Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 18:24

Saida Mirziyoyeva"Ilhom" teatri himoyasiga chiqdi; vazir Ozodbek Nazarbekov muammo hal etilganini bildirdi


Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov "Ilhom" teatri rahbarlari bilan uchrashuvda.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov "Ilhom" teatri rahbarlari bilan uchrashuvda.

“Ilhom” teatrining o‘zi joylashgan binodan chiqarib yuborilishi haqida 7 fevral kuni chiqqan xabar ortidan taniqli san’atkor va oddiy tomoshabinlar ijtimoiy tarmoqlarda teatrni saqlab qolamiz #saveilkhom degan xeshteg ostida tadbir boshladi.

Bu xeshteg ostida taniqli akterlar Seydulla Moldaxanov¸ rejissyor Temur Bekmambetovlar bilan bir qatorda O‘zbekiston prezidentining qizi Saida Mirziyoyeva ham "Ilhom" teatrini “xafa qildirib qo‘ymaymiz” deya o‘z Telegram kanalida munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi norozilik ortidan O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 11 fevral kuni teatrga borib¸ direktor bilan uchrashuvda "teatrni joriy binosida saqlab qolish" haqida va’da berdi.

Toshkentdagi Shodlik Palace mehmonxonasi "Ofelos Plaza" MChJga sotilishi ortidan¸ Ozodlik ixtiyoridagi hujjatga ko‘ra¸ 7 fevral kuni yangi mulkdor mehmonxona pastki qavati va yerto‘lasida faoliyat yuritib kelayotgan teatr jamoasidan binoni aprelga qadar bo‘shatishni so‘ragan.

"Mulk bizniiki. Teatr chiqib ketsin!"

Ozodlik 11 fevral kuni o‘zini SP OOO “Ofelos plaza” firmasi rahbari Ne’matullo Haydarovning o‘rinbosariman" deb tanishtirgan shaxs bilan "Ilhom" teatri bilan yuzaga chiqqan mojaro haqida suhbatlashdi.

- Mana siz hurmatli jurnalist¸ to‘rt xonali kvartira sotib oldingiz. Bitta xonasida begona odam o‘tirib olgan. Hech narsa to‘lamaydi sizga. Siz shunday paytda nima qilgan bo‘lar edingiz? Albatta, haydaysiz. Mayli teatr¸ kultur-multur. Milliy boylik! Lekin o‘sha teatr bizning binodan ketib¸ o‘ziga boshqa bino topsa bo‘lmaydimi ? O‘sha siz g‘amini yeyayotgan hurmatli teatr boshqa joyga o‘tib¸ tomoshasini qo‘ysa bo‘lmaydimi?

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:57 0:00
Бевосита линк


Bir joyda ko‘karadigan daraxt

Teatr aktyori Seydulla Moldaxanov Ozodlik bilan suhbatda “Ilhom” teatrini bir yerda ko‘karadaigan daraxtga o‘xshatdi.

- Bu teatrning ko‘chirilishi milliy fojia bo‘ladi. Agar bizning o‘zimizga alohida imorat berilsa ham¸ xarajatlarni ko‘tarolmaymiz. Chunki, biz davlat teatri emasmiz. Davlatdan hech qanaqa yordam ham olmaymiz. Kommunal to‘lovlarni to‘lashga bizni qurbimiz yetmaydi. Shu yerto‘la bizga kifoya edi. Bizga alohida binoning keragi yo‘q.

Teatr tomoshabinlari
Teatr tomoshabinlari

"Ilhom" - vazirlik himoyasida!

O‘zbekiston madaniyat vazirligi vakilining Ozodlikka bildirishicha¸ 11 fevral kuni Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov “Ilhom” teatri badiiy rahbari Boris Gafurov hamda teatr joylashgan bino rahbarlari bilan uchrashgan. Vazirlik mulozimining aytishicha¸ “nafaqat O‘zbekiston, balki xorij mamlakatlarida ham o‘z nomiga va muxlisiga ega bo‘lgan "Ilhom" teatri o‘z joyida qolishiga kelishib olingan”.

“Vazirlik tomonidan “Ilhom” teatri ayni masalada jiddiy qo‘llab-quvvatlandi” deya bildirdi mulozim Ozodlik bilan suhbatda.

11 fevral kuni Toshkent vaqti bilan kechqurun Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Instagram sahifasida bu uchrashuvda muammo hal etilganini xabar qildi.

"Uchrashuvda nafaqat O‘zbekistonda, balki, xorij mamlakatlarida ham o‘z dovrug‘i va muxlisiga ega bo‘lgan "Ilhom" teatri o‘z joyida qolishiga kelishib olindi. Madaniyat va san’at Madaniyat vazirligining doimiy himoyasidadir. Bundan buyon “Ilhom” teatrining ijodiy faoliyati ham har tomonlama vazirlik tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi"¸ deb ëzdi Ozodbek Nazarbekov.

O‘zbek teatr san’atining xalqaro maydondagi tashrif qog‘oziga aylangan “Ilhom” teatrining keyingi taqdiri haqida 12 fevral kuni teatr jamoasi matbuot anjumani o‘tkazadi.

Shodlik Palacening podpolkovnik egasi

Ozodlik tasarrufida “Ofelos plaza” MChJning joriy yil 7 fevral kuni “Ilhom” teatriga yuborgan talabnomasi nusxasi bor.

Maktubga 2019 yilning 3 dekabrida 100 ming AQSh dollari miqdoridagi nizom kapitali bilan tuzilgan bu shirkat ta’sischisi Ne’matullo Haydarov imzo chekkan. Ozodlik bilan ismi sir qolish sharti bilan gaplashgan tadbirkorga ko‘ra¸ Haydarov shirkatninng 75 foiz aksiyalari egasidir.

Ochiq ma’lumotlarda yozilishicha¸ podpolkovnik Haydarov Yunusobod tuman IIBsiga 2017 yilning 13 martidan 3 apreligacha boshliq bo‘lgan. Bundan oldin u Mirobod tuman IIBsida boshliq bo‘lgan.

Ayrim nashrlar “Ofelos plaza” MChJning asosiy mulkdori O‘zbekiston oliy hokimiyatiga aloqador shaxs ekanini iddao qilmoqda.

Hozircha bunday iddaolarni tasdiqlovchi rasmiy hujjat Ozodlikda mavjud emas.

"Ilhom" teatri - hurriyat markazi!

"Ilhom" teatri 1976 yilda "Yosh teatrlarning eksperimental studiyasi" nomi bilan tuzilgan bo‘lib, Sovet Ittifoqi hududida hukumatga tegishli bo‘lmagan ilk mustaqil teatrlardan biri bo‘lgan.

Uning asoschisi va badiiy rahbari Mark Vayl 2007 yilda o‘ldirib ketilishi ortidan, teatr "Mark Vaylning "Ilhom" teatri" deb nomlandi.

Teatr xalqaro festivallarda O‘zbekiston san’atini taqdim qilib keladi.

"Ilhom" teatri O‘zbekistondagi o‘ziga xos madaniyat va hurfikrlilik markazi sifatida faoliyat yuritib keladi.

2018 yili "Ilhom" teatrida Britaniyada taniqli kinochi Armando Ianuchchi ( Armando Iannucci) tarafidan suratga olingan “Stalinning o‘limi” (The Death of Stalin) filmi bepul namoyish qilingani ortidan Adliya vazirligi tarafidan ogohlantirilgan edi.

“Ilhom “ teatri jamoasi o‘tgan yili Shahzoda Klaus nomli Niderlandiya Qirollik jamg‘armasi mukofotiga sazovor bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG