Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 16:36

Polkovnik Sayyora Xo‘jayeva: Bizga Margaret Tetcher kabi temir xotinlar zarur!


Sayyora Ho‘jayeva.
Sayyora Ho‘jayeva.

Xalqaro xotin qizlar bayrami arafasida senator Gavhar Alimova Kattaqo‘rg‘on shahriga hokim etib tayinlandi. Shunday qilib so‘nggi bir oy ichida besh ayol tuman hokimi bo‘ldi.

Prezident Mirziyoyev 2019 yil 2 sentabrida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun imzolagan edi.

Qonunning 17-moddasiga muvofiq¸ “Davlat xizmatidagi lavozimlarni, shu jumladan rahbarlik lavozimlarini egallash uchun tanlovda xotin-qizlar va erkaklarning teng ravishda ishtirok etishi ta’minlanishi kerak”.

Bu qonun qabul qilinishi ortidan hokimiyat tizimlaridagi rahbarlik lavozimlariga ayollarni tayinlash kuzatila boshlandi.

Demokratiya va inson xuquqlari instituti (Toshkent) direktori, yuridik fanlar nomzodi , taniqli davlat va jamoat arbobi, 66 yashar adliya polkovnigi Sayyora Xo‘jayeva Ozodlik bilan suhbatda jamiyat ayollarga ko‘proq va yaxshiroq imkoniyatlar berishi kerak, degan fikrni ta’kidlab aytdi.

- Ayollarning yuqori lavozimlarga qo‘yilayotganini olqishlayman. Ayni paytda oldin ham ayollarga e’tibor qaratilgan edi. Masalan, men 1995-2001 yillari Toshkent viloyat xokimi o‘rinbosari lavozimida ishladim. Uzoq yillar Toshkent shahar prokurori katta yordamchisi bo‘lib ishlab, adliya polkovnigi rutbasini oldim. Markaziy Saylov komissiyasi rais o‘rinbosari bo‘ldim.

Lekin shunga qaramasdan men 30 yil mobaynida ayollarga yanada yaxshiroq imkoniyatlar berilishini talab qilib kelganman.

Hozirning o‘zida O‘zbekistonda 500 dan ortiq ayol fan doktori ayol bor. Ammo ular shu qadar qobiliyatli bo‘lsa ham imkoniyat yo‘q edi.

Gender tengligi haqida O‘zbekistonda qabul qilingan qonun bu ayollarning davlat boshqaruvida yanada faol qatnashishiga imkon berdi. Buni kampaniyabozlik deb o‘ylamayman. Ayollarga past nazar bilan qarash¸ ularning past lavozimlarda qolib ketishiga qarshi bo‘lganman.

O‘zim Britaniyani iqtisodiy tanazzuldan qutqargan temir xotin Margaret Tetcherni ideal rahbar sifatida qadrlayman. Yevropadagi eng qudratli davlat - Germaniyani boshqarayotgan Angela Merkel ham men uchun namuna, - dedi Sayyora Xo‘jayeva Ozodlik bilan suhbatda.

Сайëра Хўжаева билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:35:20 0:00
Бевосита линк


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashining a’zosi sifatida ham faoliyat ko‘rsatayotgan Ho‘jayeva “so‘kong‘ich erkak hokimlarni qayta tarbiyalab bo‘lmasligi va ularning o‘rniga zakiy ayollarni rahbar qilish” zarurligini aytdi.

Sayyora Xo‘jayevaning talabalik payti
Sayyora Xo‘jayevaning talabalik payti

Sayyora Xo‘jayeva 1973-1978 yillarda Leningrad (Sankt-Peterburg) Davlat universitetining yuridik fakultetida o‘qigan.

- Anatoliy Sobchak dars berardi. Bugun Rossiya rahbariy elitasidagi ko‘plar mening kursdoshimdir. Men birinchi kursda o‘qiganimda Rossiyaning hozirgi prezidenti Vladimir Putin ayni men o‘qigan fakultetning uchinchi kursida o‘qirdi. Ko‘p muloqotda bo‘lganman. Umuman Leningradda o‘qigan davrim mening dunyoqarashimni shakllantirgan muhim omil deb bilaman. Men u dargohda Rim huquqi bilan birgalikda juda ko‘p bilim va ko‘nikmalarni egalladim. Muzeylarga borib tasviriy san’at va haykaltaroshlik namunalarini ko‘rdim. Bugun ko‘pchilik o‘g‘lini Amerikada o‘qitadi. Qizini esa erta yerga bervoradi. Bu noto‘g‘ri. Bilim, ma'rifat¸ ilm va irfon ayollarga erkaklardan ham ko‘proq kerak¸ - deydi polkovnik Sayyora Xo‘jayeva

XS
SM
MD
LG