Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 12:16

G‘ujumsoy oltin konida 31 yashar ishchini tog‘ jinsi bosib qoldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Navoiy kon-metallurgiya kombinatining G‘ujumsoy oltin konida ruda qaziyotgan 31 yashar Olim Qo‘shmurodov 31 yanvar kuni tog‘ jinsi bosib qolishi oqibatida voqea joyining o‘zida vafot etdi.

Marhum hamkasblarining aytishicha, jarimadan qo‘rqib berilgan topshiriqni tez bajarish uchun harakat qilgan Olim o‘z ish joyida xavfsiz hudud tashkil qilmay ishlagan.

G‘ujumsoy oltin konining texnika xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Ozodlikka bu voqeaga izoh berishdan bosh tortdi.​

Bu so‘nggi bir yil davomida Ozodlik xabar bergan Janubiy kon boshqarmasidagi oltinchi o‘lim holatidir.

Matbuotga gapirish vakolati yo‘qligi uchun ismi sir qolishini so‘ragan G‘ujumsoy oltin koni mutaxassislaridan biri kon kovlovchi(proxodchik) Olim Qo‘shmurodovning halok bo‘lganini tasdiqladi:

Ichki a’zolarning shikastlanishi oqibatida o‘sha joyning o‘zida halok bo‘lgan.


“Olim Qo‘shmurodov yangi ochilgan 04-05 blokda ishlayotgan bo‘lgan. Blokning eni 1,5-2 metr bo‘lgan. Proxodchik ishlayotgan paytda blokning bir tomoni uzunasiga yorilib, uning elkasidan ikkinchi tomonga qisib qo‘ygan. Ichki a’zolarning shikastlanishi oqibatida o‘sha joyning o‘zida halok bo‘lgan. Kecha sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazildi. Marhumning o‘pkasi, talog‘i, qovurg‘alari ezilgan, bo‘yin umurtqasi va qovurg‘alari singan”.

Ismi sir qolishini so‘ragan kon ishchilaridan birining iddao qilishicha, berilgan topshiriqni bajarmagani uchun ishchilar jarimaga tortilishi sababli, ular texnika xavfsizligini unutib, tezroq va ko‘proq ishlashga harakat qiladi:

Texnika xavfsizligini bu payt hech kim o‘ylab o‘tirmaydi. Ura qilib kovlab ketaveradi.


“Konchilarga haddan tashqari ko‘p nagruzka qo‘yilgan. Agar unga berilgan topshiriq bajarilmasa, ishdan chiqqanidan so‘ng tushuntirish xati yozib berishi kerak. Bu tushuntirish xatlari ularning oylik maoshlari 50, ba’zan 100 foizgacha kesilishiga bahona bo‘ladi. Shuning uchun hammamiz ham planni bajaraylik, maoshimizdan kesib qolmasin deb qattiq ishlaymiz. Texnika xavfsizligini bu payt hech kim o‘ylab o‘tirmaydi. Ura qilib kovlab ketaveradi. Shuning uchun ham so‘nggi paytlarda bunday hodisalar ko‘p sodir bo‘lmoqda”.

G‘ujumsoy oltin konining texnika xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Erkin Musurmonov Ozodlikka bu voqeaga izoh berishdan bosh tortdi.

Bundan oldin ham Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli konlarda bir necha fojia ro'y bergan.

Bu so‘nggi bir yil davomida Ozodlik xabar bergan Janubiy kon boshqarmasidagi oltinchi o‘lim holatidir.

2019 yilning 22 noyabr kuni Janubiy kon boshqarmasining Zarmiton oltin konida tunda ishlagan ikki nafar konchini tog‘ jinslari bosib qoldi.

2019 yilning 25 iyul kuni Zarmiton konining GDU-3 uchastkasi shaxtasida 38 yashar ishchi Shuhrat Tilavov​ tosh bosib qolishi oqibatida nobud bo‘lgan edi.

2019 yilning 9 may kuni Samarqand viloyati, Qo''shrabot tumani hududida joylashgan “G‘ujumsoy” oltin konida gaz to‘planib qolishi oqibatida ikki konchi zaharlanib o‘lgani haqida Ozodlik xabar qilgan edi.

2018 yilning avgustida "G‘ujumsoy" oltin konida ustiga tog‘ jismi qulab tushishi oqibatida bir konchi halok bo‘lgandi.

2018 yilning yanvarida Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli boshqa bir konda 30 dan ortiq oltin qazuvchi qolib ketgan va bir kishining jasadi qazib olingan edi.

Nurota tog‘larining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Zarmiton oltin konlarida qazib olish ishlari 1978 yildan buyon olib boriladi.

Bu konlardan asosan oltin, kumush, volfram, qo‘rg‘oshin, ruh va boshqa metallar rudasi qazib olinadi. Zarmiton va 2010 yilda ochilgan yangi G‘ujumsoy konlari Navoiy kon- metallurgiya kombinatining Janubiy kon boshqarmasiga qarashlidir.

XS
SM
MD
LG