilgi hosil puli to‘lanmagan.

Davlat bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq¸ paxta puli 2019 yilning 31 dekabr kunigacha fermer xo‘jaliklari bank hisobiga o‘tkazilishi lozim edi.

Ozodlik bilan suhbatda bo‘lgan xo‘jaylilik fermerlar pulni kechikishi sababli keyingi hosilga tayyorgarlik ishlarini boshlashga qiynalayotganliklarini aytishadi.

Xo‘jayli tumani hokimining qishloq xo‘jalik masalalari bo‘yicha muovini Oybek Kudaybergenovning Ozodlikka aytishicha, fermerlardan qarzdorlik 6 milliard so‘mdan ko‘proqni tashkil etadi.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi shu pulni tushirib bermagan.

Ozodlik pul nega kechikayotgani haqida Vazirlar Mahkamasidan izoh ololmadi.

Ismi sir qolishini so‘ragan xo‘jaylilik fermer qariyb 200 million so‘m hosil pulini ololmay, sarson bo‘layotganini aytdi:

“Tumandagi 134 xo‘jaligini birontasiga pul to‘lanmagan. Shartnomaga ko‘ra, zavod agar pulni kechiktirib bersa, har bir kuniga umumiy pulning 0,4 foizi miqdorida ustama(penya) to‘lashi kerak. Hozir yurist bilan maslahatlashib zavodni sudga berish masalasini ko‘ryapmiz”, - deydi fermer.

Xo‘jayli tumani hokimining qishloq xo‘jalik masalalari bo‘yicha muovini Oybek Kudaybergenovning Ozodlikka aytishicha, fermerlardan qarzdorlik 6 milliard so‘mdan ko‘proqni tashkil etadi.

- 6 milliard so‘mdan oshiq pulni fond tushirib bermayapti. Fermerlarga pul to‘lanmasa bu keyingi hosilga ta’sir qilishi mumkin. Chunki bular keyingi hosilga tayyorgarlik ishlarini boshlashlari uchun pul kerak. Hozir fond pulni tushirib berishi kutib turibmiz, - dedi Kudaybergenov.

So‘nggi bir oy ichida fermerlarga 2019 yil uchun paxta pulini bermayotgan paxta tozalash zavodlari va klaster korxonalari haqida Ozodlikka shikoyatlar oqimi ko‘paydi.​

23 yanvar kuni Sirdaryo viloyat, Oq oltin tumanida qariyb yuz nafar fermer avval tuman hokimligi, so‘ngra "Agrobank"ning tuman bo‘limi rahbariyatiga 2019 yil paxta pulini berishni talab qilib borgan edi.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik, Yozyovon, Andijonning Ulug‘nor, Samarqandning Oqdaryo, Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanlarida yuzlab fermer 2019 yilgi paxta hosili pulini olmagani haqida Ozodlik xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG