Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 16:37

OzodNazar: Akademik G‘iyos Umarov 1973 yilda Toshkentni quyosh energiyasi poytaxtiga aylantirgan


Ozodlik fotosuratchisi Amos Chapl Toshkentga safar qilib 1973 yilda bunyod qilingan unikal quyosh energiyasi tizimini borib ko‘rdi.

Bu tizimni o‘zbek akademigi G‘iyos Umarov (1921-1988) yaratgan edi. Toshkentdagi qurilmaga teng keladigan tizim dunyoda ikkita ekani aytiladi.

G‘iyos Umarovning o‘g‘li, "Serquyosh O‘zbekiston" muxolifat koalitsiyasi lideri, sobiq siyosiy mahbus, shu kunda AQShda muvaffaqiyatli tadbirkor sifatida tanilgan Sanjar Umarov bilan gaplashdik.

Sanjar Umarov Toshkentni dunyoga tanitgan akademik otasi O‘zbekistonda unutilayotganidan taassuf bildirdi.

Umarovga ko‘ra¸ bir vaqtlar ilm-ma’rifat markazi bo‘lgan Toshkent bugunga kelib johil boshqaruv bois tanazzulga yuz tutgan.

Санжар Умаров билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:19:00 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG