Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 08:24

“Qizilqumsement” kasanachilik sexidagi 50 nafar tikuvchi ayol ishsiz qolishdan xavotirda


Navoiy viloyatidagi “Qizilqumsement” korxonasi qoshidagi kasanachilik sexining ismi sir qolishini so‘ragan tikuvchisi, korxona rahbariyati bu sexni sun’iy ravishda yo‘q qilish uchun, ish soatlarini teng yarimga qisqartirganidan shikoyat qildi.

“Qizilqumsement”da to‘rt mingdan ortiq odam ishlaydi. Prezident Karimov davrida kasanachilikni rivojlantirish uchun korxona qoshida ish kiyimi tikadigan sex ochilgan edi. Bu sexda qariyb 50 nafar tikuvchi ishlaydi. Endi korxona rahbariyati bu sexni tugatmoqchi. 9,5 soatlik ish kuni 4,5 soatga tushirildi. Oyliklar ham teng yarimga kamaydi. Aprel oyida boshqa ish topish uchun ikki oylik muhlat berilarkan. Shuncha odam endi qaerga boradi. Boshlig‘imizning o‘zini sexi bor. Aytishlaricha, endi ish kiyimlarini o‘shaning firmasi tikar ekan. Kasanachilik bilan qancha beva, nogiron ayollar o‘z oilasini boqayotgan edi. Endi esa ishsiz qolmoqda”.

“Қизилқумцемент” касаначилик цехидаги 50 нафар тикувчининг ишини олиб қўйишмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:00 0:00
Бевосита линк

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG