Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 08:23

Kollej direktori o‘quvchilarni onasidan so‘kib, “gey”likda ayblagani audiosi tarqaldi


Maktab, sinfxona
Maktab, sinfxona

Qashqadaryo viloyat, G‘uzor qurilish va kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kolleji o‘quvchisi tomonidan Ozodlikka yo‘llangan audioda o‘quvchilar uyatli so‘zlar bilan haqorat qilinayotgani aks etgan.

Audiodagi shaxs o‘quvchilarni dars qoldirgani uchun onasidan so‘kib, ularni “gey”ga chiqaradi.

Ozodlik suhbatlashgan o‘quvchi va o‘qituvchi iddaosiga ko‘ra, audiodagi ovoz egasi kollej direktori Eldor Karimovdir.

Biroq Karimov Ozodlikka audiodagi ovoz uniki emasligini iddao qildi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:50 0:00
Бевосита линк


Qariyb bir yarim minut davom etadigan audioda, G‘uzor qurilish va kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kolleji direktori Eldor Karimov deb iddao qilinayotgan shaxs, gapni darsga kelmagan o‘quvchilarni onasidan so‘kishdan boshlaydi:

Urib bir joyingni sindirib, chiqqan joyingga probka qilib tiqib qo‘yaman

“Darsga kelib qochib ketayotgan ekansanlar. Onangni o...iga borasanmi? Chiqqan joyingga shunday tiqivoraman, o‘zingga kelmaysan. Qo‘limga tushgin sen, domlalaring rahmdillik qilib oldimga kirgizmayaptida. Urib bir joyingni sindirib, chiqqan joyingga probka qilib, tiqib qo‘yaman, ishonganing ham hech narsa qilolmaydi. Darsga keldingmi k...tingni qisib darsingni o‘qi”.

Shundan so‘ng direktor deb aytilayotgan ovoz egasi o‘qituvchilarning ba’zan darsda bo‘lmasligi sababini shunday izohlaydi:

Yoki mana bu yerda to‘rtta-beshta onasini eshak s...kan bilan shug‘ullanolmaydimi?

“Bular sening yetimingmi? Dars o‘tmaydimi? Borib bir joyga o‘tirib, telefonda birov bilan gaplashmaydimi? Yoki oshxonaga kirib bir piyola choy icholmaydimi? Yoki ko‘chaga chiqib bir muammosi bilan ishlolmaydimi? Yoki mana bu yerda to‘rtta-beshta onasini eshak s...kan bilan shug‘ullana olmaydimi? Dolbo...bmisanlar?”

Ovoz egasi bundan keyin o‘quvchilarni “goluboy”likda ayblaydi:

“Goluboy”ing bo‘lsa, chiq mana bu yoqqa, “goluboy”man degin. S...ktiraman borib k...timga de, bl...d. Shuning uchun o‘tirolmayman joyimda, de”.

Audioni Ozodlikka yuborgan, ismi sir qolishini so‘ragan o‘quvchining aytishicha, bu majlis yanvar oyining oxirida bo‘lib o‘tgan:

“Domla dars o‘tmaganidan keyin biz sinfda qamalib o‘tiraveramizmi? Uyga ketamizda. Direktorimiz o‘quvchilarni doim ana shunday uyatli so‘zlar bilan haqorat qiladi. Bu ovozni yubormoqchi emas edim, yaqinda yana qattiq so‘kdi, keyin sizlarga yuborishga majbur bo‘ldim”.

Kollejning ismi sir qolishini so‘ragan o‘qituvchisi ham bu ovoz kollej direktori Eldor Karimovga tegishli ekanini tasdiqladi.

Biroq 21 mart kuni G‘uzor qurilish va kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kolleji direktori Eldor Karimov Ozodlik bilan suhbatda, o‘quvchilarni hech qachon so‘kmaganini iddao qildi.

Ozodlik direktorning Telegramiga o‘sha audioni yuborganidan so‘ng, Eldor Karimov “ovoz egasi men emas, lekin” deb javob yozdi.

Direktor Ozodlikning boshqa savollariga javob bermadi va Telegramdagi barcha yozishmalarni o‘chirib, tarmoqdan chiqib ketdi.

Ozodlik O‘zbekistonda ayrim davlat mulozimlarining o‘z xodimlari va oddiy fuqarolar bilan o‘ta qo‘pol muomala qilayotgani holatlarini muttasil yoritib kelmoqda.

Viloyat hokimlaridan tortib oddiy IIV mulozimlarining oddiy aholi va o‘z qo‘l ostidagilarga nisbatan muomalasida tez-tez kuzatilayotgan tahqirlash va haqoratlar aks etgan video va audiolar ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

Bunday holatlar mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevning jamoatchilikka ko‘rsatilgan chiqishlarida ham bir necha bor keskin tanqid ostiga olingan.

Prezidentning bunday tanqid va ogohlantirishlariga qaramay¸ hozirgacha hokimiyat tizimining yuqori lavozimli so‘kong‘ich mulozimlari kechirim so‘rash bilan jazodan qutulib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG