Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 10:24

Aroq do‘koni haqidagi posti uchun kaltaklangan blogerning yirtilgan og‘zi tikildi (VIDEO)


Bloger Otabek Nuritdinov
Bloger Otabek Nuritdinov

Andijon viloyat, Asaka shahrida yashaydigan bloger Otabek Nuritdinov 18 fevral kuni shahar kasalxonasi hovlisida masjid yaqinida spirtli ichimliklar bilan savdo qiluvchi tadbirkor tomonidan kaltaklandi.

Kaltaklangan blogerning Feysbukda yozishicha, janjalga uning masjidga yaqin joydagi aroq do‘koni haqida e’lon qilgan posti sabab bo‘lgan.

Otabek Nuritdinovga tushirilgan musht natijasida, uning og‘iz bo‘shlig‘idagi jarohatlar tikilgan, sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilgan.

Asaka shahar ichki ishlar mulozimi bu voea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotganini aytdi.

Bloger Otabek Nuritdinov unga nisbatan qilingan jismoniy tajovuz oqibatlarini aniqlash maqsadida 18 fevral kuni sud-tibbiy ekspertizasiga murojaat qilgan.

Bu haqda Ozodlikka gapirgan blogerning onasi Matluba Qurbonovaning aytishicha, ekspertiza xulosasi, hozircha ularning qo‘liga berilmagan:

Vrach bilan gaplashsam, ichidan beshta, tashqarisidan bitta chok soldik dedi.


- Ekspertiza qildi, lekin hozircha qo‘limizga hech qanday qog‘oz bermadi. Ichki ishlardan qandaydir qog‘oz kerak ekan, uni olib kelsak xulosani berar ekan. Keyin ekspertiza bizga kasalxonaga yo‘llanma berdi. Viloyat kasalxonasiga borib, o‘g‘limning yorilib ketgan og‘zini tiktirdik. Vrach bilan gaplashsam, ichidan beshta, tashqarisidan bitta chok soldik dedi.

Bloger Otabek Nuritdinov Asakadagi Xolid Ibn Valid masjidiga yaqin joyda aroq do‘koni borligi haqida post qo‘yganidan keyin 18 fevral kuni shu do‘kon egalari: bir ayol va uning ikki o‘g‘li tomonidan kaltaklangani haqida Feysbukda e’lon qilgan postida yozdi.

Matluba Qurbonovaga ko‘ra, Andijon shahar ichki ishlar bo‘limi mulozimi aybdorlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishiga va’da bergan:

- Albatta chorasini ko‘ramiz, dedi. Bu yerda hech kim u ayolga sizlarning telefon raqamingizni ham, adresingizni ham bergani yo‘q. Agar shunday deb yolg‘on aytgan bo‘lsa javobini beradi, dedi biz bilan birga yurgan ichki ishlar mulozimi.

Matluba Qurbonovaning aytishicha, o‘g‘lini urdirgan ayol avval ularning uyiga borgan:

Ular avval yaxshilik bilan postingizni olib tashlang deyishdi.


- Bugun nevaramiz, Otabekning o‘g‘lini tez yordam kasalxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizgan edik. Qattiq shamollab qolgan ekan. O‘g‘lim bilan birga kasalxonada edik. Shu payt uydan qo‘ng‘iroq qilishib, o‘g‘limni so‘rayotganini aytishdi. Kasalxonada ekanligimizni aytdim. Oradan ko‘p o‘tmay bir ayol, menimcha ismini Dilnoza dedi, ikki o‘g‘li bilan keldi. O‘sha masjidning oldida aroq sotadigan do‘koni bor ekan. O‘g‘lim stoyankada edi. Ularni o‘g‘limning oldiga olib bordim. Otabek masjidning yaqinidagi aroq do‘koni deb post qo‘ygan ekan. Ular avval yaxshilik bilan postingizni olib tashlang deyishdi. O‘g‘lim agar hammasi qonuniy bo‘lsa nega xavotir bo‘lasiz, olib tashlamayman dedi. Keyin ikkita o‘g‘li birdaniga o‘g‘limga tashlanib qoldi. Bittasi o‘g‘limning og‘ziga musht tushirdi. Voy-dod, dedim. O‘g‘limni sudrab shunday moshinani ichiga qamab qo‘ydim.

Asaka shahar IIBning ismi sir qolishini so‘ragan xodimlaridan biri tergovchilar bu voqeani o‘rganish uchun chiqib ketganini Ozodlikka aytdi:

- Kim aybdor bo‘lsa, hammasiga qonuniy chora ko‘riladi.

Ozodlik blogerga hujum qilgan oila a’zolari bilan bog‘lana olmadi.

Bloger Nuritdinov o‘tgan yilning 30 dekabrida Andijon viloyat ma’muriy sudi tomonidan tuhmat, haqorat va mayda bezorilikda ayblanib, 15 sutka qamoq jazosiga hukm qilingandi.

Rasmiy ma’lumotlarda aytilishicha, Abdufatto Nuritdinov tuhmat, haqorat va mayda bezorilikda aybdor, deb topilgan. Bundan tashqari blogerga BHMning 60 barobari miqdorida jarima ham solingan. Bloger o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni tan olmagan.

O‘zini tanishtirishni istamagan manbaning aytishicha: “Nuritdinov asosan Andijon viloyati va Asaka tumani xokimlik vakillarining byudjet pullarini talon-toroj qilishlarini ayovsiz yoritib kelgan”.

XS
SM
MD
LG