Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 18:25

"Vazirliklarni ko‘paytiraverish "cho‘pon ko‘paysa, qo‘y harom o‘ladi" degan gapni esga solmoqda"


Turkiyadagi Ardaxan universiteti professori Botir Matyoqubov prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiya tashrifi munosabati bilan o‘zbek-turk aloqalarining shu kundagi ahvoli va istiqbollari haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ “Turkiya milliy kutubxonasi yangi binosi eshigidagi lentani qirqib bu maskanni ramziy ochib berish O‘zbekiston prezidentidan so‘ralgani” o‘ziga xos diplomatik ehtirom timsolidir.

Uzoq yillar O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tizimida mulozim bo‘lib ishlagan Botir Matyoqubov Farg‘ona viloyat O‘lkashunoslik muzeyidagi asar o‘g‘irlanganidan tashvishga tushgan san’atshunoslar bilan hamfikr ekanligini bildirdi.

Professor Matyoqubov Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etilgani mavusida ham gapirib¸ boshqaruv tizimi soni oshishi samarasiz ekanligiga e’tibor qaratdi. Suhbatdosh o‘z so‘ziga “Cho‘pon ko‘paysa qo‘y harom o‘ladi” degan xalq maqolini ham qo‘shdi.

Профессор Ботир Матëқубов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:18 0:00
Бевосита линк


XS
SM
MD
LG