Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 07:33

Yangi Angren Issiqlik elektr stansiyasida yong‘in ro‘y berdi (VIDEO)


Ангрен Иссиқлик Электро Станциясида фавқулодда вазият
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:13 0:00

Toshkent viloyatining Nurobod shaharchasida joylashgan Yangi Angren Issiqlik elektr stansiyasida yong‘in ro‘y berdi.

Yong‘inga bevosita guvoh bo‘lgan mahalliy aholi vakillari yuborgan bu xabarni stansiya mulozimi tasdiqladi.

Guvohlar hikoyasiga ko‘ra¸ 30 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 14 lar atrofida mahalliy aholi elektr stansiyasidan quyuq tutun chiqayotganini ko‘rgan. Ko‘p o‘tmay¸ o‘t o‘chiruvchilar otryadi voqea joyiga yetib borgan.

Yangi Angren Issiqlik elektr stansiyasi mulozimiga ko‘ra¸ stansiyaning 4- blokida mahalliy vaqt bilan 11larda yong‘in boshlangan.

O‘zbekiston Energetika vazirligiga ko‘ra, yong‘in soat 14:00 da bartaraf etilgan.
O‘zbekiston Energetika vazirligiga ko‘ra, yong‘in soat 14:00 da bartaraf etilgan.

O‘zbekiston Energetika vazirligi ham kunning ikkinchi yarmida yong‘in yuzasidan bayonot chiqardi:

"30 yanvar kuni soat 11:40 da Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasida elektr energiyasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 4-sonli energoblokda nosozlik yuzaga kelishi natijasida 170 megavatt quvvat bilan to‘xtatildi. Shu vaqtda qozon agregatining tom qismida yong‘in yuzaga kelib stantsiyaning tezkor hodimlari tomonidan birlamchi o‘t o‘chirish vositalari qo‘llanildi va o‘t o‘chirish brigadasi jalb qilindi. Soat 14:00 da yong‘in bartaraf etildi", deyiladi vazirlik bayonotida.

Kunning ikkinchi yarmiga borib yong‘in stansiyaning 3-blokiga ham o‘tgan.

Energetika vazirligiga ko‘ra, ayni paytda mazkur stansiyaning 3 ta energobloki jami 580 MVt quvvat bilan ishlamoqda.

Stansiya jami yettita blokka ega.

Ангрен Иссиқлик Электро Станциясида фавқулодда вазият
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:13 0:00

Stansiya mutasaddisiga ko‘ra¸ yong‘indan hech kim jabrlanmagan, hozircha yong‘in sabablari ma’lum emas.

4-blokning yong‘in oqibatida ishdan chiqqani¸ mahalliy aholi vakillariga ko‘ra¸ Nurobod shahridagi elektr ta’minotiga hozircha ta’sir ko‘rsatmagan.

Ammo, O‘zbekistonning boshqa hududlarida IESdagi yong‘in ortidan elektr ta’minotida uzulishlar bo‘lgan.

O‘zbekiston Energetika vazirligi yong‘in tufayli ro‘y bergan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘radi:

"Respublikamizning ayrim hududlarida elektr ta’minotida ma’lum vaqt oralig‘ida uzilishlar kuzatilmoqda. Ta’mirlash ishlari qisqa fursatlarda yakunlanib, elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanishi ta’minlanadi", deyilgan vazirlik xabarida.

Mahalliy aholi vakillarining Ozodlikka aytishicha, yong‘in ortidan Nurobod shahrida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Umumiy quvvati 2400 ming kvtli Yangi Angren elektr stansiyasi qurilishi 1976 yilda boshlanib 1985 yilda ishga tushirilgan edi.

Hozirgi kunda Markaziy Osiyodagi yirik elektr stansiyalardan biri xisoblanuvchi Yangi Angren IESning quvvati 2100 mvtni tashkil qiladi xamda "O‘zbekenergo" AJ tarkibiga kiradi.

O‘zbekiston Energetika vazirligi hisoboti bo‘yicha har yili mamlakatda 55 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilayapti.

Buning qariyb 50 milliardi issiqlik elektr stansiyalaridan olinayapti.

XS
SM
MD
LG